Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Arab tilida: Kebar – Sigar; Nemis tili



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə44/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Arab tilida: Kebar – Sigar;
Nemis tilida: alt und jung;
Ingliz tilida: old and young;
Rus tilida: star i mlad.
Ular bir biriga ekvivalent boʻlib, baʻzi juft soʻzlar umuminsoniy mantiqning semantik, rasmiy va ritmik xususiyatlariga ega deyish mumkin, masalan:
außer Rand und Band – toʻs toʻpolon;
Alalham u. AlketmanAlalham i Alketman;
mein Fleisch und Blut – jonu tanim;
Lahami u. Dami - Lahami i Dami.
Ushbu taʻkid juft soʻzlar soni va chogʻishtirilayotgan tillar boʻyicha hali isbotlanmagan. Juft soʻzlarning universalligini tadqiq qilish va ularning mana shunday xarakterga ega ekanligini isbotlash mumkin:
Müller und Schulz - X.G.Myuller va Shuls;
Pierre et Paul - Pier va Paul;
Omar u. Zied - Omar va Zayd.
Juft soʻzlar soʻz yasash va nemis tilining soʻz boyligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ulardan oʻrta mahsus va oliy oʻquv yurtlarida xorijiy tillarni oʻqitishda, til oʻrganuvchilarning soʻz boyligini oshirishda hamda ularning nutqida gapirish koʻnikmalarini rivojlantirish va mukammallashtirishda ham foydalanish mumkin.
Bizning ushbu tadqiqotimiz va koʻplab manbalar shuni koʻrsatadiki juft soʻzlarning vujudga kelishi xilma-xildir. Koʻpchilik juft soʻzlarning kelib chiqishi yahudiylarning muqaddas kitobi boʻlmish „Injil“ga borib taqaladi. Masalan: „Auge um Auge. Zahn um Zahn, qirollik paytlaridagi juft soʻzlar esa: Hinz und Kunz, Krethi und Prethi, Acht und Hahn, urush paytida Kalter Krieg, Frieden und Freiheit, uy roʻzgʻorga tegishli: Haus und Hof, vom Keller bis zum Dach, asbob–aslahalarga oid juft soʻzlar: Nagel und Faden, auf Rand und Band“95.

(jemanden) in Acht und Bann (tun)


Maʻnosi: kimnidir jamoadan chiqarib tashlash / chiqarib yuborish va uni barcha huquqlaridan mahrum qilish - kimnidir qattiq qoralash.
Ushbu juft soʻzning kelib chiqishi hukumat bilan bogʻliq degan fikrlar mavjud.
„Cherkov tomonidan amalga oshirilgan. Masalan, sakkizta jazolangan qirol / imperator yoki imperiyada tinchlikni buzgan buzgʻunchilar haqida. Lekin bu koʻpincha bidʻat ham hisoblanadi.
Ushbu jazo turi bilan jazolangan har bir kishi endi oʻz hayotlariga ishonchi qolmaydi. Har kim uni jazodan qoʻrqmasdan oʻldirishi mumkin edi.
Ushbu juft soʻz oʻrta asrlarda juda keng tarqalgan qisqa shakllardan biri. Geynrix va Konrad ismli insonlarning ismining qisqartirilgan varianti. 1012 yilda Geynrix va 1027 yilda Konrad "Nemis" imperator taxtini egallagan va ancha yillar davomida taxtda oʻtirgan. Bizga tarix darsliklaridan maʻlumki, Genrix IV, bu Papa bilan yuz bergan tortishuv tufayli Kanossga yoʻl oladi. Ammo baʻzi kuchliroq knyazlar ham ushbu nomlarni olishgan.
Ular xuddi robbimiz kabi mehribon va odiiy odamlar boʻlishgan va oʻsha zamon odamlarining olqishiga sazovor boʻlgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə