Zbekiston respublikasi oliy va o


TA`LIM BOSQICHLARIDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O„RGATISHDA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   259
id313213

TA`LIM BOSQICHLARIDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O„RGATISHDA 
PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO„LLARI 
Sarvinoz ABDIALIMOVA , 
talaba (GulDU)
 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi
187-sonli ―Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim 
standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi qaroriga muvofiq uzluksiz ta`lim, xususan, 
umumiy o‗rta ta`lim maktablarining ta`lim mazmuni yangilandi, o‗quv dasturlari 
va o‗quv fanlari bo‗yicha DTS kompetensiyali yondashuv asosida qayta ishlandi. 
Mazkur kompetensiyali yondashuv asosida shakllantirilgan DTSni amaliyotga 
joriy etish ta`lim-tarbiya jarayonining boshqa tarkibiy qismlari: o‗qitish metodlari, 
vositalari va shakllarini yangi innovatsiyalar kiritish orqali yangilashni talab etadi.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta`kidlab o‗tganidek, ―Ta`lim va tarbiya,
ilm-fan, sog‗liqni saqlash, madaniyat va san`at, sportni rivojlantirish masalalari, 
yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‗lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta‘minlash doimiy ustuvor 
vazifamiz bo‗lib qoladi‖ [1, 16].
Ta`lim bosqichlarida el hurmatiga sazovor bo‗lgan, hayot yo‗li yoshlar 
uchun ibratga aylangan, asarlari esa ular ma`naviyatini yuksaltirishga xizmat 
qiluvchi so‗z san`atkorlari ijodini o‗rgatish adabiy ta`limning dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. 
Xalq shoiri Erkin Vohidov ana shunday ijodkorlardan bo‗lib, boshlang‗ich 
ta`lim darsliklaridanoq uning ijodi bosqichma-bosqich, uzviy va uzluksizlikda 
o‗quvchiga o‗rgatiladi. Erkin Vohidovijodi va u yaratgan asarlar adabiyotimiz 
tarixidagi nodir hodisa sifatida o‗quvchilar ma`naviyatini boyitishga, ularning 
estetik didini o‗stirishga xizmat qilishi sababli ta`lim-tarbiya amaliyotida ulardan 
o‗z o‗rnida va unumli foydalanish maqsadga muvofiq. 
Maktabda adabiyot o‗qitishning vazifalari o‗quvchilarda badiiy adabiyotga 
mehr uyg‗otish, ularni badiiy asar o‗qiydigan, tushunadigan va tahlil eta oladigan, 
o‗z fikrlariniog‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri hamda erkin ifodalay oladigan qilib 
tarbiyalashdan iboratdir. Bu jarayonda innovatsion texnologiyalar, jumladan, 
o‗quvchi shaxsiga yo‗naltirilgan texnologiyalardan foydalanish o‗quvchilarning 
shaxs sifatida o‗z-o‗zini rivojlantirish kompetensiyasini tarkib toptirish imkonini 
beradi.


543 
Erkin Vohidov adabiyotning turli janrlarida ijod qilib, asardan asarga o‗sa 
bordi. Uning o‗ziga xos iste`dodi, avvalo, shoir sifatida o‗zbek she`riyatiga kiritgan 
yangiliklarida yorqin namoyon bo‗ladi. 
Erkin Vohidov o‗z she`riyatida, asarlarida inson, mehnat, sadoqat, 
samimiylik, do‗stlik, halollik, muhabbat va go‗zallik singari adabiy dolzarb 
mavzularni tasvirlaydi. Uning har bir she`rida davrning yorqin manzarasi, xalqning 
o‗lmas psixologiyasi, millatning monumental qiyofasi to‗la aks etadi. Shoir 
she`rlarida ilgari surayotgan g‗oyanio‗quvchiga majbur qilib tushuntirmaydi
satrlar zimmasiga og‗ir yuk ortmaydi. Oddiygina so‗zlar va lirik qahramonning
xatti-harakati orqali yengilgina taqdim etadi. 
Ayniqsa, uning ―O‗zbegim‖ qasidasida milliylik, o‗zbek xalqining ko‗p 
asrlik tarixining o‗ziga xos poetic ifodasi tasvirlanadi. She`rda millat ruhi,o‗zligini 
anglash g‗oyalari badiiy mahorat bilan ifodalangan.
―Nido‖ dostonida esa insoniyat boshiga tushgan eng katta falokat-ikkinchi 
jahon urushi keltirgan balolarning murg‗ak o‗smir taqdirida qoldirgan ayanchli 
oqibatlari tasvirlanadi. Dostonda bola ruhiyatiga xos jihatlar haqqoniy va ishonchli 
tasvirlangan. 
Erkin Vohidov ijodida ayniqsa, she`riyatida voqeabandlikka, rivoyat va 
hikoyat usuliga moyillik kuchli. Hajviy she`rlarining ko‗pchiligi jumladan, 
―Donish qishloq latifalari‖ boshdan oyoq shu yo‗sinda bitilgan.
Yuqoridagilardan ma`lum bo‗ladiki, Erkin Vohidov hayoti va ijodini 
o‗rganishda o‗qituvchi, shu jumladan o‗quvchio‗z oldiga 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə