Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning semantik aspektida lingvokuturologik xususiyatlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə43/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning semantik aspektida lingvokuturologik xususiyatlar

Juft soʻzlar faqatgina kundalik hayotimizdagi nutqimizdagina qoʻllanilib qolmasdan, balki badiiy adabiyotda ham oʻz ifodasini topishi, juft soʻzlarning tilda oʻziga xos dolzarbliklar kasb etishini yaqqol namoyon etadi.
Juft soʻzlar maʻlum ekspressiv-stilistik maʻnoga ega. Juft soʻzlar asosan badiiy adabiyot, publitsistika va matbuotda qoʻllaniladi. Ular, barcha turkumlar gaplarda bir xil stilistik vazifani bajaradigan ekspressiv frazeologizmlarning bir qismiga kiradi. Juft soʻzlar uslubiy jihatdan oʻxshashligi bilan farqlanadi hamda adabiy va soʻzlashuv boʻyoqdorligi nuqtayi nazaridan oʻzgarib turadi.
Hozirda juft soʻzlar qatorini yangi paydo boʻlgan juft soʻzlar boyitib bormoqda. Yangi paydo boʻlgan juft soʻzlarning koʻp qismi ijtimoiy-siyosiy hayotning eng muhim va dolzarb tushunchalarini takror keltiruvchi elementlar boʻlib ifodalanishiga misol boʻluvchi juft soʻzlar quyidagilar : Pflichten und Rechte , Leitung und Organisation, Wissenschaft und Praxis , Freundschaft und Zusammenarbeit, Industrie und Landwirtschaft, Stabilität und Dynamik.
Juft soʻzlar matn tuzilishida qoʻllanganda quyidagi nuqtayi nazardan uchta dolzarb qoidani oʻz ichiga oladi.

  1. Juft soʻzlar turgʻun soʻz birikmalari (feste Wortkomplexe) ichida eng ommabopi deb hisoblanadi.

  2. Juft soʻzlar badiiy adabiyotlarda ishlatilib asarlarni boyitib kelmoqda. Shuningdek yangidan-yangi juft soʻzlar paydo boʻlmoqda. Masalan: mit Lutz und Lüge, Charm und Chic. Bular esa tilshunoslik uchun oʻta dolzarbdir.

  3. Jamiyat taraqqiyoti, rivoji uchun tilning ham tildagi barcha jarayonlarning oʻsishi muhim sanaladi. Juft soʻzlar ham tilshunoslik uchun eng muhim elementlardan biri boʻlib qoladi.

Juft soʻzlar universal xarakterga ham ega. Juft soʻzlar tilshunoslar tomonidan koʻplab tillar uchun (nemis, ingliz, fransuz va hind-yevropa tillari uchun), shuningdek, boshqa til oilalari tillarida (xitoy, rus, arab tillari) tadqiq qilingan. Turli til tizimlarida juft soʻzlarning mos kelishini taʻkidlash mumkin. A.Bogorodskiy fikrlashning umuminsoniy xarakteri parallel semantik modellarni shakllantirishdan kelib chiqadi, degan fikrni bildirdi:
D+D=K D+D=K
Bu toʻgʻridan-toʻgʻri maʻnoli ikki soʻz (denotativ semema bilan) bogʻlanganda sodir boʻladi. Yangi konnotativ maʻno shakllanadi, masalan:
1. alt und jung = alle – yosh - qari = hamma;
2. links und rechts = überall - oʻng - chap = hamma joyda;
Quyidagi umumiy jadval turli tillardagi juft soʻzlarning bir-biriga mos kelishini koʻrsatadi. Bu uning tuzilishiga ham, maʻnosiga ham tegishli, masalan:

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə