Zbekiston davlatchiligining shakllanish asoslari


Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar



Yüklə 31,14 Kb.
səhifə5/8
tarix10.10.2023
ölçüsü31,14 Kb.
#126529
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbek Davlatchiligining Shakllanish asoslari

4.3. Davlatchilik kelib chiqishiga doir nazariyalar
4.3.1. Davlat shakllari va boshqaruv tizimi

Antik va o’rta asrlar davridan boshlab davlaming kelib chİqiShi to‘g‘risida dastlabki qarashlar paydo bo‘lib, ular asosida turli nazari- yalar ishlab chiqilgan. Ularning tarafdorlari o‘zlarining mafkuralari, yondashuvl ari va dunyoqarashlariga asoslanib ma’lum nazariyalarini isbotlashga harakat qilishgan. Ushbu nazariyalarda abstıaksi ya (maV- hum tasavvur), umumiy falsafiy usullar ustunlik qilib, muammon ing tarixiy-huquqiy jihatlariga kam e’tibor qaratilgan. Mazkur masalani ko‘rib chiqqan olimlar (R.V. Rtveladze, A.X. Saidov, A.V.Abdullayev) quyidagi nazariyalarga ta’rif berishadi:


Teologiya nazariyasi tarafdorlari: XIII asr, Foma Akvinskiy, XIX asr, Jozef Mesti, islom mafkurasi va katolik cherkovi.
Bu nazariya davlatlar kelib chiqishini ilohiylik bilan bog‘laydi. Qadimgi davrdayoq Isroilda paydo bo‘1gan bu nazariya ilk davlatlarning diniy boshqaruv shakllarini (teokratik) qattiq turib himoya qiladi.
Patriarxal nazariya dastlab Arastu asarlarida asoslanib, XIII asrda R. Filmer tomonidan rivojlantirildi.
Uning tarafdorlari dastlabki davlat bevosita oiladan o‘sib chiqqan deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, davlat hokimiyati otaning oila a’zolari ustidan hokimligini belgilab beradi.
Patremonial nazariya XIX asrda yashagan fransuz olimi A. Galler tomonidan ishlab chiqilgan. Nazariya tarafdorlari davlat yerga mulkchilik huquqidan kelib chiqqan (patrimomum) deb hisoblashadi, ya’ni, hokimiyat, yerga egalik qilish huquqidan bevosita u yerda yashovchi odamlarga yoyiladi.
Shartnomaviy nazariya. XVII—XVIII asrlarda keng yoyilgan bu nazariya tarafdorlari A. Gorsiy, J. Lokk, T. Gobs, J. Russo, D. Didro, Sh. Monteske kabilar edi. Bu nazariyaga ko‘ra davlat — odamlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida odamlarning ongli ravishda birlashishidir. Odamlar shartnomaning kuchi bilan o‘z erkinligi, o‘z hokimiyatining bir qismini davlatga beradilar.

Yüklə 31,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə