Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə47/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Uchinchi bob boʻyicha xulosalar
Ushbu bobda nemis tilidagi juft soʻzlarni oʻzbek tiliga tarjima qilishda baʻzi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin ekanligi tahlil qilib oʻtildi.
Dissertatsiyaning ushbu bobida nemis tilidagi juft soʻzlar va ularning oʻzbek tilidagi ekvivalentlarini tahlil qilishga harakat qilindi.
Komponentlarning alohida semantik taʻsiri natijasida sinonimlar, semantik jihatdan yaqin soʻzlarning miqdoriy ekspressivlik bilan birikuvini keltirib chiqaradi. Juft soʻzlar yaxlit semantika bilan maʻlum bir ekspressiv salohiyatiga ega boʻlib, shu bois nominativ ekspressiv frazeologiyaga (idiomatikaga) kiradi. Qoidaga binoan nominativ juft soʻzlari yaxlit maʻnoga ega emasligini taʻkidlash lozim.
Koʻp juft soʻzlar yuklamalar yordamida yasaladi va ular odatda iboradan oldin ishlatiladi. Juft soʻzlarni hosil qilishda predloglardan tashqari bogʻlovchilar ham muhim rol oʻynaydi. Bundan tashqari, shuningdek, bogʻlovchilarsiz yasalish ham mavjud.
Bundan tashqari nemis tilidagi juft soʻzlarda semantik jihatdan oʻzgarishlarni kuzatishlar va tarkibiy tuzilishlar orasida semantik qarindoshlik turadi. Ular yaqin sinonimlar, yoki antonimlar, yoki boshqa bir holatlarda muvofiqlik orqali semantik aloqa bir-biri bilan bogʻlangan boʻladi. Bu holatni yana nemis tilidan tashqari unga yaqin boʻlgan evropa tillarida ham uchratish mumkin. Aynan shu holat oʻzbek tilida uchramaydi, chunki A.Hojievga koʻra turk tillari oilasida semantik alomatlarga koʻra ham bir-biri bilan bogʻlanmasligi turkiy tillarga xos xususiyatlardandir. Uni boshqa tillarda kuzatish qiyin. Tahlilning qulayligi uchun misollar tarjima usullari va komponentlarning turkum sinflari boʻyicha tasniflandi, soʻngra har bir turkum sinf uchun tarjima xususiyatlari aniqlandi va batafsil tavsiflandi. Tadqiqot soʻngida turkum sinflarning chogʻishtirma tahlili oʻtkazildi va ushbu soʻz birikmalar sinflarining tarjima qilinishidagi farqlari aniqlandi.
Tahlil davomida substantiv va sifatli birikmalar (eng katta turkum sinflar) koʻp qoʻllaniladigan tarjima usullarining oʻxshash toʻplami, yaʻni gap boʻlaklari, soʻz turkumlarining almashinuvi va qoʻshilishi bilan tavsiflanishi aniqlandi. Transformatsiyalar va tarjima usullarining turli xil kombinatsiyalari ham keng tarqalgan. Birikmalarning eng kichik guruhi - feʻllilar - boshqa turkum sinflarga oʻxshamaydigan oʻzining koʻp qoʻllaniladigan tarjima usullarini namoyish etadi. Bu guruhda leksik almashinuv va soʻzma-soʻz moslik darajasida qoʻllash ustunlik qiladi. Koʻp qoʻllaniladigan tarjima usullari toʻplamidagi bunday farqlar turli turkum sinflarning sintaktik, semantik, morfologik xususiyatlari bilan ifodalanadi.


XULOSA
Nemis va o‘zbek tillaridagi juft so‘zlarning struktural-semantik tadqiqini o‘rganish asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
Nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarning struktural-semantik tadqiqini oʻrganish asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Oʻzbek tilidan farqli ravishda nemis tilida juft soʻzlarning turli xil lingvistik terminlar bilan nomlanishi terminologik betartiblikka olib kelishi aniqlandi va ishda oʻzbek tiliga maʻnosi jihatidan mos keladigan muqobil “Wortpaare” leksikasi tanlandi.

  2. Ikki tilda ham juft soʻzlarning yasalish qonuniyatlari mavjud, ammo oʻxshashliklar ham koʻp. Ularning asosiy farqli jihati, ikki taqqoslanayotgan tillarning ikki xil oilaga va bu sohaning ikki xil davrda oʻrganilganlik darajasiga ham bogʻliq. Asosiy farqlar yaʻni oʻzbek tilida asosan juft soʻzlar tilning qonun-qoidalariga muvofiq holda ikki soʻzning teng bogʻlanishidan hosil boʻlgan birliklardan tashkil topdi. Nemis tilida esa koʻp holatlarda juft soʻzlar bogʻlovchi va predloglar orqali hosil boʻldi.

  3. Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning yasalishida ham, ularning oʻrganilganlik davriy bosqichlarida ham, juft soʻz tarkibiy komponentlarida ham oʻxshashliklar mavjud. Lekin shunga qaramasdan, nemis tilidagi juft soʻzlarning fonologik hamda juft soʻzlar uchun tuzilgan modellarida kuchli farqlanish va nomutanosibliklar uchradi.

  4. Chogʻishtirilayotgan nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlar struktur-semantik jihatdan affiksatsiya, konversiya, kompozitsiya usullari orqali yasaladi. Nemis tilida oʻzbek tilidan farqli ravishda uch yoki toʻrt komponentli juft soʻzlar uchrashi, komponentlar joylashish tartibi va bogʻlovchining oʻrni aniqlandi.

  5. Juft soʻzlar strukturaviy xususiyatiga koʻra birinchi komponent ikkinchisini belgilaydi, ikkinchisi umumiy morfologik va semantik tasnifni berishi ikki tilda ham izomorflik xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. Nemis tili juft soʻzlarini konversiya usuli tadqiqida, asosan, ot, sifat, feʻl, ravish soʻz turkumlaridan konversiya usulida juft soʻz yasalishi koʻrib chiqildi va oʻzbek tilida ham oʻxshashliklar bor degan xulosaga kelindi.

  6. Tahlil qilingan nemis tilidagi juft soʻzlar toʻgʻrisidagi maʻlumotlariga asoslanib, juft soʻzlar tarkibiy qismlarining ketma-ketligi koʻp miqdordagi semantik omillar bilan bogʻliq.

  7. Nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarni oʻrganish jarayonida nemis hamda oʻzbek tillarida juft soʻzlar qarama-qarshi juft soʻzlarga oid masalalari yoritildi. Ishda miqdoriy va statistik usullardan foydalanildi. Dissertatsiyada lugʻatlardan 1000 ta juft soʻzlar tanlab olindi va tahlil etildi. Keltirilgan misollar struktur-semantik jihatdan tahlil qilindi.

  8. Tahlilning qulayligi uchun misollar tarjima usullari va komponentlarning turkum sinflari boʻyicha tasniflandi. Tadqiqot soʻngida turkum guruhlarning qiyosiy tahlili oʻtkazildi va ushbu soʻz birikmalar guruhlarining strukturaviy jihatdan farqlari aniqlanib, ot va sifat soʻz turkumlari (eng katta turkum guruhlar) koʻp qoʻllaniladigan gap boʻlaklari ekanligi aniqlandi.




Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə