Zbekiston respublikasi oliy va o


QALANDARNING SHOHLIK MAQOMI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   259
id313213

QALANDARNING SHOHLIK MAQOMI 
Lobarxon RUSTAMOVA

o„qituvchi (Namangan) 


533 
Mashrab o‗zining badiiyati va haq, haqiqatni tanish , unga fido bo‗lish orzusi 
bilan yashadi. Alloh ma‘rifati unga ma‘lum bo‗ldi. Allohni sevdi, uning ishqi bilan 
yashadi va shu e‘tiqodi tufayli qurbon bo‗ldi. Mashtabning boshqa so‗fiy 
shoirlardan farqi shungaki, u Allohga bo‗lgan muhabbatini oshkora kuylagan. 
Alloh oshig‗i bo‗lgan Mashrab qalandarlik yo‗lini tutgan. Kalit so‗zlar:komil 
inson, qalandarlik, ishq, oshiq. 
Yetti yuz olimdan so‗radilar: 
-Oqil kim? 
Olimlardan javob bo‗ldi: 
-Oqil molu dunyoga hirs qo‗ymagan kishidir. 
Farishtalarga nafs berilmagan.Shuning uchun shayton ularni yo‗ldan ozdira 
olmaydi.Ammo odamzotning himoya qo‗rg‗oni bor. Bu – qanoat. 
Aksar mumtoz shoirlar ijodining mag‗zida odamni, olamni, butun borliqni 
islomiy idrok etish da‘vati markaziy o‗rin tutadi. Bu islomga da‘vat yo‗l-
yo‗riqlarini tarqatish, diniy ta‘limotdan nasihat emas, balki dunyo hodisotlari, 
voqeliklari yashiringan Yaratganning xohish-irodasi, hikmati, qudrati va 
jamoliyatini bilishga, anglashga, his etish va ko‗rishga yo‗naltirilgan yuksak 
e‘tiqod ilmidir. 
Rahimbobo Mashrab ham ana shunday tasavvuf ilmi-adabiyotining mashhur 
vakilidir. Barcha so‗fiy shoirlar kabi u ham nafsni yengish orqali ko‗ngilni 
yuksaltirish, ruhni poklash, o‗tkinchi dunyo havaslaridan ustun bo‗lishga 
chorlaydi. Insonga uning moddiy mavqeidan emas,ma`naviyat fazilatlaridan kelib 
chiqib yondoshadi. 
Komil inson g‗oyasini ilgari surar ekan, Mashrab ko‗nglidagi ishq olovi 
qanday bo‗lsa, uni shundayligicha she`rga soladi: 
Arshning ko‗ngurasin ustiga qo‗ydim ayoqim, 
Lomakondan joy olibman,bu makonni na qilay. 
Mashrab ijodi va 
faoliyatida 
naqshbandiylikshaxobchasi bo‗lmish 
qalandarlik maslagi tavsif va targ‗ib etiladi. 
Murodingga yetay desang,qalandar bo‗l,qalandar bo‗l, 
Sitam ahlin yutay desang,qalandar bo‗l,qalandar bo‗l. 
Bu maslakning asosiy g‗oyasi esa: Havas bozorini dur aylagil zinhor 
boshingdin, Qo‗lingni ikki dunyodin uzib, dilni qalandar tut! 
Mashrab o‗z umri davomida yurt kezdi, musofirlik riyozotini chekib, pok 
e‘tiqodni targ‗ib qildi. Alloh oshig‗i bo‗lgan Mashrab Mansur Xalloj izidan borgan 
va o‗shanday o‗lishni orzu qilgan. Uning g‗azallarida tariqat odobi, maqsadi va 
mazmuni bayon qilingan bo‗lib, u riyokor va ta‘magir shayxlarga ―Xudo bersin 
panoh‖kabi g‗azallar bitgan.
Mashrab o‗zbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib chiqqan. Uning 
asarlari tilining sodda va jonliligi,o‗zbekona so‗zlarning tabiiy va samimiy jarangi, 
xalqona ifodalarga,ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi. 
Qalandar devonalik va shohlik maqomini birdek ulug‗lagan Mashrab 
meroslarini o‗rganish, uning ma`naviyatimiz sarchashmalari qatidagi ma‘ni 


534 
zilolidan bahra olish,komillik sari quvvatlanish biz-bugungi avlodlar uchun ham 
farz, ham qarzdir. 
Zero, Mashrab asarlarining ijtimoiy-badiiy ahamiyati juda katta. Ular bugun 
ham barchani, shu jumladan, yoshlarimizni yuksak insonparvarlik ruhida 
tarbiyalashda, badiiy-estetik didlarining takomilida o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.O‗zbek mumtoz adabiyoti. Mashrab g‗azallari. –T., 2001. 
2 .Adabiyot darsligi. 11-sinf.– T.: O`qituvchi. 2018. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə