Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Davlatlarning uchinchi turi - mulk, boshqaruv shakli



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə8/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

Davlatlarning uchinchi turi - mulk, boshqaruv shakli — qabila yo‘lboshchilari va urug‘ boshliqlarining merosiy hokimiyati.
Davlat uyushmalarining qadimgi turi bo‘lgan mulklar tarixiy- madaniy viloyatlar asosida shakllanadi. Bu turdagi viloyat-mulklar
«Avesto»da, yunon-rim ma’lumotlarida (Gerodot, Arrian va boshq.), qadimgi Xitoy yozma manbalarida eslatib o‘tiladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Yunon-Baqtriya podsholigi inqirozidan keyin mil. avv. 128 yoki 126-yilda Baqtriyaga kelgan Xitoy sayyohi Chjan Szyan, Baqtriya ko‘plab kichik mustaqil mulklaridan iborat- ligini ta’kidlab, «Bu yerdagi deyarli har bir shahar o‘z hukmdori- ga ega»ligi haqida ma’1umot beradi. Shuningdek, Xitoy manba- lari G‘arbiy o‘lka (O‘rta Osiyo va Sharqiy Turkiston) hududlarida o‘zining ma’lum mustaqilligiga ega bo‘lib, tashqi siyosat olib borgan 55 ta mulk haqida ma’1umotlar beradi.
Davlat uyushmasining bu an’anaviy turi aftidan mil. avv. II ming- yillik oxiri — I mingyillik boshlarida shakllana boshlaydi. Bu tur say- lanadigan yo‘1boshchilar va oqsoqollar kengashi boshqargan shunga o‘xshash mulklar rivojida, Ahamoniylar davrida ham saqlanib qol- gan. Antik davri yozma manbalardagi Sisimitr, Xorien va Oksiart kabilarning mulklari shunga urg‘u beradi. Qadimgi davlatehilikning
«o‘tislı» davrlarida (mil. avv. II--I, milodiy III—IV asrlar) «davlat»ning bu turi alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, tarixiy-madaniy vilo- yatlar asosida yirik mulklar (Buxoro, Kesh, Choch) ajralib turadi.
Ilk o‘rta asrlar davrida mulk-davlatlar nisbatan taraqqiyotning yuqori darajasiga ko‘tarilib, bu an’analar o‘rta asrlarda ham davom etadi.


Savol va topshiriqlar
1. Ilk davlatlar rivojlanishining davrlashtirilislıi haqida nimalarni bi- lasiz?
2. Qadimgi davlatchilik taraqqiyotiniııg mulı im jihatlaı ini ochib be-

3. Davlatchilikning paydo bo‘lishida ilk shahai Warning ahaniiyati to‘g‘risida so‘zlab bering.


4. Davlatchilikning kelib chiqishi masalasiga oid qanday ii azariyalar
mavjud?
5. Davlatning qaysi shakllarini bilasiz?
6. O‘rta Osiyoda day latchilik kelib cliiqishiniiig omillari haqida ni- malarni bilasiz?
7. Ijtimoiy boshqaruvning xususiyatlari nimadan iborat?
8. O‘zlashtiruvchi xo‘jaliklarga asoslangan ibtidoiy (ui ug‘chilik) ja- miyat belgilarhii ta’riflab bering.
9. Ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarga asoslangan ibtidoiy jam iyat haq i-
da so‘zlab bering.
10. Ijtimoiy mansabalar va boshqaruvning asoslari mavzusiga oid esse yozing.
Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə