Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
167705 (2)

IV. XULOSA............................................................................................... 
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI......................... 



KIRISh 
IShNING UMUMIY TAVSIFI 
Mavzuning dolzarbligi. 
Bugungi globallashuv va integratsiya jarayonida ilm fanni 
yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat, san’at, fanni rivojlantirish, uni 
yangi davr, yangicha dunyoqarash nuqtai nazaridan taraqqiy toptirish davlatimiz va 
jamiyatimiz istiqbolining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyati va 
o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat 
maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish davlat ishi ahamiyatiga molik”
2
ekanligini 
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o’zbek tili sohasida ham milliy ruh imkoniyatlarni tiklash uchun 
harakat kuchaydi. So’nggi yillarda o’zbek tilini ilmiy tadqiq etishning qator yo’nalishlari 
rivojlandi. Bular ichida ayniqsa, tilning boshqa fanlar bilan aloqasiga ko’proq e’tibor 
qaratilmoqda.
Til kishilar o’rtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb etadi. 
Demak, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir. Shu bois ham u xalqning 
dunyoqarashi, o’tmishi, madaniyati, ruhiyati kabi masalalarni o’rganuvchi falsafa, tarix, 
etnografiya, sotsiologiya, psixologiya, etika kabi fanlar bilan bog’liq. Bu bog’liqlik 
natijasida tilshunoslikda bir qator oraliq yo’nalishlar – mentalingvistika, etnolingvistika, 
sotsiolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika kabi yangi fan sohalari vujudga keldi.
O’zbek tilshunosligida ham bunday yondashuvlarning kurtaklari mavjud bo’lsa-da, 
gender lingvistikasi yo’nalishi bo’yicha jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Gender 
lingvistikasi nafaqat sotsiolingvistika, psixolingvistika, balki tilshunoslikning barcha 
yo’nalishlari bilan bir qatorda inson, kishilik jamiyatini o’rganadigan boshqa fanlar uchun 
ham qiziqish kasb etadi. Bizning fikrimizcha, tilshunoslarni qiziqtirib kelayotgan, bir necha 
fanlarning chorrahasida hosil bo’luvchi gender lingvistikasi o’zbek tilshunosligining 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə