Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Beshinchi davr — mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi — milodiy birinchi asr boshlari



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə3/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

Beshinchi davr — mil. avv. II asrning ikkinchi yarmi — milodiy birinchi asr boshlari. Ko‘chmanchi qabilalar hujumi natijasida O‘rta Osiyo lkkidaryo oralig‘ining barcha hududlarida davlatchilîk mavjud bo‘lib, ko‘chmanchi davlatchilik an’ana1ari mahalliy davlatchilik an’analari bilan aralashib ketadi. Bu hududlarga kirib kelgan yuechji-toxarlar Sug‘d va Shimoliy Baqtriya hududlariga joylashib, beshta mulkdan iborat mustaqil davlat konfederatsiyasini tashkil etishadi.
Bu davrda Qang‘ davlati konfederatsiyasiga Sug‘d va Choch mulklari ham kiradi. Bu mulklar avval yunon-baqtriya tangalariga taqlid qilib tanga zarb etgan bo‘lishsa, keyinroq, mustaqil tangalar zarb etishadi.
Bu davrdagi barqaror davlatchilikning muhim belgilaridan biri — oromiy alifbosi asosidagi yozuvning keng yoyilishi hisoblanadi.
Oltinchi davr — milodiy I asr boshi — III asr o‘rtalari. Bu davrdagi eng muhim voqealardan biri — qudratli Kushon davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hisoblanadi.
O‘zbekistonning janubi Kushon davlatining bir qismi edi. Aynan slıu davrda Surxon vohasida shaharlaming gullab-yashnashi, aholi manzilgohlarining ko‘payislıi, madaniy hayot, iqtisod, savdo-sotiqning taraqqiyoti kuzatiladi.
Shuningdek, bu davrda Buxoro Sug‘dning janubi-g‘arbida («Girkod» sulolasi), Samarqand Sug‘dida («Kan» sulolasi), Janubiy Sug’dda Kesh («Artat» sulolasi), Farg‘ona va Chochda mustaqil ichki va tashqi siyosat olib boruvchi mulk-davlatlar rivojlanadi.
E.V. Rtveladzening fikricha, O‘zbekiston hududlaı idagi adimgi davlatchilik davri quyidagi muhim jihatlari bilan ajralib turadi :
— tangalarda davlat ramzi bo‘1gan sulolaviy belgilaming rrıavjudligi
— yozuvning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi;
— mustaqil tanga zarb etishning paydo bo“lishi, tovar-pul munosabatlarining taraqqiy etishi;
— davlatchilikning barcha funksiyalariga ega bo‘lgan alohida mulklaming shakllanishi;
— bu mulklar o‘ rtasida diplomatik munosabatlarning kengayishi;
— davlatlar va xalqlaming ma’naviy boyishi. xalqaro› aloqalari, mahsulot ayirboshiashiga keng yo‘l ochib bergan Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi.
So‘nggi ilniiy tadqiqotlar natijasida, yuqorida ko‘rib chiqilgan ilk davlatlar rivojlanishiriing davrlashtirilishiga ayrim qo‘shimchalar kiritish mumkin.
O‘rta Osiyo janubida davlatchilik tizimiga o‘tish davri mil. avv. III mingyillikning oxiri — mil. aiw. 11 mingyillikning boshlari, ya’ni bronza davri bilan belgilanadi. Baqtriya va Sug‘d misolida hududiy jihatdan o‘rtamiyona davlat mil. a v. VII asrda vujudga keladi.



Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə