Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


BOB. 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə2/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

BOB. 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi


    1. Harakatga doir masalalar va ularning turlari……………………….

    2. 4-sinfda harakatga doir masalalarni o‘rganishga oid dars ishlanmasi

    3. 4-sinfda harakatga doir masalalar tizimi…………………………….

Xulosalar…………………………………………………………………

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………..

KIRISH




Tadqiqotning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o‘quv faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari, tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini Prezidentimiz I.A.Karimovning

―Barkamol avlod yili‖ davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarorida o‟qitishning sifatini oshirish, DTS, o‟quv dasturlari va o‟quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta‟lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o‟quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash ... samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta‘kidlangan.

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy- uslubiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy tahlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta‘lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov,

A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.

Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, M.Jumayev, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta‘lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.

Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta‘lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta‘lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga ―Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi‖ni, jumladan masofa,

tezlik, vaqt orasidagi bog`lanishlarni amaliy ravishda ma‘lum darajada takomillashtirib borish maqsadida, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini ―4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari deb nomladik.



Bitiruv malaka ishining tadqiqot ob`yekti. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida harakatga doir masalalar ustida ishlashni tashkil etilishi jarayoni.

Bitiruv malaka ishining tadqiqot predmetini Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq matnli masalalar yechishni o`rganish tizimi tashkil etadi.



Bitiruv malaka ishining tadqiqot maqsadi. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda harakatga doir masalalarni yechish bo`yicha o‘quvchilar bilimini mustahkamlaydigan bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv malaka ishining tadqiqot farazi – Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar;

  • amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, masofa, tezlik va vaqt topishga doir masalalar yechishni o‘rgatish jarayonida ularning uzviy aloqalari ta‘minlansa;

  • harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish subyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta‘minlana borilsa;

Qo‟yilgan maqsadga asoslanib, bitiruv malaka ishining vazifalari:

  1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, lumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etishda matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish;

  2. Matematika kursi materialida boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish faoliyati mazmuni va uni o‘tkazish jarayonining texnologik shart- sharoitlarini aniqlash.

  3. 4-sinfda harakatga doir matnli masalalarni yechish bo`yicha pedagogik tajriba o`tkazib, yosh boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Bitiruv malaka ishining nazariy va metodologik asosi sifatida ta‘lim sohasidagi yetakchi nazariyalar, matematika o‘qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning barkamol shaxsni tarbiyalash haqidagi dasturiy fikrlari, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidata‘limning ustivor yo‘nalish ekanligi haqidagi g‘oyalar, mazkur muammoga oid yetuk mutaxassis olimlar qarashlari, sohani isloh qilishga qaratilgan me‘yoriy hujjatlar, istiqbolli rejalar tashkil etadi.

Bitiruv malaka ishining tadqiqot bosqichlari: Muammoni tadqiq etish 2 yil (2010-2011 yillar) mobaynida quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:

Birinchi bosqich ( 2010 yil)da bitiruv malaka ishi bo`yicha tadqiqotning dastlabki ilmiy farazi ifodalandi. Bitiruv malaka ishi mavzusiga doir nazariy, metodik adabiyotlar o‘rganildi. Tadqiqot mazmuni, mohiyati, mashg‘ulotlar, taxminlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borildi.

Ikkinchi bosqich (2011 yil)da tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘quvchilarda harakatga doir masalalar yechilishi haqidagi tasavvurlarini hosil qilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik tajriba-tadqiqot ishlari tashkil etildi.

Bitiruv malaka ishi tadqiqot metodlari harakatga doir matnli masalalarni o`rganishga oid adabiyotlarni nazariy va metodik jihatdan tahlillari; tajribalar, kuzatishlar, anketa so‘rovlarini uyushtirish, suhbatlar respublikamizda foydalanilayotgan o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarini didaktik tahlil qilish, o‘yin elementlari ishlanmalarini yaratish va sinab ko‘rish va h.k. lardan foydalanildi.

Yüklə 203,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə