Zbekiston respublikasi oliy va o


“OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA MILLIYLIKNING AKS



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   259
id313213

“OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA MILLIYLIKNING AKS 
ETTIRILISHI 
Sharofat O„ROLOVA, 
26-maktab o„qituvchi si (Sayxunobod) 
 
Mustaqillik davri o‗zbek romanlarini tahlil qilganimizda milliylik va o‗zlikni 
anglash 
g‗ 
oyalarining 
tasvirlanganiga 
guvoh 
bo‗lamiz. 
―Milliy 
romanchiligimizning ilk namunasi bo‗lmish, ―O‗tkan kunlar‖dan boshlab 
―Otamdan qolgan dalalar‖ gacha bo‗lgan namunalarida ming yilliklar bilan 
o‗lchanadigan adabiy-madaniy an‘analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u o‗zining 
qiyofasiga ega o‗zbek romanidir‖ [1, 12].
Sho‗ro davri romanlarida inson emas, balki uning mehnati mavzusi, mehnatga 
umrini bag‗ ishlagan kishilarni ulug‗ lash kuchli edi. ―Minglab romanlar orasida
ikkita asarda erta-yu kech mehnat qilaverish odamni insoniylikdan mahrum etishi 
yorqin ko‗rsatilgan. Biri jabrdiyda Andrey Platonovning ―Baxtli Moskva‖ romani, 
ikkinchisi Tog‗ ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖ asari‖ [2, 13]. 
Tog‗ ay Murodning o‗z millatiga bo‗lgan muhabbati ifodasi tarzida shunday 
so‗zlarni aytib o‗tgandi: ―Men o‗zbek xalqiga haykal qo‗yaman‖. O‗zbek xalqining 
suyukli yozuvchisi Tog‗ ay Murod aynan ―Otamdan qolgan dalalar‖ romani orqali 
o‗zbek xalqiga tom ma‘noda haykal qo‗ya oldi. U avvalgi yozuvchilarning boshlab 
bergan eng yaxshi an‘analarini davom ettirgan holda, asarlarida oddiy insonlarni 
bosh qahramon darajasiga ko‗tardi. Oddiy kishilarning hayoti, niyatlari, 


548 
kechinmalarini ishonarli tarzda ifoda eta oldi. Olam, insoniyatning asosi oddiy 
odamlar ekanligini romanlari tasdiqlaydi. Mustaqillik sharofati tufayli Tog‗ ay 
Murodning butun iste‘dodi to‗la namoyon bo‗ldi va ijodiy imkoniyati kengaydi. 
Xususan, ―Otamdan qolgan dalalar‖ romani bilan o‗z vaqtida ijtimoiy, dolzarb 
muammolarni qalamga oldi.
―Otamdan qolgan dalalar‖ asarida totalitar tuzum davrining adolatsiz siyosati, 
mustamlaka sifatida hayot kechirgan xalqimizning ayanchli ahvoli aks ettirilgan 
bo‗lib, o‗zbek xalqining ―paxta ishi‖ deb nomlangan dahshatli tegirmonga tushgan 
og‗ ir ahvoli, hayot haqiqati asosida badiiy talqin etiladi. 
Romanda bir oilaga mansub uch avlod vakillari, Jamoliddin ketmon, Aqrab, 
Dehqonqul obrazlari misolida yurtimizning mustamlakachilar tomonidan qanchalik 
jabr ko‗rganlari, yolg‗ on tuzum inson qiyofasiga ta‘sir qilishi va uning fojiasiga 
sabab bo‗lishi tasvirlangan. Bu uch avlod timsolida xalqimiz gavdalantirilgan. 
Aynan, Dehqonqul obrazida o‗zbek xalqi, paxtaga bo‗lgan muhabbati, yer 
o‗zbekning qoni, joni ekanligi haqqoniy yoritilgan. 
Tog‗ay Murodning mazkur romanida Abdulla Qodiriy ijod maktabiga 
tayanishi sezilib turadi. Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖, ―Mehrobdan 
chayon‖ romanlari tili uslubiga e‘tibor bersak, asar tili, uslubiyatida xalqona 
ifodalar yordamida aksini topganining guvohi bo‗lamiz. O‗zbek xalqining 
milliyligini, mentalitetini asariga jo qilishi esa romanning xalqchilligiga xizmat 
qilgan. ―1264-inchi hijriy, dalv oyining o‗n yettinchisi, qishki kunlarning biri
quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladur‖ [3, 6]. 
Ayonki, tarixiy sanalar, umuman, Qodiriy tili jimjima so‗z va iboralardan 
holi ravishda xalq tili uslubiga yaqin yozilgan. Bu holatni Tog‗ ay Murod 
romanlarida ham uchratamiz. ―Men farg‗ onachi Jamoliddin ketmon nabirasi 
bo‗laman. Bobomiz hovlisi Farg‗ onada bo‗ladi‖ [6, 3] Asar tili, uslubi xalqona. 
Sodda tili va surxon shevasi romanning yutug‗ idir. Asar I shaxs, ya‘ni Dehqonqul 
tilidan hikoya qilinadi―. 
Tog‗ ay Murod va O‗tkir Hoshimov ijodiga nazar tashlasak, asarlar I shaxs 
tilidan berib boriladi. Jumladan, O‗tkir Hoshimovning ―Cho‗l havosi‖, ―Dunyo- 
ning ishlari‖ qissasining ba‘zi boblari, ―Ikki eshik orasi‖ romanida ham qahramon 
tilidan voqealar, hodisalar bayoni beriladi.
―Otamdan qolgan dalalar‖ asaridagi Jamoliddin ketmon ―O‗tkan kunlar‖ 
romanidagi Yusufbek hoji kabi iymonli, diyonatli va o‗rus hech qachon o‗zbekka 
el bo‗lmasligini anglaguvchi qahramon hisoblanadi. Aqrab bo‗lsa xuddi otasidek 
o‗z yerini, uyini, ―yuvuqsizlar hukumati‖dan asrash uchun bel bog‗ lagan asl yigit 
bo‗ladi. Qodiriyning Otabek obrazi kabi qo‗liga qurol olib, jangga kiradi. Afsuslar 
bo‗lsinki, Dehqonqul otasi, bobosi tanlagan maslakni bilmadi, bilishni ham 
istamadi. U iymonini unutgan, ajdodlar o‗gitiga quloq solmagan, sho‗ro 
hukumatining buyrug‗ ini oxirini o‗ylamay bajaruvchi ―mashina‖sidir. Inson 
o‗zligini, kim edi-yu endi kim bo‗lganligini tushunmay yashashining fojiasini 
ushbu romanda Dehqonqul timsolida ko‗rsatib berilgan. 


549 
―O‗tkan kunlar‖ romanidagidek, bu asarda ham ijtimoiy konflikt yetakchilik 
qiladi. Bunda Jamoliddin ketmon bilan Oqposhsho, Aqrab va bolsheviklar, 
Dehqonqul esa ―paxta ishi‖ bilan bog‗ liq holda aks ettirilgan. Sho‗ro zamonida 
siyosatni maqtash, ko‗klarga ko‗tarish, badiiy adabiyotni joriy tuzumga xizmat 
qiluvchi ko‗plab asarlar yozildi. Shu tariqa, adabiyotda maddohlik kuchaydi. 
So‗zning qiymati qolmadi. Vaholanki, Abdulla Qodiriy o‗zining ―Ijod mashaqqati‖ 
kitobida shunday deydi: ―So‗z so‗zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha 
kerak‖ [4, 6]. Ijod erkinligi, badiiy adabiyot ko‗ngil ishi ekanligiga ahamiyat 
berilmadi. Alisher Navoiyning ―Muhokamat ul - lug‗ atayn‖ asarida so‗zga 
quyidagicha baho beradi: ―So‗z shunday gavharki, uning daryosi ko‗nguldir va 
ko‗ngil shundayki, u idrokning barcha ma‘nolarini o‗zida jamlovchidir‖ [5, 11] 
Shunday ekan, so‗zning bahosini hamisha ulug‗ tutishlik zarurdir. So‗zda lo‗ndalik 
va ixchamlikka tayanish lozim. 
Romanning tili surxon shevalariga boy va sodda, jimjimador, balandparvoz 
so‗zlardan holidir. Bugungi zamon muhitiga mos ravishda hajman uncha yirik 
bo‗lmay, asar mutolaa qiluvchi kitobxon bir o‗qishda mulohaza yuritishi mumkin. 
Asarni tahlil qilganda mavhumlik, g‗alizlik kuzatilmaydi. Romanni sinchiklab 
o‗qigan inson paxtani yetishtirish naqadar mashaqqatliligini, kunning tig‗ ida 
achchiq terga botib, zahmatli mehnat talab qilishini ich-ichidan his qiladi. O‗zbek 
xalqining urf-odatlari asarning mazmuniga, etikasiga qorishib ketganini ko‗ramiz: 
― Bizning Surxon tarafda xo‗jalar bekalar otini atamaydi. Bekalarda xo‗jalar otini 
atamaydi. Bir-birlarini yo qizlari oti bilan ataydi, yo o‗g‗illari oti bilan ataydi‖ [6, 
15]. Bunday odob, hayo qadimdan o‗zbek millati uchun xos bo‗lgan. 
― – Men o‗zbekman, o‗zbak! O‗zbak qayerda tavallud topadi – ana o‗sha 
yerda 
umr 
kechiradi! 
O‗zbakka jannatmakonda-da tatimaydi. O‗zbak 
jannatmakonda-da o‗z el-yurtini qo‗msab-qo‗msab ado bo‗ladi. O‗zbak 
jannatmakonda do‗zaxmakon paxtazorini qo‗msab-qo‗msab qaytib keladi‖ [6, 25]. 
Aqrabning Chanishevga aytgan ushbu so‗zlari bir dehqon bolasining vatan 
muhabbatidan darak beruvchi izhori sanaladi. O‗zbekligidan g‗ururlanishi, kindik 
qoni to‗kilgan joydan boshqasini vatan tutmasligi, jannatmakonda yashaganidan el-
yurti bilan birgalikda belni bukib qo‗yadigan paxtazorda zahmat chekish afzalligi, 
mard yigit Aqrabning otashin nutqida madhiyadek jaranglaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‗ ati. –T.: Akademnashr, 
2013.
2. Rasulov A. Ilmi g‗ aribani qo‗msab. –T.: Ma‘naviyat, 1998.
3. A.Qodiriy. O‗tkan kunlar. –T.: Sharq, 2009.
4. A.Qodiriy. Ijod mashaqqati. –T.: O‗qituvchi, 1995.
5. A.Navoiy. Muhokamat ul-lug‗ atayn. –T.: Tafakkur, 2014. 6-b
6. T.Murod. Otamdan qolgan dalalar. –T.: Sharq, 1994.


550 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə