Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


-. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə11/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43

4-. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi.


Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko’’lab darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo’lishini iste’molchining hatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g’arb adabiyotlarida mavjud bo’lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo’nalish sifatida bayon etilmoqda.46 Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz.

Iste’molchining bozordagi hatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV-bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko’rishi qoidalari bayon etiladi.

Agar naflilikka iste’molchi o’lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi.

Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’’lamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.

Naflilik funkstiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:



.

So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.

So’nggi qo’shilgan naflilik ‘asayib borish tendenstiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko’’ayib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.

Kishi qanchalik ko’’ miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko’’ yal’i naflilikka ega bo’ladi. Yal’i (umumiy) naflilik so’nggi qo’shilgan naflilik ko’rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi. Agar iste’molchi manfiy so’nggi qo’shilgan naflilikka ega bo’lsa, u holda yal’i naflilik kamayadi.

So’nggi qo’shilgan naflilikning ‘asayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 11-jadval orqali ifodalash mumkin.


11-jadval. Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan va yal’i naflilik

Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni

So’nggi qo’shilgan naflilik (MU)

Yal’i naflilik (U)

0

1

2



3

4

5



6

-

4

3



2

1

0



-3

0

4

7



9

10

10



7

Jadvaldan ko’rinadiki, musbat ishorali so’nggi qo’shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yal’i naflilik miqdori o’sib bormoqda. Biroq, bu o’sish sur’ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo’shilishi bilan ‘asayib bormoqda. Manfiy ishorali so’nggi qo’shilgan naflilik yal’i naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.

Iste’molchi tovarlarning turli to’’lamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim, ya’ni:

,

bu erda: MU X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi;– ularning narxi.

Bu qoida oldingi bobda ko’rib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.

Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’’lamini ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’’lamini boshqa biriga taqqoslab ko’radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig’i muhim rol o’ynaydi.



Befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’’lamlari yig’indisini namoyon etadi. Ya’ni, iste’molchi uchun befarqlik egri chizig’ida joylashgan tovarlar to’’lamini tanlashda farq mavjud bo’lmaydi.

Befarqlik egri chizig’i ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi. Befarqlik egri chizig’ining ‘asayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo’lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. Shunga ko’ra, bir tovarlar to’’lami (masalan, A)dan boshqa bir tovarlar to’’lami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni ‘aytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega bo’lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko’’ bo’lsa, A tovar shunchalik oz bo’ladi, chunki A va V tovarlar o’rtasida teskari aloqa mavjud. O’zgaruvchilari o’rtasida teskari aloqa mavjud bo’lgan har qanday egri chiziq esa ‘asayib boruvchi ko’rinishda bo’ladi.

Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to’’lamlari bo’yicha afzal ko’rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo’ladi. Har bir befarqlik egri chizig’i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to’’lamini ifodalaydi. 12-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig’i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig’i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.



V




S
V

 A I3

I2

I1

0 A


12-chizma. Befarqlik kartasi.

Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko’ra cheksiz befarqlik egri chizig’i mavjud bo’lishi mumkin. Biz sodda ko’rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to’’lamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to’’lamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo’naltirilgan tartibda qo’yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to’’lamning boshqa biridan nechog’liq afzalligini ko’rsatib bera olmaydi.

Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan ‘ul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinastiyalarini ko’rsatuvchi byudjet chizig’i shaklida ham aks ettirish mumkin.

Iste’molchi byudjeti chizig’ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o’zgarishi ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo’lsin (13-chizma). Birdaniga sotib olinishi mumkin bo’lgan har ikkala tovarning turli kombinastiyalari G byudjet chizig’ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig’i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig’ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.


A tovar

40
20

G1




10 G

G2






0 5 10 20 V tovar




13-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri.

O’z navbatida narxning o’zgarishi ham byudjet chizig’idagi turli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan:

1) V tovar narxining ‘asayishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (M chiziq);

2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig’i burchagining o’zgargan holda yangi chiziq hosil bo’lishiga olib keladi (N chiziq):

3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa ‘arallel bo’lgan yangi chiziq hosil bo’ladi (L chiziq).


A tovar





L


N

M

0 V tovar



14-chizma. Narx o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri.
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o’rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:

  1. mavjud va cheklangan byudjetdan to’liq foydalaniladi;

  2. ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.

O’timal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:

Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig’ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig’idan cha’da yotsa – uning to’liq sarflanmaganligini, o’ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz.

Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to’’lami eng ma’qul ko’rilgan kombinastiyada bo’lishi lozim.






A

S
 D

 F I3

I2

I1



0 B


15-chizma. Iste’molchining o’timal tanlovi.
15-chizmada uchta befarqlik egri chizig’i ifodalangan bo’lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o’rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko’’roq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko’’ ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.

D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to’’lami eng ko’’ qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig’ining byudjet chizig’i bilan kesishgan joyida yotadi.


Xulosalar:


  1. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.

  2. Talab – ehtiyojning ‘ul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o’sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobe’ o’zgaruvchi) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud.

  3. Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’nga yuqoriga yoki cha’ga ‘astga qarab siljitadi.

  4. Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eks’ort va im’ort omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib keladi va aksincha.

  5. Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.

  6. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.

Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq.

Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko’’aytirish imkoniyatini taqazo qiladi.

Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko’’aytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida o’rnatilgan narxga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.

Uzoq davrli muvozanatlik o’zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog’liq investistiyalar haqida ga’ boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning ‘aydo bo’lishi ham mumkin bo’ladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qiska davrga nisbatan ‘ast narx o’rnatiladi.



  1. Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’ektlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yal’i tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yal’i tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa xarakat bir tomonlama bo’ladi.

Asosiy tayanch tushunchalar:
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.

Talab egri chizig’i – grafikda narx va talabning hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni ko’rsatadi.

Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog’liqlikni ifodalaydi.

Taklif – ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo’lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.

Taklif egri chizig’i – narx va taklifning hajmi o’rtasidagi to’g’ridan –to’g’ri bog’liqlikning grafikdagi tasviridir.

Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bevosita yoki to’g’ridan–to’g’ri bog’liqlikni ifodalaydi.

Taklif (talab) ning egiluvchanligi – narx 1% o’zgarganda talab necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Bu talabning narx bo’yicha o’zgaruvchanligi ham deyiladi.

Daromad samarasi – narx ‘asayganda iste’molchi ‘ul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir.


Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:


  1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?

  2. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o’zgarsa, talab egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?

  3. Don birjasida bug’doyga bo’lgan talab va taklifning umumiy hajmi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz:




Talab, ming stentner hisobida

Bir stentner narxi (so’m) hisobida

Taklif ming stentner hisobida

Ortiqcha (+) yoki kam (-)

85

80

75



70

65

60



3400

3700


4000

4300


4600

4900


72

73

75



77

79

81






a) Bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday bo’ladi?

Bug’doyning muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni to’ldiring va natijalarini tushuntirib bering; b) shu ma’lumotlardan foydalanib bug’doyga bo’lgan talab va taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering. Muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlang; v) nima uchun 3400 so’m bu bozorda muvozanatli narx bo’la olmaydi? 4900 so’m-chi? g) Endi davlat bug’doyning eng yuqori narxini 3700 so’m qilib belgiladi deb faraz qilamiz. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O’z javoblaringizni grafikda tasvirlang.

4. Talab va taklifning quyidagi o’zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatadi? Javoblaringizning to’g’riligini tekshirish uchun talab va taklif diagrammasidan foydalaning.

a) taklif qisqaradi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; v) taklif ko’’ayadi, talab esa o’zgarishsiz qoladi; g) talab ortadi va taklif ham ko’’ayadi; d) talab ortadi, taklif esa o’zgarishsiz qoladi; e) taklif ko’’ayadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab qisqaradi va taklif ham qisqaradi.
9-MAVZU. TADBIRKORLIK FAOLIYaTI. Tadbirkorlik ka’itali va uning aylanishi
Reja:
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va

rivojlanish shart-sharoitlari.

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.

3. Tadbirkorlik ka’itali va uning harakati bosqichlari.

4. Tadbirkorlik ka’italining aylanishi. Asosiy va aylanma ka’ital.

5. Asosiy ka’italni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi.
Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan raqobatli bozor iqtisodiyotga o’tish sharoitida xo’jalik birliklari (korxona, firma) doirasida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish turli xil shakl va usullarda amalga oshiriladi.

Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o’rin tutib, bu faoliyat tufayli mulkchilikning turli shakllari iqtisodiy jihatdan amalda harakatga keltiriladi hamda o’z egasiga daromad keltiradi.

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik layoqati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik ka’italining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, ka’ital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo’lishini, shuningdek, ka’italning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va

rivojlanish shart-sharoitlari.
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin.

Hozirgi ‘aytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo’nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to’g’risida ko’’lab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o’rin egallamoqda. Ularda ko’’incha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti sub’ektlari xo’jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, amaliy jihatdan bir-birining o’rniga ishlatilishi mumkin. Ammo “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda aynan bir xil tushuncha deb hisoblab bo’lmaydi.

Kundalik hayotda aksariyat hollarda “biznes” so’zini tijorat, savdo kabi tushunchalarning sinonimi sifatida talqin qiladilar. Ko’’chilik hollarda esa “tadbirkorlik” va “biznes”, “tijorat” va “marketing” tushunchalarini bir xil faoliyat sifatida baholanayotganligining guvohi bo’lamiz.

Fikrimizcha, tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.

O’zbekiston Res’ublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».47

Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov “..kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yўnalish sifatida belgilash nima bilan, ќanday omil va sabablar bilan bog’liќ edi?

Buning sabablarini ќisќacha bayon etadigan bўlsak, ular ќuyidagilardan iborat.


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə