Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə7/327
tarix24.12.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#158735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   327
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги со

4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).


Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi.


Boshqacha qilib aytganda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va jarayonlar iqtisodiy qonunlar bilan boshqarilsada, lekin ular alohida olingan bir iqtisodiy hodisada namoyon bo’lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning o’zaro ta’sirida ko’rinadi, doimiy takrorlanib turadigan hukmron tamoyillar tarzida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ekiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham to’ishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bog’liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xususiyati va shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib to’adi va ular orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarnig xususiyatini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim bo’ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga binoan faoliyat qilsa ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar sarfini tejash bilan birga o’z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning hoxish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgar-chiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o’xshab, uni bilib, o’z faoliyatida foydalanilsa insoniyatga katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan-olmasdan, talablarini bilmasdan yoki mensimasdan ko’r-ko’rona xatti-harakat qilinsa, bu katta salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda ‘aydo bo’ladi va amal qiladi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
Umumiy iqtisodiy qonunlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlari sifatida, ularni belgilovchi boshqaruvchi qonunlar sifatida namoyon bo’ladi va har bir tarixiy bosqichda ularning roli o’zgarib boradi. Umumiy iqtisodiy qonunlar bilish, yaxlit va keng ma’noda iqtisodiyot nazariyasi fani ‘redmetini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə