Zbekiston respublikasi oliy va o


ayamga  ham ishonib bo„lmas.  Manim



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   259
id313213

, ayamga
 ham ishonib bo„lmas. 
Manim 
xolisligimni shundan 
ham payqasangiz bo„lar edi,uka.(“M.ch” 99-bet)Xon 
sufa
ning zinasiga yetib
yuqori 
mindi
.(164-bet). Duodan so„ng barcha yuz 
suypadi
(164-bet).-Qo„y,aka, 
qo„y! – deb yig„ladi Baxtiyor,- bekorga o„lib ketmay, 
bala-chaqam
 bor?(170-bet). 
Davlat olpong-tolpong 
bordong„a
kirib ketdilar...(170-bet). Buni 
payqag„an
xalq 
sekin-sekin, bir-birisi bilan imlashib, kulimsiradilar va barchaning ko„zi 
bordon
 
uyda bo„ldi(171-bet).-Tushunmagan bo„lsangiz, - dedi Og„acha,- mundan so„ng 
haramga xotin va kaniz keltirilmasin, deyman.(130-bet). 
Abdulla Qodiriy romanlarining tili xalq tilidir. Mashhur adib xalq hayotining 
badiiy tasvirini berish uchun o‗tmish hayotni o‗sha davr ko‗zi bilan ko‗rdi. Xalq 
jonli so‗zlashuv tiliga e`tiborini qaratdi va undan unumli foydalanadi. 
Abdulla Qodiriy shevaga xos so‗zlardan badiiy asarda uslubiy maqsadlarda: 
asarda ishtirok etgan personajlar nutqini tavsiflash, mahalliy koloritni ko‗tarish 
uchun foydalangan. Abdulla Qodiriy ijodi katta bir dengiz. Biz ―Mehrobdan 
chayon‖ asaridan olingan ozgina shevaga xos so‗zlarni keltirdik. 
Abdulla Qodiriy katta so‗z san`atkori va ustasi, xalq jonli tilining yaxshi 
bilgan va undan mohirona foydalana olgan, o‗z asariga singdirgan buyuk adibdir. 
Yozuvchining yana bir mahorati shahar shevalariga xos iboralarni personajlar 
nutqiga nihoyatda ustalik bilan qo‗llaganki, bu bilan ham salbiy, ham ijobiy 
xislatlarni mahorati namoyish etiladi: 
-Iymanma, Kumush Otin, bugun-erta bizga yangi kelinsan, uchinchi kundan 
boshlab sen mug„ombirning boshingda tegirmon yurgizishni o„zim yaxshi 
bilaman!-dedi O„zbek Oyim. 
 
Ushbu ibora haligacha shevalarimizda saqlanib qolgan bo‗lib, ma`nosi 
O‗zbek Oyim shunday(ya`ni Kumushday) kelinini Marg‗ilonda yurib, Toshkentga 
mehmon bo‗lib emas, farzand, qiz bo‗lib kelganiga ishora qilinmoqda. Abdulla 
Qodiriy mavjud so‗zlarni tanlaydi, saralaydi, so‗zlarni tanlab, topib ishlatadi. 
-Nega bu yerda tegirmonchining ishsiz qolgan eshshagiday junjayib 
o„lturubsan, Sodiq-dedi bir yigit. Boshqalar buning so„ziga kuldilar.
Bizga 
ma`lumki, shevadagi so‗zlar juda oddiy va sodda. Yigitning gapidagi jo‗njayib, 
junjikib, g‗ujanak kabi ma`nolarda qo‗llanilayapti. 
Xullas, Abdulla Qodiriy so‗z san`atining ustasi va xalq jonli tilini yaxshi 
bilgan va uni o‗z asarlarida qo‗llay olgan, o‗z asarlariga singdira olgan buyuk 
allomadir. U xalq tilining imkoniyati cheksizligini o‗z asarlari orqali namoyon 
etadi va bu qo‗llashlar orqali badiiylikni oshirishga alohida e`tibor qaratadi. Ularda 
voqelikning xarakterli nuqtalarini mujassamlashtirib, ifoda mantiqini kuchaytiradi, 
tasvirga aniqlik va ixchamlik baxsh etadi. Shu sababli ham A.Qodiriy asarlari 
kitobxonlar qo‗lidan hanuzgacha tushmaydi va ularning sevimli asariga aylanib 
qolgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
A.Qodiriy. Mehrobdan chayon. – T.:1992. 


526 
2.
Enazarov T. va boshqalar. O‗zbek shevashunosligi. Universitet.– T.: 
2012. 
3.
To‗ychiboyev B, Hasanov B. O‗zbek dialektologiyasi. A.Qodiriy 
nomidagi ―Xalq merosi‖ nashriyoti. – T.: 2004. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə