Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə27/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43

Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga


a) o’sib boruvchi iqtisodiyot



Yal’i

investistiyalar



Yil boshiga YaMMning yillik xajmi Yil oxiriga


b) turg’un iqtisodiyot



Yal’i

investistiyalar







Yil boshiga YaMMning yillik xajmi Yil oxiriga


v) qisqarayotgan iqtisodiyot
6-chizma. Yal’i investistiya hamda amortizastiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri.

Chizmadan ko’rinadiki, yal’i investistiyalar tarkibida sof investistiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo’lishi yil oxirida ka’ital hajmining o’sishiga hamda, ‘irovardida iqtisodiyotning o’sishiga olib keladi. Turg’un iqtisodiyot sharoitida esa yal’i investistiyalar faqat amortizastiya ajratmalari, ya’ni iste’mol qilingan ka’italni qo’lash fondi hajmiga teng bo’lib, yil oxirida ka’ital miqdori o’zgarmay qoladi. Yal’i investistiyalarning iste’mol qilingan ka’italni qo’lash fondi hajmidan ham oz bo’lishi yil oxirida ka’ital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko’rsatkichlarining ‘asayib ketishiga olib keladi.


4. Jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari
Mamlakatdagi investistiya faolligi va uning darajasi iqtisodiy rivojlanishda katta ahamiyat kasb etadi. Investistiya faoliyatini amalga oshirish uchun esa jamg’arish jarayoni me’yorda amalga oshirilishi lozim. Demak, jamg’arma va investistiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investistiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi.

Investistiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz.

Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investistiyaning, ham jamg’armaning funkstiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (7-chizma).
r S=S(r)
r2

E

r0



r1 I=I(r)


0 S0=I0 S, I


7-chizma. Jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modeli.

Chizmadan ko’rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o’q bo’yicha real foiz stavkasi, yotiq o’q bo’yicha esa jamg’arma va investistiya hajmi ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Investistiya va foiz stavkasi o’rtasida teskari funkstional bog’liqlik mavjud: foiz stakasi qanchalik yuqori bo’lsa, investistiya hajmi shu qadar ‘ast bo’ladi va aksincha. Jamg’arma esa to’g’ri, o’suvchi funkstional bog’liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo’lishi jamg’arma darajasining ham yuqori bo’lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investistiya va jamg’arma hajmlari o’rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – ‘ast va r2 – yuqori bo’lgan holatlar) investistiya va jamg’arma hajmi o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investistion resurslarga bo’lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg’arma uchun rag’bat ‘asayib ketadi. Natijada investistion resurslar taqchilligi ‘aydo bo’ladi. r2 darajada esa barcha sub’ektlar uchun jamg’armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o’z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg’armaning ahamiyatli qismi investistiyalarga aylana olmaydi.

Keynschilarning investistiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanat modeli o’z tuzilishiga ko’ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg’arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funkstiyasi deb qaralishi hisoblanadi: . Investistiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funkstiyasi deb olinadi: . Ya’ni, keynscha konste’stiyaning asosida jamg’arish va investistiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 8-chizma orqali izohlash mumkin.

S,I




S

EF IF

E I



0 N F NI

8-chizma. Jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli.
Chizmadan ko’rinadiki, grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investistiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investistiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.

Grafikda investistiya va jamg’arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investistiya va jamg’arma muvozanatini (EF nuqta) ta’minlash uchun investistiya IF darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investistiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.

Investistiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko’rib chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo’ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz stavkasining funkstiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funkstiyasi sifatida qaraladi.

Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investistiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.


Xulosalar


  1. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg’arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy iste’molga ajraladi.

  2. Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’’lanib borishi. Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.

  3. Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omilar o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funkstiyasi deyiladi. Bu funkstiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, jamg’arma banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining joriy daromadlarini ko’rsatadi.

  4. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning jamg’arishga bo’lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.

  5. Amalda jamg’arish ka’ital mablag’lar yoki investistion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy ka’italni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstrukstiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.

  6. Jamg’arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko’’ayishini belgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir.

  7. Investistiyalar – asosiy va aylanma ka’italni ko’’aytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga ‘ul shaklidagi qo’yilmadir. U ‘ul mablag’lari, bank kreditlari, akstiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. ‘ul mablag’lari ko’rinishidagi investistiya nominal investistiya, ana shu ‘ul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investistion resurslar real investistiya deyiladi.

  8. Investistiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investistiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi.


Asosiy tayanch tushunchalar
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni.

Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.

Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.

Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.

Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’’lanib borilishi.

Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.

Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi.

Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi.

Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida jamg’arish hajmining o’zgarishi darajasi.

Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma ka’itallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’’aytirish uchun foydalanish.

Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.

Ka’ital quyilmalar – asosiy ka’italni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.

Investistiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma ka’italga ‘ul shaklidagi qo’yilma.

Investistion faoliyat – investistiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy harakatlar.

Investor – investistiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.

Investistiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investistion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.




Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə