Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə46/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Mutlaq mos keluvchi:
Halb und Halb– yarim-yorti;
Arm und Reich– boy va kambagʻal;
Arm in Arm– qoʻlni- qoʻlga;
Hier und Dort– u yerda- bu yyerda;
Hin und Her – u yerbu yer .
Qisman mos keluvchi juft soʻzlar:
Alt und Jung- yoshu-qari;
Jmdm. Sind die Hände/Hände und Füße gebunden – oyoq-qoʻli bogʻlangan;
Handel und Wandel – savdo- sotiq;
seit Jahr und Tag– yildan yilga;
nicht leben und nicht sterben können - Oʻlib oʻlolmay-qolib qololmay.
Mutlaq mos kelmaslik:
Zwischen Hammer und Amboss – ikki mamlakat orasida;
Herr und Frau Österreich – Avstriya janob va xonim (faqat ularning oʻzigina tushunadi);
mit Griffen und Kniffen – hamma bilan;
Haus und Herd– idish-tovoq.
Shuningdek, juft soʻzlarni tarjima qilishda har ikkala xalqning oʻziga xos boʻlgan va boʻlmagan tomonlari muhim oʻrin egallaydi. Oʻz navbatida, nemis va oʻzbek xalqlarining maʻno va uslubiy vazifa jihatlaridan oʻzaro mos kelmagan juft soʻzlar obrazli asoslarining bir-birlaridan farq qilishlariga olib kelgan. Tarjima tilida asliyatda qoʻllanilgan juft birlikka ekvivalent topilmagan taqdirda, koʻp hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Bunday juft soʻzlar oʻzaro muqobillik munosabatida boʻladi. Ayniqsa, juft soʻzlarni nemis tilidan oʻzbek tiliga muqobil yoki kalka yordamida oʻgirishning imkoni topilmay qolgan holatlarda mutarjim tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladi. Mazkur usulda ularning maʻnolari erkin maʻnodagi soʻz yoki soʻz birikmalari vositasida izohlanadi. Oʻzbek tilida oʻz ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega boʻlmagan hollarda tarjima amaliyotining kalka usulidan foydalaniladi. Ayrim holatlarda asliyat matnidagi juft turgʻun birikmalar undagi obrazlilikni, ifoda va tasvirni kuchaytirish maqsadida turli xil boshqa iboralar vositasida tarjima qilinadi.
Yuqorida taʻkidlab oʻtganimizdek, shunday juft soʻzlar nemis tilida mavjudki, ular faqatgina shu tilga xos va maʻlum bir holatdagina faqat nemis xalqining nutqida ishlatiladi va tushuniladi. Ana shunday holatlarda asosan tasviriy yoʻl bilan tarjimani amalga oshirgan maʻqul. Nemis tilida juft soʻzlarning maʻnosi xuddi ularning ketma ketligiga uchragani kabi, semantik jihatdan ham atrofida oʻziga xos boʻlgan guruhli juft soʻzlarni yigʻib tarjimani taqqoslash yaxshi natijaga olib keladi. Shuni alohida taʻkidlash lozimki, nemis tilidan oʻzbek tiliga juft soʻzlarning semantikasini ochib berish chogʻida ularning etimologik kelib chiqishiga ham, ayniqsa, eʻtibor qaratgan maʻqul. Chunki baʻzida shunday juft soʻzlarni uchratish mumkinki, ular bugungi kunda nemis tilining oʻzida ham muomaladan chiqib ketgan va qaysidir maʻlum bir davrga bogʻliq. Ana shunday juft soʻzlarni asliyatdan tarjima qilishga toʻgʻri kelgan vaqtda, ularning tavsifi bilan berish maqsadga muvofiqdir, shunda nemis tilidagi juft soʻzlarning hech boʻlmaganda semantikasi saqlanib qoladi.
Maʻlumki, oʻzbek tili, oddiy soʻzlashuv tili, xalq ogʻzaki ijodi koʻplab laparlar, termalar va oʻlanlarga boy. Har bir lapar yoki oʻlan misralarida juft soʻzlarni uchratish mumkin. Masalan:
hay-hay oʻlan, jon oʻlan,
oʻlan ayting yor-yor.
Kelin-kuyov poylariga,
Tillo soching yor-yor97.
Ushbu misralarda oʻzbek tilida har bir qatorda hay-hay, yor-yor, kelin-kuyov kabi juft soʻzlar keltirilgan va oʻzbek urf-odatlariga xos milliy anʻanalar tasvirlangan, nemis tiliga esa tarjima qilinganda toʻgʻridan toʻgʻri oʻzbek tilidagidek tarjima qilinadi va bu holat nemis tilida juft soʻz tarzida berilmaydi. Ushbu hodisa albatta ikki til oʻrtasidagi farqlar borligini keltirib koʻrsatadi.
Tillar taraqqiyoti davrida juft soʻzlarning qoʻllanilishi toboro koʻpayib borayotganligi ham buning yaqqol dalilidir. Oʻzbek tilida juft soʻzlar jamlik, umumlashtirish kabi vazifalarni ifodalashdan tashqari, fikr almashinuvda xuddi nemis tilidagi kabi eng nozik maʻno nozikliklarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Nemis tilida juft soʻzlarning boshqa frazalardan farqi shundaki , ularning orasida ierarxik emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri rekursiv aloqa yotadi. Til necha ming asrlardan beri taraqqiy etib kelmoqda. Til hech qachon bir joyda qotib qolmaydi, aksincha asrlar, yillar, kunlar sayin rivoj topib boraveradi. Xuddi shunday juft soʻzlar XV asrdayoq; nemis tili frazasida qoʻllana boshlagan edi. Shu davrdayoq juft soʻzlarning dolzarb masala ekanligi koʻrinib turibdi.Oʻrta asrlardagi bu jarayon nemis tilida turli frazeologizmlarni paydo boʻlishiga sabab boʻldi. “Bundan kelib chiqib Amosova juft soʻzlarni bogʻlovchi( bogʻlanuvchi) frazeologizmlar deb atadi. Hozirda bu juft soʻzlar (frazeologik birikmalar) balletristikada (oʻqilishi oson, yengil-yelpi asarlar) publitsistika va adabiy asarlarda gapga oʻzgacha maʻno berib ifodalanmoqda”41.
Nemis tilida juft soʻzlar frazeologizmlarning bir turi, yaʻni frazeologik birliklar sifatida qayt etilishi, asosan oʻquvchilar, matbaachilar va boshqalarning juft soʻzlar bilan ifodalanuvchi frazeologizmlarga talabini ortib borayotganligidan dalolat beradi. Juft soʻzlarning tilda ifodalanishini, dolzarbligini ularning nemis tilida toʻplanib, koʻp tushunchalar orqali kengnifodalanishida kuzatish mumkin.
Juft soʻzlar XV asrdayoq nemis tili prozasida qoʻllana boshlangan edi. Shu davrdan boshlab juft soʻzlarning paydo boʻlishi dolzarb masala boʻlgan. Oʻrta asrlardagi bu jarayon nemis tilida turli frazeologizmlarning paydo boʻlishiga sabab boʻldi.98 Koʻpgina juft soʻzlar qadimiy hisoblanadi. Ularning kelib chiqishi koʻprok oʻrta asrlarga borib taqaladi. Masalan: Hülle und Fülle juft soʻzi oʻzbek tilida „toʻkin-sochin“, „moʻl-koʻl“ degan maʻnoni anglatadi. Bu juft soʻz XVI asrlarda mavjud boʻlgan. Ayni vaqtda, shu asrda, bu juft soʻzning Kleidung und Nahrung shakli paydo boʻlib, huddi shunday „moʻl-koʻl“, „iqqi-biqqi“ degan maʻnolarni ifodalagan. Lekin yuqoridagi ikkala juft soʻzlar oʻrtasida katta farq boʻlib, biri ijobiy maʻnoni anglatsa, ikkinchisi salbiy maʻnoda ifodalanadi. Masalan Hülle und Fülle juft soʻzi ijobiy maʻno kasb etadi. Chunki ushbu juft soʻz maʻnosi koʻproq hosildorlik, toʻkin-sochinlik, farovon turmush, hayot ramzi kabi sifatlarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi.
Kleidung und Nahrung juft soʻzi bir muncha salbiy maʻno kasb etadi. Bu juft soʻz oʻzida faqat ochkoʻzlarga yeyish-ichish, qomatiga mos boʻlmasa-da bashang kiyinish kabi maʻnolarni mujassamlashtiradi. Bundan tashqari Krethi und Plethi juft soʻzi ham qadimiy hisoblanadi. Oʻzbek tilida qalangʻi-qasangʻi degan maʻnoni bildirib keladi. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, bu juft soʻzning kelib chiqish tarixi eramizning I asriga borib taqaladi. Lekin bugungi kunda bu juft soʻz juda kam qoʻllanadi. Taxminlarga qaraganda, Krethi und Plethi juft soʻzining salbiy maʻno kasb etib ketishi ancha asrlar oʻtgandan soʻng roʻy bergan. Aslida gʻarbda qirolning xos soqchilarini Krether und Pletker deb ataganlar. Gang und gäbe juft soʻzi oʻzbek tilida “rasm-rusm”, “urf-odat” kabi maʻnolarni ifodalab, birinchi bulib, XIII asrda Rerxov Aykening “Sachsenspiegel” asarida va keyinchalik esa Martin Lyuter tomonidan qoʻllanilgan. Aslida bu ikki sifatdosh savdogarlarning kundalik hayotida qoʻllaniladigan leksikadan kelib chiqqan. Gang soʻzining maʻnosi tanga hisobida molning narxi, yaʻni doimiy narxning belgisi. Gabe iborasi geben feʻlidan olingan boʻlib, “nima bera olishi mumkin ” degan maʻnoni anglatgan.1 Lekin bu juft soʻzning tub maʻnosi narx-navoga bogʻliq boʻlgani va uning oʻzgarmasligi uchun bu ikki soʻz “anʻana” ga, “odat” ga aylangan. Hozirgi nemis tilida bu ikki soʻz juft soʻz hosil qiladi.
Der König aber und die Königin mit ihren sechs Brüdern lebten lange Jahre in Glück und Frieden. (J. Grimm und W. Grimm Kinder- und Hausmärchen mit Bildern., Die sechs Schwäne, –Т.: Ўзбекистон, 2015. S –329.)
To xavf-xatar oʻtib ketguncha pisib yotadigan bir joy, albatta topiladi. ( X.Toʻxtaboyev, Sariq devni minib. 2010. –4 B.)
Glück“ va „Frieden“ so‘zlari bir-biriga qofiyadosh va sinonim so‘zlar bo‘lganligi uchun „in“ predlogi bilan „in Glück und Frieden“ juft so‘zini hosil qilgan. O‘zbek tilida xavf-xatarjuft soʻzi chiziqcha bilan juft soʻzni hosil qilmoqda va ikkala komponenti ham mustaqil maʻnoega ega boʻlgan komponentlardir. Bu sinonimlar juftlashishida maʻno umumlashtiriladi va kuchaytiriladi. Maʻno jihatdan yaqin bo‘lgan ikki so‘zning biri ikkinchisining maʻnosini bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan maʻlum boʻladiki, sinonimlar va bir-biri bilan yaqin maʻnoli soʻzlarning juftlashishi turli maʻno ifodalash talabiga koʻra boʻladi. Bunda, asosan, umumlashtirish, kuchaytirish, toʻldirish maʻnosi muhim hisoblanadi. Sinonimlarning juft soʻz sifatida qoʻllanishidan hech vaqt yangi soʻz hosil boʻlmaydi.
Baʻzi juft soʻzlarning ikkinchi komponenti birinchi komponenti ifodalagan maʻnoni boʻrttirib, kuchaytirib koʻrsatadi. Bunday juft soʻzlarning ikkala komponenti bir-biri bilan sinonim boʻladi, maʻno jihatdan bir-biriga yaqin soʻzlardan yaʻni ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlgan juft soʻzlardan iborat boʻladi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə