Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Masalalar ustida ishlashda ma‟lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə11/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

Masalalar ustida ishlashda ma‟lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi.








Masalalar ustida ishlash rejasi

1.

Masalani o‗qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini

o‗zing tasavvur qiling

2.

Masalada nima ma‘lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling.




Agar masala matnini tushunib olish qiyin bo‗lsa, uni qisqa yozing

(yoki masalaga oid chizma tayyorlang).



3.

Qisqa yozuv bo‗yicha har bir son nimani ko‗rsatishini tushuntiring

va masala savolini takrorlang



4.

O‗ylab ko‗ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo‗lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish

mumkin? Masalani yechish rejasini tuzing.



5.

Yechishni bajaring va javobini yozing.

6.

O‗z yechimingizning to‗g‗riligini tekshirib ko‗ring.

7.

O‗zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering.

Bunda ilg‗or o‗qituvchilar ishlarida o‗quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o‗rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko‗rsatish mumkin:



  1. bosqich. Masala o‗qituvchining yo‗naltiruvchi savollari bo‗yicha yechiladi va bu yechish doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.

  2. bosqich. Masala sharti o‗qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Yechishning o‗zi doskaga yozilmaydi, og‗zaki aytilmaydi ham, o‗quvchilar esa uni mustaqil bajaradilar.

  3. bosqich. O‗qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Yechish rejasi va yechishning o‗zini o‗quvchilar mustaqil bajarishadi.

  4. bosqich. Masalani o‗qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.

O‗quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy xarakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi:

  1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish.

  2. Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish.

  3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar.

Oxirida shuni ta‘kidlab o‗tamizki, matematik masala ustida ishlash jarayonida shunga intilish kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo‗lib qolsin. Buning uchun o‗quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada ko‗proq ma‘lumotlarni olishga yo‗naltirish kerak.


    1. Yüklə 203,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə