Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə5/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

BMI tuzilmasi va hajmi


Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, umumiy xulosalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

1-BOB. Boshlang‟ich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining nazariy


va amaliy asoslari.

1.1 Boshlang‟ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik-psixologik asoslari


Raqamli sonlar va nol arifmetikasini o‗rganish boshlang‘ich sinflar matematika dasturiga binoan masqsad sari yo‗naltirilgan tizimga asoslanadi, ya‘ni ularni o‘zlashtirish mazkur kursning asosiy tushunchalarini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗ladi.

Nazariy masalalar mashqlarni yechish davomida amaliy ahamiyat kashf etadi, bu bilan mashqlar nazariya bilan amaliyotni o‗zaro bog‗lovchi halqa vazifasini bajaradi. Mashqlardan foydalanish o‗quvchilarda dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilib, ularga ―son‖, ―arifmetik amal‖, kabi abstrakt tushunchalar real hayotdan, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni mustahkamlaydi.

Mashqlarni yechish jarayonida o‗quvchilar tasavvurini kengaytiruvchi faktlar bilan tanishadilar. Bu bilan ularning farqlash doirasi kengayadi, hamda mashg‗ulot bilan hayot, (amaliyot) o‗rtasida uzviy aloqa o‗rnatiladi.

Mashqlarni yechish o‗quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga ko‗nikmalarni shakllantiradi. Mashqlarning tarbiyaviy ahamiyati ham byeqiyosdir.

Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalarni bajarar ekan, ayni vaqtda, mashqlarning o‗zlari ham bevosita o‗rganish ob`yektiga, shuningdek, ularni yechish zaruriy ko‗nikmalarni shakllantiruvchi vositaga aylanadi.

Mashqlarni yecha olish qator o‗zaro aloqador va uzviy bog‗langan qator xususiy (alohida ) ko‗nikmalarni o‗z ichiga oladiki, ularni quyidagicha ta‘kidlab o‗tish mumkin;



  1. Mashqni o‗qib chiqib, uni tushunish, ya‘ni xar bir iboraning ma‘nosiga yetib, unda tasvir etilgan xolatni ko‗z o‗ngida gavdalantira olish;

  2. Mashqdagi shart va savol. Ma‘lum va noma‘lum narsalarni ajratib ola bilish;

  3. Mashqdagi shart va savol, berilgan va izlanayotgan ma‘lumotlar o‗rtasidagi aloqani aniqlay olish, ya‘ni mashq matnini taxlil eta bilish va uning natijasi o‗laroq, mashqni yechish uchun arifmetik amallarni tanlab olish;

  4. Mashqning yechimi va javobini yoza olish.

Bu ko‗nikmalar muntazam va maqsadli amaliyot jarayonida quyidagi bosqichlarda shakllanadi.

  1. Tayyorgarlik ishlari .

  2. Mashq matnini tushuntirish ishlari.

  3. Mashqni tahlil etish, uni yechish yo‗lini izlash va yechish rejasini tuzish.

  4. Yechim va javobini yozish.

  5. Mashq yechilgandan so‗ng uning ustida ishlash.

Mashg‗ulotlarning har bir bosqichida o‗qituvchi masalaning mazmuni, o‗quvchilarning tayyorgarlik darajasi, mashg‗ulotning didaktik va tarbiyaviy hamda o‗zga qator omillarni nazarda tutib, yechishning turli xil metodik uslublaridan foydalanadi. Masalani yechish ko‗nikmalarini shakllantirish bo‗yicha metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin.

  1. Masala bo‗yicha o‗quvchi bilan yuzma-yuz suhbat,

  2. Masalani ko‗rgazmali vositalar yordamida tushuntirish,

  3. Masalalarni taqqoslash;

  4. Masalani o‗zgartirish, o‗zgacha shaklga kiritish;

  5. Masalalar shartlarida biror ta‘limot yetishmovchi yoki ortiqcha holatidagi matnini tahlil etish;

  6. Masalalarni o‗quvchilar tomonidan tuzilishi;

  7. Masalani boshqa usul bilan yechish;

  8. Masalaning yechimini tekshirish;

Masala yechishga tayyorgarlik bosqichdayoq ―masala‖ iborasini ishlatgan ma‘qul. Tayyorgarlik davridagi ishdan maqsad – bolalarga real hayotda yuz beradigan holatlarni matematik simvollar tiliga o‗tkazish imkoniyatini anglatishdan iboratdir. Bu holatda rasmlar yordamida masalalar tuzilishining zarurati yo‗q. Yaxshisi kichik hikoya shaklida bayon etilgan holatni bolalar matematik belgilar bilan daftarga yozib olish imkoniyati bo‗lsin. Hikoya uchun + = yoki – =. Sxematik shakldagi yozuvlar ko‗rsatkich (yo‗llanma) bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Bu shakllar ichiga bolalar tegishli sujetdagi raqamlar (sonlarni) qo‗yadilar (yozadilar). Masalan, «ikki tasvir keltirilgan ( -rasm) – mana bu rasm bo‗yicha men tuzgan hikoyaga diqqat qilinglar».

  1. ―Olchaning bir shoxida 3 dona olcha, boshqa shoxida esa 1 dona olcha bor edi, har ikkala shoxdagi olchalar soni 4 ta ekan‖. Bu hikoyani yozib olish uchun qanday shakldan foydalanish mumkin? (birinchisi 3 + 1 = 4).

  2. ―Olchaning shoxida 4 dona olcha bor. Shuning bittasini uzib olishdi, shoxida endi 3 dona olcha qoldi‖. Bu hikoyani matematik belgilari bilan qay shaklda yozib olish mumkin? (4 –1 = 3).

  3. ―Bir shoxda bir dona olcha bor edi. Ikkinchi shoxida esa undan 2 dona olcha ko‗p edi‖. Hisoblab ko‗ringchi, ikkinchi shoxida qancha olcha bor ekan? (1 + 2 = 3).

  4. ―Bir shoxda 3 ta olcha bor edi. Ikkinchisida esa undan 2 ta kamroq‖ - ikkinchi shoxda qancha olcha bor ekan? (3–2=1). Bolalar asta-sekin shunday hikoyalar tuzishga kirisha boshlaydilar. Sxematik shakl ular uchun yo‗llanma bo‗lib xizmat qiladi. Tayyorgarlik bosqichida quyidagi topshiriqdan (masaladan) ham foydalanish mumkin: ―Qush uyasida 6 ta chumchuq bor. Ularga yana bir gala chumchuqlar kelib qo‗shilgach, qushlarning soni 9 ta bo‗ldi. Inga necha qush kelib qo‗shildi?‖. Bolalar mashg‗ulot davomida namoyish taxtasida (nabornoye polotno) 6 ta qush tasvirini terib qo‗yadilar. Keyin ularning soni 9 taga yetgunga qadar qushlar tasvirini qo‗shib teradilar. (Har gal bir donadan qushib borishlari ham mumkin). So‗ng uyaga kelib qo‗shilgan qushlar sonini ko‗rsatadilar.

Ko‗rgazmali vositalar yordamida vaziyatni bolalar tushunib olishlariga, keyinchalik esa, shu mazmundagi masalalarni yechishda harakat yo‗lini to‗g‗ri tanlashlariga omil bo‗ladi. Bu bosqichda arifmetik amallarni tanlash haqidagi masalalarni ko‗tarish ham maqsadga muvofiq emas, chunki, yechim qushlarni bevosita sanab chiqish yo‗li bilan hal etiladi.

O‗quvchilar shunday vazifalarni bajaradilar: ―Stol ustida 4 piyola bor. Stakanlar soni esa undan 2 ta ko‗proq. Stolda qancha stakanlar borligini ko‗rsating!‖

Bolalar namuna doskasiga 4 ta piyolani teradilar. Pastiga esa shunga va yana 2 ta stakanni teradilar. So‗ngra stolda qancha stakan borligini ko‗rsatadilar. Tayyorgarlik bosqichida ko‗rgazmali vositalardan keng foydalanish bolalarning hisoblash ko‗nikmalarini mukammallashtirishga xizmat qiladi.



Masala 1. O‗quvchilarni masala tushunchasi bilan tanishtiruvga tayyorlash maqsadida masalalar darsligidagi rasmlar asosida hikoya tuzing.

Masala 2. Bolalarni masalalar tushunchasi bilan tanishtirish jarayonida namoyish etishga mo‗ljallangan ko‗rgazmali hamda yakka tartibdagi didaktik materiallardan foydalangan holda amaliy misollar keltiring.


    1. Yüklə 203,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə