Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ


Dissertatsiya natijalarining sinovdan o’tishi



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
167705 (2)

Dissertatsiya natijalarining sinovdan o’tishi. 
Dissertatsiyadagi ayrim natija va 
xulosalari ilmiy-amaliy konferensiyalarda e’lon qilingan 5 ta tezisda o’z ifodasini topgan. 
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. 
Tadqiqot kirish, dissertatsiyaning asosini tashkil 
etgan 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 65 bet. 



I BOB 
GENDER MUAMMOSINING O’RGANILIShI 
 
1.1. Genderning sotsiologik tavsifi 
Rasmiy kommunistik mafkura barham topgach, uning o’rnida vujudga kelgan 
bo’shliqni an’anaviy qadriyatlar, urf-odatlar egalladi. Qadimgi madaniyat va xotin-qizlarga 
ularni an’anaviy ravishda ona va xotin deb qarash amaliyoti barcha darajalarda ustunlik qila 
boshladi. Bunday amaliyot xotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq ayollarining ahvoli, tanlash 
imkoniyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Xotin-qizlarni kamsituvchi qarashlar va urf-odatlar, 
aqidalar ba’zan uchrab turadi.
Bu boradagi kamchiliklarga barham berish, xotin-qizlarni tom ma’noda yangi, 
demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatining teng huquqli bunyodkoriga 
aylantirish yo’lida insoniyat ma’naviyati xazinasiga, aniqrog’i, G’arbdagi xotin-qizlarning 
harakati natijasida gender nazariyasi vujudga keldi.
Gender nazariyasining vujudga kelishida bugungi kunda ijtimoiy madaniy 
rivojlanishning muqobil nazariyasiga aylangan feminizm hal qiluvchi rol o’ynaydi. XX 
asrning 70-yillarida Z.Freyd va P.Parsonning g’oyalari bilan sug’orilgan an’anaviy ijtimoiy 
fandan qoniqmagan feminizm nazariyotchilari o’zlarining G’arb bilimiga nisbatan nazariy 
e’tirozlarini hamda madaniyat tahliliga oid yangi nazariy-uslubiy yondashuvlarni ifodalay 
boshladi.
Feministik g’oyalar madaniyatning turli sohalariga kirib borishi nihoyatda jadal 
sur’atlar bilan davom etdi: 70-yillarning boshida hammani hayratga solgan munozaralar va 
xis-hayajonlarning to’fonini qo’zg’otgan an’anaviy madaniyatning jinsiylik konsepsiyasi 
(jinsiylik deganda jinsiga ko’ra kamsitish anglashiladi) endilikda madaniy G’arb kishisi 
ongiga ajralmas bir tushuncha bo’lib kirdi. Amalda jinsiylikka qarshi kurash BMTning 
“Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi 
konvensiya”sida (1979) ham e’lon qilingan.
1
Ushbu muammoning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati to’g’risida gapirishdan oldin, 
gender tushunchasining o’ziga to’xtash zarur.
1
Гендер муносабатлари назарияси ва амалиётга кириш. –Т. “Ўзбекистон”, 2007, 28-бет. 



Gender – inglizcha “gender” – “zot” so’zidan olingan bo’lib, jins tushunchasini 
fiziologik voqelik ustqurmasi bo’lgan ijtimoiy qurilma sifatida belgilaydi.
1
Jins erkaklar va 
ayollar o’rtasidagi universal biologik farq bo’lib, anatomik va fiziologik mohiyatni, ya’ni 
individning biologik jinsga – erkak yoki ayol jinsiga mansubligini aniqlash uchun asos 
bo’ladigan biologik belgilar birligidir. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi jiddiy bo’lmagan 
farqlar ularning biologik xususiyatlariga taalluqlidir. Biroq erkaklar va ayollar o’rtasidagi 
biologik farqlardan tashqari, o’z tabiatiga ko’ra biologik sabablarga asoslanuvchi ko’plab 
farqlar bor, ya’ni ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining bo’linishi, xatti-harakat va 
individlarning psixologik tavsiflarida ko’plab farqlar mavjud. 
Ta’kidlanganidek, erkaklar va ayollar o’rtasidagi biologik tabiiy farqlar bilan 
erkaklar va ayollar xatti-harakatini, ijtimoiy va madaniy tavsiflarini aniqroq farqlash uchun 
gender atamasi qabul qilingan. 
Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki tushuncha – biologik 
va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi. Kundalik hayotimizda jins bilan 
bog’lanmagan ko’plab tushunchalar “erkaklarga xos” yoki “ayollarga xos” deb hisoblanadi. 
“Erkaklarga xos” yoki “ayollarga” xos tushunchalarni aniqroq farqlash uchun “feminlik” 
(ayollik) va “maskulinlik” (erkaklik) tushunchalari qabul qilingan. YAngi tushunchalarning 
kiritilishi erkaklarga xoslik va ayollarga xoslikning biologik ziddiyatini bartaraf etish va 
e’tiborni turli madaniyatlar shakllanishining ichki mexanizmlarini gender nuqtai nazaridan 
ochishga qaratish imkonini berdi.
Antropologlar, psixologlar va sotsiologlar genderning biologik emas, balki ijtimoiy 
va madaniy jihatdan belgilanishi, madaniy va tarixiy jihatdan esa nisbiy ekanligini 
ta’kidlaydilar.
2
Sofya Babayan bu haqda: “Gender ijtimoiy tushuncha. Ayol yoki erkakning 
benuqson timsoli berilgan, xronologik va geografik muhit rang-barangligi, milliy an’analari, 
etnopsixologiyasi, dini, tarixi va milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi” – deb yozadi. 
Uning mazmuni, sharhi va ifodasi o’z ichida ham, madaniyatlararo ham o’zgardi hamda 
tarixiy o’zgarishlar ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy omillar – yosh, toifa, irq va kelib 
chiqishi – alohida gender mazmuni, ifodasi va tajribasini tashkil etadi hamda uni biron bir 
1
Э.Гидденс Социология. – Т. “Шарқ”. 2002., 185-бет. 
2
Бу ерда Маргарет Миднинг куйидаги асари назарда тутилади:. Mead M. Sex and Temperament three 
Primitive Societies. 1935. N.Y. 



soddalashtirilgan usul bilan jins yoki jinsiylikka tenglashtirib bo’lmasligini ajratib 
ko’rsatadi.
Zamonaviy jamiyatshunoslik izchillik bilan va samarali tarzda ushbu tushunchani 
ijtimoiylik hamda uning shakllarini tahlil qilish borasidagi muhim asoslardan biri sifatida 
ishlab chiqmoqda. “Gender” 
tushunchasining 
mazmuni 
avvalo 
jinsni 
ijtimoiy 
modellashtirish yoki tashkil etishda mujassamlashgan. Ijtimoiy jins ijtimoiy amaliyot 
yordamida tashkil qilinadi. Jamiyatda muayyan jins rollarining bajarilishini taqozo etadigan 
xatti-harakatlar me’yoriy tizimi vujudga keladi; tegishli tarzda ushbu jamiyatda “erkaklarga 
oid” va “ayollarga oid” bo’lgan xususiyatlar borasida qat’iy qaror topgan tasavvurlar qatori 
paydo bo’ladi. Gender – tabiatan belgilanmagan, ijtimoiy hodisalar ato etgan xususiyatlar 
yig’indisidir. Gender – jinsning madaniy niqobi, bizning o’z ijtimoiy-madaniy 
tasavvurlarimiz doirasidagi jins haqidagi qarashlarimizdir. Buning ustiga jins, faqat gender 
demakdir, ya’ni uning ijtimoiylashtirilishi natijasida jinsni tashkil etgan narsadir. Jins 
insonga tegishli emas, balki inson jinsga oiddir, u esa hokimiyat va tilga ega. 
Gender ayollar va erkaklarga ta’sir ko’rsatuvchi barcha ijtimoiy jarayonlarda 
mavjud, tashkil topadi va qayta tiklanadi. Genderning ijtimoiy tashkil topishi nazariyasida 
uchta asosiy tushuncha farqlanadi: jins, jinsiy mansublik va gender.
1
1970 yillar boshigacha jins xususida bu anatomik, fiziologik o’zgarmas kattalik 
(konstanta), individga berilgan maqom, degan aniq tasavvur mavjud bo’lgan. Gender esa 
feminist tadqiqotchilar tomonidan “psixologik, madaniy va ijtimoiy vositalar bilan 
erishiladigan maqom” sifatida ko’rib chiqiladi”. Biroq, shaxsning gender identifikatsiyasi 
kichikligidanoq, 5 yoshlarga kelib (K.Miller esa 18 oylik yosh haqida darak beradi) 
shakllanishi, keyinchalik esa jamlanadigan tajribada mustahkamlanib borishi gender 
erishishi mumkin bo’lgan maqom ekanligi to’g’risidagi qarashni shubha ostiga oladi.
2
Xuddi shu kabi qayta anglash jarayonlari ijtimoiy va gumanitar fanlarda ham sodir 
bo’lmoqda. YAqin paytlargacha jamiyatga yot deb qarab kelingan hodisalar zamonaviy 
jamiyatda turli-tuman ijtimoiy harakatlar ifodasi sifatida qabul qilinadi. 
1
Қаранг: Здравомыслова Е.А., Темкина А.А. Социальное конструирование гендера: феминистская 
теория. Введение в гендерные исследования. Часть 1. Учебное пособие. Под ред. Жеребкиной. 
Харьков. ХГЦИ. «АЛЕТЕЙЯ», СПб., 2001. Гендер муносабатлар назарияси ва амалиётга кириш. –Т. 
“Ўзбекистон”. 2007. 
2
Гендер муносабатлар назарияси ва амалиётга кириш. –Т. “Ўзбекистон”. 2007. 



Jins va gender tushunchalarini farqlash borasidagi birinchi urinish 1968 yili 
Kaliforniya universiteti professori Robert Stoller tomonidan amalga oshirildi. Fandagi yangi 
kashfiyotlar ularni nazariy jihatdan anglash bilan birga tadqiqotchilarni shunday xulosaga 
olib keladiki, jins bu – biologik xususiyatlarning birligi bo’lib, individni muayyan biologik 
jinsga tegishli deb bilish uchun dastlabki asosdir. Biroq faqat rol emas, balki jinsga 
daxldorlikning o’zi o’zaro aloqalar jarayonida individlarga bog’lab qo’yiladi”. 
Taniqli sotsiolog G.G.Sillaste aytadi: “feminologiya ayollarni sotsial-demografik 
guruh sifatida o’rganish bilan chegaralanib qolmaydi. Bunday yondashuvda, belgilangan 
avlodlarda jinslarning o’zaro munosabatlari muammolari, tug’ilish va o’limning o’sish 
sur’atlari, jinsidan qat’iy nazar qancha umr ko’rish masalalari birinchi o’ringa chiqadi. Juda 
bo’lmaganda bu yerga ayollarning ishchi kuchi sifatidagi, jamiyat ishlab chiqarishidagi 
ishtiroki tavsiflari qo’shiladi”. U ayol kishini chinakam mavjud va aniqlangan, butun va 
turg’un ijtimoiy birlikka tegishli deb aniqladi. To’g’ri, bu birlik jamiyat qarashlari, boshqa 
ijtimoiy guruhlar va birliklar, hamda ularning bir-biri bilan aloqalari, stratifikatsiya to’riga 
aralashib ketgan. Ammo Sillaste ayol shaxsini alohida ijtimoiy kelib chiqishiga asoslanib, 
aniqlash mumkin deb hisoblaydi.
Larisa Vasileva o’zining “Dunyo bilan suhbatlashib” nomli ishida adiba va 
shoiralarni minbarni egallab olib erkaklarni tushunishni hohlamagan holda, ayollar 
psixologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat qilmoqdalar deb 
ayblaydi. Afsuski, bu kamchilik genderologiya dunyoga kelayotgan vaqtda ham mavjud edi. 
Shuning uchun ham genderologiya va gender tadqiqotlari haqida gapirganda asosan ularning 
ayol aspektini ochib berishga e’tibor qaratilyapti.
O.A.Voronina XX asrning 80 yillarini ayollar tadqiqotining rivojlanishining yangi 
fazasi deb hisoblaydi, patriarxat (otalik) va ayollar tajribasi spesifikasini tahlil qilishdan 
gender sistemasi tahliliga o’tishni u shunday yozadi: - “Ayollar omili va erkaklar ustunligini 
ta’kidlashni tahlil qilishda, gender mavjud ekan, barcha ijtimoiy holatlarda erkak va ayollar 
uchun birdek tegishli bo’lgan ta’kidlanayotgan va aytilayotgan tahlilga o’tishda sekin asta 
aksentlarning aralashuvi kuzatilmoqda”.
1
1
Қаранг: Воронина О.А. Теоретико-методологические основы гендерных исследований // Теория и 
методология гендерных исследований. Курс лекций / Под общ. ред. О.А.Ворониной. – М.: МЦГИ – 
МВШСЭН – МФФ, 2001, с.с.13-106. 



Ruhshunos R.Unger sex so’zini faqat insonning biologik aspektlari munosabatlariga, 
gender atamasini esa, qirralari, normalari, o’ziga xosligi, rollariga tegishli, yakka va yoqimli 
hisoblanuvchilarga, jamiyatda kishini erkak yoki ayol deb aniqlovchi iqtisodiy, ruhiy va 
madaniy aspektlarini muhokama qilishda foydalanishni taklif qiladi.
Gender tadqiqotlari – ayollarning xulq-atvori va ayollik xususiyatlarini, ularning 
ijtimoiy hayotdagi roli va ruhiy omillarini hisobga olmaganda, ayollar ijtimoiy 
tadqiqotlariga yaqin turadi. G.Sillaste ayollarni ishchi kuchi yoki ona va tarbiyachi sifatida 
o’rganishdan, ularning ijtimoiy roli va ruhiyatini hamma ko’p tomonlarini ijtimoiy tadqiqot 
qilishga o’tish kerak deb hisoblaydi.
Bunday yondashuvda ayollarning shaxs sifatida shakllanishi, ijtimoiy-madaniy 
faktorlarini taqqoslash, ayollar psixologiyasi va ayollarga xos jamiyat fikrlarining o’sib 
borishini yanada chuqurroq o’rganish katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, bunda iqtisodiy va 
siyosiy aspektlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni va ularning oiladagi rolini inkor etib 
bo’lmaydi.
Bizning qarashimizcha, erkaklarning ustunligi va ayollarning cheklanganligi
ijtimoiy shart-sharoitlarini o’rganish, hozircha gender nazariy tushunchalarini tuzilishida 
asosiy bo’lib qolmoqda. Kelajakda genderga yondashuv faqat ushbu aspektlarnigina emas, 
andrologik muammolarni ham hal etish va qo’yish, erkaklar qiyofasini, ijtimoiy shart-
sharoitlar tushunchasini, o’tmishda va hozirda erkaklarning ijtimoiy roli va bu qiyofaning 
tuzilishi, erkaklar psixologiyasi hamda jamiyat fikrini taqqoslash kabi umuminsoniy 
muammolarni qo’yishi va hal etishi zarur. 
Bir so’z bilan aytganda, feminologiyadagi ayollar muammolarini hal etishga tegishli 
barcha aytilgan narsalar andrologiya fanini tashkil etishi kerak. Genderologiya fanini, 
feminologiya va andrologiya fanlarini qo’shish asosida aniqlash mumkin. Ammo 
genderologiya ikki ilmiy tartib va yondashuvning oddiy yig’indisi, hosilasi emas. Oxir 
oqibatda genderologiyaning maqsadi, feminologiya kabi otalik jamiyatini onalik jamiyati 
bilan almashtirish emas, balki, jinslar antogonizmini bartaraf etish va ijtimoiy 
rivojlanishining yuksalishida ikkala tomon – erkak va ayolni jarangdorligini ta’minlashdan 
iborat. Bu maqsadga erishish uchun faqat ayollar emas, balki, erkaklar ham yanada 
chuqurroq tasavvurga ega bo’lishlari kerak. 


10 
O.Voronina uchta gender nazariyasini ajratib ko’rsatadi
1
. Bu ko’rsatib o’tilgan 
genderning uchta ishonchli nazariyasi bir-birini inkor etmaydi, aksincha, muammoning turli 
qirralarini ochib beradi.
Birinchi nazariya – genderning ijtimoiy tizim nazariyasi yoki gender tushunchasi 
ijtimoiy tizim sifatida. Bunda gender shunday aniqlanadi: “Jamiyatning asosiy institutlari 
tomonidan tuzilgan, erkaklar va ayollar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning 
tashkillashtirilgan modeli” sifatida. Voronina bunday yondashuvning ikki jihatini ajratib 
ko’rsatadi: 
1. Gender ijtimoiylashtirish, mehnat taqsimoti, gender rollar tizimi, oila, ommaviy 
axborot vositalari o’rtasida tuziladi.
2. Gender individlarning o’zi bilan ularning bir-birini tushunish darajasi (gender 
identifikatsiyasi), ushbu jamiyatda qabul qilingan norma va ular asosidagi tuzilishlar 
(kiyimdagi, tashqi ko’rinishdagi, o’zini tushunishdagi va boshqalar) bilan quriladi. Gender 
yasash – erkaklar va ayollar, o’g’il bolalar va qiz bolalar o’rtasida tabiiy bo’lmagan shunday 
farqlarni yaratish demakdir.
Ikkinchi nazariya – gender tushunchasi tarmoq, tuzilma yoki protsess sifatida. 
Gender stratifikatsion kategoriya sifatida boshqa stratifikatsion kategoriyalar bilan mos 
kelishi, sinf, irq, yosh kabi stratifikatsion kategoriyalar qatorida genderni ko’rib chiqish.
Uchinchi nazariya – madaniy metafora sifatidagi gender tushunchasi. Erkaklik va 
ayollik ontologik va gnoseologik darajasida madaniy-ramziy qatorlari elementlari sifatida 
mavjud bo’ladi: “erkaklarga oidlik” – irqiy tadbirlar, diniy, ilohiylik, madaniyatlilik; 
“ayollarga oidlik” – sezgirlik, jismoniy gunohkorlik, tabiiy. Bu yerda qiyosiy baholash 
noaniq. “Erkaklarga oidlik” yoki u bilan ahamiyatli va kuchli hisoblanadi, “ayollarga oidlik” 
deb aniqlanadiganlari – ikkilamchi. Bu gender tus olgan jinsdan tashqari juft 
kategoriyalarda: tabiat va madaniyat, sezgirlik va tadbirkorlik, ilohiy va yerlik va h.k. ham 
tarqalmoqda. Jins metaforasi shunday tuziladi va “ayollarga oidlik” jism singari tabiatga 
tenglashtiriladi. Erkaklar faoliyatini – ruhini tan olish orqali ishg’ol qilinadi.

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə