Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə29/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43

Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

yoki ,

bu erda:

I – har yillik sof ka’ital qo’yilmalar;

∆I – sof ka’ital qo’yilmalarning qo’shimcha o’sishi;

∆I/I – sof ka’ital qo’yilmalarning o’sish sur’ati;

1/a – multi’likator, bu erda a –jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik;

 - ka’ital samaradorligi.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to’la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq ishlashini ta’minlovchi sof investistiyalar yoki ka’ital qo’yilmalarning o’sish sur’ati  x a ga teng bo’lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investistiyalarning ‘otenstial o’rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik 0,2 ga teng bo’lsa, u holda investistiyalarning o’sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo’ladi.

R.Xarrodning iqtisodiy o’sish modeli investistiya va jamg’armalar o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi:



,

bu erda:


G – milliy daromadning o’sish sur’ati (∆Y/Y);

S – ka’ital sig’imi (I/∆Y);

S – milliy daromad tarkibidagi jamg’arishning ulushi (S/Y).

2-formula quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini to’adi:



,

bu erda:

Gw – haqiqiy jamg’arma va taxmin qilinayotgan investistiyalar o’rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi o’sishning kafolatlangan sur’ati;

Cr – ka’ital koeffistientining talab etilayotgan miqdori.

Neokeynschilarning fikriga ko’ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o’sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo’lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to’g’risidagi xulosaga keldilar.

Iqtisodiy o’sishning muhim modellaridan biri bo’lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo’lgan hamda AQShga o’tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (5-jadval).

V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o’rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffistientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o’rnatiladi.

Tarmoqlararo balans jadvali to’rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg’arish, davlat xaridi va eks’ort sifatida foydalaniluvchi ‘irovard mahsulot ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo’shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va im’ort ko’rsatkichlari o’rin olgan. To’rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko’rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo’ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo’yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo’yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog’i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.




I Sh L A B Ch I Q A R I Sh



iste’molchi tarmoqlar


n

‘irovard iste’mol


Jami:

foyda-lanish bo’yicha YaIM



X A R A J A T L A R

Ishlab chiqaruvi tarmoqlar

n 3 2 1


a11

a12

a13




a1n

S1



















I1

G1

X1

Y1

a21

a22

a23




a2n

S2



















I2

G2

X2

Y2

a31

a32

a33




a3n









































I

oraliq


qiymat


























































II







































































































an1

an2

an3




ann

Sn



















In

Gn

Xn

Yn

Qo’shilgan

qiymat




















IV

I + II

W1

W2










Wn



















1

2










n










III











































Im-’ort

M1

M2




Mn

=

I + III

Jami:

xara-jat-lar bo’yicha

YaIM


Y1



Y2






Yn



II kvadrantda – S – (shaxsiy iste’mol); I – (investistiyalar); G – (davlat xaridi); X (eks’ort).

III kvadrantda – W – ish haqi;

‘ – foyda;

M – im’ort.


5-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi ‘irovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o’zgartirib, texnologik koeffistientlarning ham o’zgarishiga olib kelishini anglatadi.

«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.

Iqtisodiy o’sish modellari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» konste’stiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konste’stiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konste’stiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko’’lab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko’’ayib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi ‘irovardida iqtisodiy o’sish chegaralarini cheklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro’y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» konste’stiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’’ayishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.

O’z navbatida, mazkur konste’stiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’griligidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.


4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.

Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo’ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o’z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi. Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran, qiymat o’lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob’ektiv sabablariga ko’ra ancha qiyin, jumladan uning tabiat in’omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o’lchovlariga ega emas. Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma’nodagi tushunchasidan foydalaniladi. Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo’ladi. Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo’ladi. U kishilarning ko’’lab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi.

Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

2. Nomoddiy boylik.

3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.

Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yal’i mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qo’lash bilan bir vaqtda yal’i mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qo’lash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yal’i milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy ka’ital (fondlar). Bular butun milliy boylik tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo’ladi hamda o’zining texnikaviy darajasi bo’yicha yal’i milliy mahsulotning o’sish imkoniyatini belgilab beradi;

- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy ka’ital (fondlar). Asosiy ka’italning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy tavsifidagi ob’ektlar kiradi;

- aylanma ka’ital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat ‘redmetlaridan iborat bo’lib, asosiy ka’italning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi;

- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo’lib, ‘otenstial tayyor mahsulot hisoblanadi;

- moddiy zahiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichidagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi. Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lgan va oldindan bilib bo’lmaydigan favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.

Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari, sug’urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi;



- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.

Moddiy-buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog’i o’zgarishsiz qolmaydi. Asosan fan-texnika taraqqiyoti sharoitida moddiy, buyumlashgan boylik tarkibida yirik o’zgarishlar ro’y beradi. Sanoat tarmoqlarining asosiy ka’itali tez ko’’ayadi va yangilanadi, noishlab chiqarish sohasining asosiy ka’itali tarkibida ilmiy, o’quv, sog’liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko’’roq hissasini egallaydi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish sur’atlari o’sib boradi.

Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:


  • mehnat unumdorligining o’sishi;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;

  • milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi.

Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qo’lanishi va uning ko’’ayishi ro’y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.

Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo’lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo’lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro’y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq bo’ladi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va er resurslari tabiatan mavjud bo’lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.

Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina ‘otenstial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi.

Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog’liq bo’lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog’likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, s’ort sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o’rin tutadi.

Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to’’lagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va s’ortning rivojlanish darajasi o’z ifodasini to’adi.

Moddiy-buyumlashgan boylikning o’sishi jamiyat moddiy qimmatliklari ko’’ayishining asosi hisoblanadi. Agar fan-texnika taraqqiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlansa madaniyat, san’at, fan kabi nomoddiy sohalar ham o’sib va takomillashib boradi.

Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.
Xulosalar:
1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’’ omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o’sishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy o’sish bevosita yal’i ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’’ayishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

2. Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak bo’ladi.

3. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’’ayishi orqali o’sish ekstensiv iqtisodiy o’sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish ‘otenstialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o’sish deyiladi.

4. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy ka’ital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.

5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari ‘irovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.

6. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə