Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ


 Gender lingvistikasi muammolari



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
167705 (2)

 
1.3. Gender lingvistikasi muammolari 
Tilshunoslikning XX asrdagi taraqqiyotini va XXI asrdagi muhim yo’nalishlarini 
sotsiolingvistika, psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi, kognitiv lingvistika kabi 
chegaradosh yo’nalishlar belgilab bergani bejiz emas, chunki bu sohalar tilni bevosita uning 
amaliyoti bilan bog’lab o’rganadi. Bu taxlit o’rganish tilshunoslikni yana bir bosqichga 
ko’tarishi bilan birga til haqidagi tasavvurlarni yanada oydinlashtirishga, uning strukturasini 
chuqurroq tahlil qilishga, tilning rivojlanishi, insondagi psixologik va fiziologik jarayonlarda 
tilning ahamiyati kabi masalalarni aniqlashtirishga yordam beradi. 
So’nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuotimiz sahifalarida 
jinslararo munosabatlarga oid publitsistik chiqishlar sezilarli darajada ko’paydi. Ayniqsa, 
ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish ko’zda tutilgan mulohazalar ancha salmoqli. 
Bungacha ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda erishilayotgan eng jiddiy natijalar ham aynan 
jins tushunchasiga u yoki bu darajada taaluqli bo’lib chiqayapti. Modomiki, tilimizda 
bundan keyin jins, ya’ni gender istilohi faol ishtirok eta boshlar ekan, uning sotsiolingvistik 
tushuncha sifatidagi mazmunini aniqlashtirib borish kerak bo’ladi.
Hozirgi kundagi gender muammosiga oid tadqiqotlarni V.A.Kirilina
1
ikki 
yo’nalishga ajratadi: 
1
Қаранг: Кирилина А.В. Исследование гендера в лингвистических научных дисциплинах// Гендерные 
образование в системе высшей и средней школы: состояние и перспективы: Материалы 
международной научной конференции, Иваново, 24-25 июня 2003 г. – Иваново: Иван.гост.ун-т, 2003. –
с.с.132-138. 


18 
1. Gumanitar fanlar doirasida gender muammosi. Bunda sotsiologiya, psixologiyada 
o’rganilgan tadqiqotlar tilshunoslik uchun asos bo’ladi. Genderning kategoriya sifatidagi va 
antologik maqomi o’rganiladi.
a) gender tahlilining umumilmiy prinsiplari.
• gender – madaniyat va jamiyat taraqqiyotining hosilasi bo’lib qiyosiy harakterga ega; 
konvensional mohiyat sifatida tan olinadi.
• gender boshqa sotsiomadaniy konstruktlar kabi o’zgaruvchandir. 
• gender umumilmiy kategoriyadir; har bir fan doirasida genderning o’ziga xosligini va 
qaysi metodlar yordamida o’rganilishini e’tiborga olish kerak. 
b) gender tahlilining lingvistik prinsiplari.
• gender komunikativ muloqotning muhim mezoni sanaladi. 
• genderning madaniy simvolik tabiati gender bilan bog’liq o’xshatishlarning yuzaga 
kelishiga olib keladi. 
• til va kommunikatsiyalarning gender aspektlarini o’rganish uchun lingvistik metodlar 
qo’llaniladi. Umuman tilshunoslikda qo’llanilayotgan (sotsiolingvistik, psixolingvistik, 
lingvomadaniyatshunoslik va boshqa) metodlar foydalaniladi. 
2. Lingvistik genderologiya yoki gender lingvistikasi muammosi. Gender 
lingvistikasi – ilmiy yo’nalishdagi gender tadqiqotlari tarkibiga kirib, lingvistik tushunchalar 
yordamida genderni o’rganadi.
Bundan tashqari lingvistik genderologiya har qanday yangi yo’nalish kabi o’ziga xos 
qirralarga, ya’ni tushunchalar apparati kategoriyalari aniq shakllanmagan yangi yo’nalishdir. 
Bu yangi yo’nalish o’ziga xos tadqiqot usullari va metodlarining shakllanish jarayonidadir. 
Shu bilan birga tilshunoslik ilmiy maydonidagi olimlar lingvistik tadqiqotlar metodlaridan 
hamda, sotsiolingvistika, psixolingvistika va boshqa gumanitar fanlar (lingvistika, tarix, 
adabiyotshunoslik va boshq.) metodlaridan foydalanishyapti. 
Gender lingvistikasining rivojlanishi zamonaviy falsafaning rivojlanishi va 
gumanitar fanlarning ilmiy yo’nalishlarini almashinishi bilan bog’liq holda XX asrning 
oxirgi 10 yilliklariga to’g’ri keladi. Gender lingvistikasi umumiy holatda ikki guruh 
savollarni o’rganadi: 
1. Genderning tilda yuzaga chiqishi: leksika, sintaksis, rod kategoriyasi va qator 
bo’limlarda namoyon bo’ladi. Bunday yondashuvning maqsadi tilda turli jinsdagi 


19 
odamlarning tilini ifodalanishi, erkak va ayollarga qanday baho berilishi hamda qaysi 
semantik oblastlarda ularning ko’proq tarqalganligi, buning asosida qanday lingvistik 
mexanizm mavjudligi bilan ifodalanadi. 
2. Genderning nutqda yuzaga chiqishi: gender qanday vositalar va qanday kontekslar 
yordamida ifodalanayotganligi, bu protsessga ijtimoiy faktorlar va kommunikativ vositalar 
qanday ta’sir ko’rsatayotganligi o’rganiladi. Hozirgi vaqtgacha bu sohada ijtimoiy 
determinizm nazariyasi va biodeterminizm nazariyalari raqobat qilib kelmoqda. 
Hozirgi kunda gender lingvistikasida genderning turli jihatlari o’rganilmoqda. 
Ularning ayrimlarini alohida ta’kidlab o’tishni lozim topdik: 
- gender va intonatsiya; 
- gender va urg’u; 
- gender va geminatsiya; 
- gender va leksik qatlam; 
- gender va ma’no ko’chishi; 
- gender va morfologik ko’rsatkichlar; 
- gender va sintaktik vositalar; 
- gender va frazeologizmlar; 
- gender va diskurs; 
- gender va pragmatika; 
- gender va olamning lisoniy manzarasi; 
- gender va virtual muloqot; 
- gender va paralingvistik vositalar va boshqalar. 
Gender ko’p aspektli tushuncha hisoblanadi. Shu bois gender bilan bog’liq 
muammolar ko’pgina sohalarning tekshirish ob’ekti hisoblanadi. Xususan, sotsiologiya, 
psixologiya, kognitologiya, lingvistika kabi fanlarda gender turli aspektlarda tadqiq 
etilmoqda. 
Til qurilishida jinsiy farqlilik uning kaliti va mexanizmini beradi. Gender tilni tahlil 
qilishda bir qancha yo’nalishlarga murojaat qiladi: 


20 
a) sotsiolingvistika – tilning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, tilga sotsial 
omillarning ta’siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli kabi qator masalalarni o’rganadi
1

b) psixolingvistika – nutqning vujudga kelish mexanizmini, bolalar nutqining 
shakllanishi jarayonini, nutqning axborot tashish funksiyasi kabi masalalarni o’rganadi
2

v) etnolingvistika – tilning shu til egasi bo’lgan etnos madaniyatiga bo’lgan 
munosabatini, 
tilning 
funksiyalanish 
va 
rivojlanish 
jarayonida 
etnomadaniyat, 
etnopsixologik omillar o’rtasidagi aloqani o’rganadi
3

g) neyrolingvistika – nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekanligi, miya 
kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri kabi masalalarni o’rganadi
4

d) mentalingvistika – ob’ektiv olam qismlari va uning til tasavvurlari o’rtasidagi 
munosabat o’rganiladi
5

Demak, yuqorida nomi tilga olingan fanlar chorahasida gender lingvistikasi 
sohasidagi fanlar paydo bo’ladi. Gender lingvistikasi o’zbek tilshunosligida endi tetapoya 
qilib kelayotgan fan sohalaridan biri bo’lib, lingvistik tushunchalar yordamida genderni 
o’rganadi.
Gender lingvistikasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarida kattalar nutqi, o’smirlar 
nutqi, bolalar nutqiga e’tibor qaratilgani holda, ayol va erkaklar nutqi, o’g’il bolalar va qiz 
bolalar nutqi, badiiy asarlardagi gender munosabat borasidagi farqlanishlar; ijtimoiy rollar, 
faoliyat shakllarining bo’linishi, xatti-harakat va individlarning psixologik tavsiflaridagi 
farqlar nazarda tutiladi.
Erkaklar va ayollarga xos vaqtni belgilash, erkaklar va ayollarning o’zlariga xos 
so’zlashuv uslubi, ularning tili va madaniyatidagi farqli jihatlari, genderdan o’zlashgan 
so’zlarning tilga ta’sir qilishi – dunyo ko’rinishida, til sohasida esa parchalar va mavzular 
bilan aloqadordir. 
Gender lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri, gender munosabatda 
pragmatik o’xshatish, pragmatik ma’nodoshlik, pragmatik shakldoshlik, pragmatik 
ziddoshlik kabi hodisalar tadqiqi hisoblanadi. Chunki erkak va ayolning alohida-alohida 
pragmatik olami bo’ladi. 
1
А.Нурмонов, Б.Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Т. “Шарқ”, 2001, 70-бет. 
2
Ўша асар. 68-бет. 
3
А.Нурмонов, Ш.Искандарова. Тилшунослик назарияси. – т., “Фан”, 2008, 158-бет. 
4
Ўша асар. 165-бет. 
5
Ўша асар. 164-бет. 


21 
Erkak va ayollar nutqining yuzaga kelishida ularning psixologik xususiyati, yoshi, 
kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy muhiti alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan 
gender lingvistikasi doirasida neyrolingvistik tadqiqot yo’nalishini belgilash hozirgi davr 
tilshunosligining dolzarb muammosi hisoblanadi. 

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə