Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə31/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43

3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta’kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalar o’rtasida ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go’sht ishlab chiqarish sohalari o’rtasida va boshqalar

4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq namoyon bo’lmaydi. Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish koo’erastiyasi va kommunikastiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.

5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’’chilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eks’ort hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko’zda tutiladi:



    • mamlakatda mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish;

    • to’la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo’lgan va ishlashni xohlaganlarni to’liq va samarali ish bilan ta’minlash;

    • narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyastiya ta’siridan xoli qilish;

    • iqtisodiyotning bir maromda o’sib borishini etarli darajada investistiya bilan ta’minlash va muomaladagi ‘ul massasiga bog’lab borish;

    • eks’ort va im’ortni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo’lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o’sish notekis boradi.

3. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini

o’zgartirishdagi vazifalar.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga cha’ berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Res’ublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada ‘asayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat ‘ul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.

Res’ublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondoshuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va sohalarga qaratildi.

Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu sababli res’ublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish sur’atlarining ‘asayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga tashlandi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita etakchi tarmog’i - sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq, qishloq xo’jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtatildi.

Res’ublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.

Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama yo’nalishini bartaraf etish va uning eks’ort imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.

Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar - res’ublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi.

Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni ta’minlao’da muhim rol o’ynaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’’roq e’tibor berdi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikastiyalari, trans’ort va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.

Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investistiya siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli res’ublika investistiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investistiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish ko’zda tutildi. Tashqi investistiyalarni jalb qilishda bevosita investistiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.

Shunday qilib, res’ublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga keltirish sifatida qaraldi.

Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo’l tutilgan hozirgi sharoitda ham «...iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish»1 iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ўzbekistonda 2012 yil iyul oyida ќabul ќilingan “Statistik, soliќ, moliyaviy ћisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan ќisќartirish chora-tadbirlari tўg’risida”gi va “Ishbilarmonlik muћitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari tўg’risida”gi farmonlari Ўzbekistonda ishbilarmonlik muћitini tubdan yaxshilash borasidagi navbatdagi muћim ќadam bўldi. Ishbilarmonlik muћitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ќўllab-ќuvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida ushbu sektorning Ўzbekiston iќtisodiyotidagi ўrni tobora oshib bormoќda, raќobatbardosh maћsulot turlari va ishlab chiќarish ћajmi kўpaymoќda. 2012-yilning birinchi yarmida mamlakatimizda 13 mingta yangi kichik biznes subhekti tashkil etildi. Ularning aksariyati ishlab chiќarish tarmoќlarida faoliyat kўrsatmoќda. Ushbu davrda bugun asosan elektron savdolar orќali amalga oshirilayotgan davlat xaridlari tizimiga 132 ming nafardan ziyod tadbirkor jalb etildi. Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tahkidlaganidek, “Bugun biz ўz mustaќilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab tanlab olgan mamlakatni isloћ etish va modernizatsiya ќilish, tadrijiy rivojlanish yўli va mashћur besh tamoyil asosida barpo etiladigan fuќarolik jamiyatini shakllantirish modeli tarixan ќisќa muddatda iќtisodiyotni barќaror rivojlantirishning mustaћkam poydevorini yaratishni tahminladi, jaћon moliyaviy-iќtisodiy inќirozining salbiy oќibatlariga ishonchli ravishda ќarshi turish, dunyodagi sanoќli mamlakatlar ќatorida iќtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuksak barќaror surhatlariga erishish imkonini berdi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Sўnggi 6 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki maћsulot yiliga 8,2 foizdan kam bўlmagan surhatlar bilan ўsib bormoќda. Yalpi ichki maћsulot, 2000-yil bilan solishtirganda, 2,9 barobar, sanoat maћsulotlari ishlab chiќarish 2,6 barobar oshdi, iќtisodiyotga jalb ќilingan investitsiyalar ћajmi 3,4 barobar, jumladan, tўg’ridan-tўg’ri xorijiy investitsiyalar miќdori 20 barobardan kўproќ ўsdi.”73
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom-ashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg’or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.

Xulosalar
1. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir–biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to’g’risida ga’ borganda eng avvalo yal’i talab va yal’i taklif o’rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.

2. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o’z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat — bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o’zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yal’i talab va yal’i taklifning teng kelishida ko’rinadi.

3. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo’jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.

4. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi: 1) yal’i sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg’arma va investistiyalarni taqqoslash usuli.

5. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik, mos keluvchi nisbatlar bo’lib, bunda tenglik bo’lishi shart emas. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; hududiy (territorial) mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.

Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.

Umumiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining, eng avvalo yal’i talab va yal’i taklifning bir–biriga teng kelgan holati.

Restession farq - yal’i sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan kam bo’lgan miqdori.

Inflyastion farq - yal’i sarflarning sof milliy mahsulot hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.

Multi’likator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yal’i sarflardagi o’zgarishga nisbati.

Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:


  1. Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif bering. Ularga misollar keltiring.

  2. Quyidagi ikki usul, ya’ni: a) yal’i sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; b) jamg’arma va investistiyalarni taqqoslash usuli yordamida muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.

  3. Multi’likator samarasi nima? Investistion sarflarning o’zgarishi va multi’likator miqdori o’rtasidagi bog’liqlik qanday? Agar jamg’armaga o’rtacha moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo’lsa, multi’likator qanday bo’ladi? Agar tadbirkor investistiyalari darajasini 8 mln. so’mga ko’’aytirsa, iste’molga o’rtacha moyillik esa 4/5 ga teng bo’lsa, SMM qanday o’zgaradi?

  4. Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  5. Avtonom va hosilaviy investistiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir etuvchi omillar ham farqlanadimi?

  6. Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif bering.

  7. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday?

  8. Res’ublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo’llarda amalga oshirish ko’zda tutilgan?



20-MAVZU. IqtisodiYotning siklliligi va

makroiqtisodiy beqarorlik

Reja:

1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning stiklliligi.

2. Iqtisodiy stikl nazariyalari. Stikllarning asosiy turlari

3. Inqirozlarning mazmuni va turlari.
Bu bobda dastlab iqtisodiy stikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo’lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beramiz. Keyin iqtisodiy stikl fazalarining va davriy tebranishning sabablarini qarab chiqamiz. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o’rin ajratamiz.

1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
stiklliligi.

Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sish, iqtisodiy resurslarning to’la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar ‘aydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning stiklli rivojlanishi deb ataladi.

Ko’’lab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko’’ayishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o’sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro’y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Stiklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to’g’risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Sh’itgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shum’eter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.

Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o’quv qo’llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondoshiladi. Jumladan, akademiklar V.I.Vidya’in, A.I.Dobrinin, G.’.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to’xtalib o’tilgan.74 Unda iqtisodiy stikllar nazariyasi iqtisodiy o’sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy stikl tabiatining o’zi esa munozarali va kam o’rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda stiklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo’nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko’rsatilgan. Stiklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o’zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Stikl fazalarini ajratib ko’rsatishda markscha sanoat stikli nazariyasiga keng to’xtab o’tilgan. Shundan so’ng stikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo’lgan stikllar to’g’risidagi nazariyalar bayon etilgan.

Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning stiklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to’xtab o’tilgan.75 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy stiklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to’xtalib o’tamiz.

Iqtisodiy stikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir stikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Stikli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.

Iqtisodiy stikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan ‘allani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy stiklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.

Iqtisodiy stiklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning ‘asayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o’ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.

Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha ‘ast bo’ladi. Narxlarning ‘asayishi to’xtab, ssuda foizlari ‘asayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.



Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi stikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.

Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. ‘irovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’’lanib borishidan iborat zanjirli reakstiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.

Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida AQSh Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi (NBER) tomonidan ishlab chiqilgan atamalardan keng foydalaniladi.76 Unga ko’ra stikl o’z ichiga quyidagi to’rtta fazani, ya’ni yuqori nuqta (cho’qqi, bum), qisqarish (restessiya, tushkunlik), quyi nuqta (turg’unlik), jonlanish (kengayish)ni oladi.

Alohida iqtisodiy stikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy stiklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi 1-chizma orqali ifodalash mumkin.
Milliy

mahsulot

hajmi yuksalish
inqiroz

yuksalish

jonlanish

inqiroz turg’unlik
jonlanish

turg’unlik

Vaqt

1-chizma. Iqtisodiy stikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi.
Quyidagi 2-chizmada esa AQSh va boshqa ayrim mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan tan olingan iqtisodiy stikl ko’rsatilgan. Stiklning eng yuqori nuqtasida iqtisodiyotda to’liq bandlilik kuzatiladi va ishlab chiqarish to’liq yoki deyarli to’liq quvvat bilan ishlaydi. Stiklning bu fazasida narx darajasi o’sish tamoyiliga ega bo’ladi, iqtisodiy faollikning o’sishi to’xtaydi.


2-chizma. Iqtisodiy stiklning ikkinchi ko’rinishi.
Bu ikkala ko’rinishdagi stikl bir-biridan shaklan farqlansada, mazmun jihatidan o’xshash bo’lib, inqiroz va o’sishlarning muqarrar ravishda ma’lum davrlarda takrorlanib turishi tan olinadi.
2. Iqtisodiy stikl nazariyalari. Stikllarning asosiy turlari
Iqtisodiy stikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy stikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.

Ko’’chilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy stikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o’rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy stikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.

Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

– urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

– oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

– yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrastiyasi, er shari aholisi sonining o’zgarib turishi;

– ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovastiyalardagi qudratli o’zgarishlar.


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə