Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə45/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

auf Heller und Pfennig


Maʻnosi: eng kichik dam olishgacha - toʻliq - aniq.
Heller va Pfennig qadimgi juda ham koʻp qoʻllaniladigan ammo kam qiymatdagi tangalar boʻlib kelgan. Shunday qilib, agar siz tanga qaytaradigan biror narsa uchun haq toʻlasangiz, siz hech narsadan qarzdor emas yani hammasini toʻlagan hisoblanasiz. Heller dastlab kumush tanga sifatida muomalada boʻlgan boʻlsa, 13-asr boshlaridan beri xalq tomonidan foydalanib kelingan. Germaniyaning janubi va gʻarbiy qismida kichkina Heller muomaladan chiqadi.
Ushbu tanganing kumush tarkibi insonlar foydasiga koʻpayishda davom etib, natijada oxirgi marta notinch 17-asrda (30 yillik urush) Hellerda kumush tanga yoʻqolib ketadi.
Bu soʻzning tarixi yanayam qadimiyroq, yaʻni VIII-IX asrlarga ham borib taqaladi. Mavjudligining birinchi asrlarida Pfennig kichik miqyosdagi emas, anchayin katta qiymatdagi pul hisoblangan. U koʻplab hududlarda muomalada boʻlgan. Keyinchalik u oʻz qiymatini uchdan biriga teng boʻlib qolgan. Shundan keyin Heller deb ataluvchi pul birligi paydo boʻlgan. Ular XVII asrga kelib oʻz qiymatini yoʻqota boshlagan. Lekin nemiszabon hududlarda Hellerga nisbatan Pfennig uzoqroq vaqt saqlanib kelgan. 173 yildagi pul reformatsiyasidan soʻng Heller Nemis imperiyasidan yoʻqolib ketgan. Lekin u Avstryada 1925- yilgacha saqlanib qolgan”96.
jemandem Hals- und Beinbruch wunschen
Maʻnosi: kimdir uchun eng yaxshi tilaklari bor - kimgadir yaxshilik tilayman.
Uzoq vaqtdan beri yahudiylar turli xil holatlarda yashab kelishgan. Ibroniycha "hazlacha we beracha" "Muvaffaqiyat va barakalar" degani. Lekin nemis xalqi buni qabul qila olishmadi. Eskitdan mavjud irimga koʻra yaxshi tilak albatta teskarisini keltirib chiqaradi agar u toʻgʻri aytilsa. Agar kimgadir yaxshilik tilanayotgan boʻlsa, unga biror koʻngilsizlik yuz berib tilak chappasiga ketmaslik uchun unga toʻgʻridan toʻgʻri hech nima demaslik kerak.
Shuningdek, nemis tilidan oʻzbek tiliga juft soʻzlarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini solishtirish orqali funksional va semantik mustaqil birliklar tanlab olinadi. Bu prinsiplar til elementlarining oʻxshashlik va mos kelishi orqali ifoda qilinadi. Ushbu birliklarning tuzilishi va maʻnosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim kamchiliklar orqali amalga oshiriladi. Juft soʻzlarning tuzilishi va mazmuni jihatidan toʻliq mos boʻlishi kam kuzatiladi. Juft soʻzlarning qisman mos kelishi uchun obrazlilik tomondan bir xil, lekin tuzilish va soʻz tartibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Koʻpgina juft soʻzlarning oʻzbek tilida ekvivalentlari mavjud emas.
Juft soʻzlarni tarjima qilish erkin birikmalarni tarjima qilishdan anchagina, keskin farq qiladi. Koʻchma yoki obrazli turgʻun birikmalar tarjimasi tarjimondan alohida eʻtibor, alohida mahorat talab qiladi. Zero, turgʻun birikmalarning tarkibidagi komponentlar erkin birikmalarnikidan farqli oʻlaroq alohida maʻno kasb etmaydi. Iboralarning maʻnolari komponentlarning bir butunligidan, yaxlitligidan anglashiladi. Shunga koʻra, ularni soʻzma-soʻz tarjima qilish har doim ham oʻzini oqlamaydi. Nemis tili frazeologik qatlamining aksariyatini juft soʻzli frazeologizmlar tashkil qiladi. Ushbu birliklar oʻzbek tiliga turli-tuman usullar vositasida, xususan, toʻla ekvivalentlar, muqobil variantlar, komponentsiz muqobil variantlar va boshqa usullarda tarjima qilinadi. Baʻzan tarjimada frazeologik juft soʻzlar tushirib qoldiriladi. Ayrim holatlarda esa asliyatdagi kabi maʻnoni bermaydi. Nemis va oʻzbek tillarining bir tillar oilasiga mansub emasligi, nemis va oʻzbek xalqlari turmush sharoitlarining oʻxshamasligi koʻpgina mushtarak boʻlmagan juft birliklarning mavjudligiga sabab boʻladi. Masalan, quyida misollarga eʻtibor bersak:

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə