Zbekiston respublikasi oliy va o


ERKIN VOHIDOVNING SO„Z QO„LLASH MAHORATI



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   259
id313213

 
ERKIN VOHIDOVNING SO„Z QO„LLASH MAHORATI 
Xurshidbek A‟ZAMJONOV,
talaba (NamDU)
 


537 
O‗zbek adabyoti ancha asrlik tarixni o‗z ichiga olgan desak mubolag‗a 
bo‗lmaydi. Ushbu tarixda buyuk shoir va yozuvchilarning nomi o‗chmas qilib 
yozilgan. Shunday buyuk adabiyot vakillari orasiga taniqli shoir, dramaturg, 
adabiy tarjimon va davlat arbobi Erkin Vohidovni qo‗shsak adashmagan bo‗lamiz. 
Erkin Vohidov har bir adabiyotshunos, shoirnavislar qalbidan chuqur o‗rin 
egallaganligini uning she`rlari hali ham kitoblarda mavjudligidan dil va tillardan 
tushmasligidan bilsak bo‗ladi. Har bir o‗quvchi darsliklarda uning asarlari bilan 
tanishgan. Erkin Vohidovning xalqimiz yurtimiz uchun xizmatlari tiriklik 
chog‗idayoq taqdirlangan. O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston Qahramoni faxriy 
unvoni ―Buyuk xizmatlari uchun‖ va ―Do‗stlik‖ ordenlari bilan taqdirlangan. 
Erkin Vohidov sho‗ro tuzumi davrida voyaga yetgan. Uning ijod pallasiga 
kirib kelishi sovet hokimyatining quloqlashtirish, adabiyot bilan shug‗ullanish 
go‗yoki bir jinoyat deb bilingan edi. Aynan shu davrda ijodining avj pallasiga 
kelgan. Uning ijodidan biz badiiy adabiyotning nechog‗lik chiroyli va nechog‗lik 
qudratli ekanini ko‗rishimiz mumkin. Shoirning birinchi she`riy to‗plami yigirma 
uch bahorni qarshi olgandan so‗ng ―Tong nafasi‖ nomi bilan chiqarildi. Bu 
shoirning she`riyat olamiga qo‗ygan ilk katta qadami bo‗ldi. Shundan so‗ng o‗zbek 
adabiyoti olamiga yana bir yangi bir nafas,yangi bir iste`dod kirib keldi. Ilk 
to‗plamdan so‗ng shoirning ijodiyotida yangi to‗plamlar deyarli yilma yil chiqa 
boshladi. 
So‗z san`atining naqadar kuchli, nafis inson hayotida bir ajoyib o‗ringa ega 
ekanligiga Erkin Vohidovning takrorlanmas ijodidan bilishimiz mumkin. 
Shoirning otash yuragidagi samimiy tug‗yonlarni o‗z asarlariga jo aylab uni 
hayotga keltirish ham san`atning qanchalik mushkul, lekin jozibali ekanligidan 
dalolat beradi. 
Shoirning san`atdan foydalanib o‗z she`rlariga jon bag‗ishlashi nafaqat xalqimiz 
yuragidan, balkim qo‗shni xalqlarning yuragidan chuqur o‗rin egallagan. Uning 
she`riyatidagi mehr-muhabbat go‗yoki, bir oqqush kabi o‗zga millatlar qalbidan 
qo‗nim topdi. Buning isboti sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiya 
prezidenti Rajab Toyib Erdo‗g‗on bilan bo‗lgan uchrashuvda Turkiya rahbarining 
ikki xalqqa qarata: 
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon,o‗zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u 
Oqsoch Tiyonshon,o‗zbegim. 
So‗ylasin Afrosiyob-u 
So‗ylasin O‗rxun xati, 
Ko‗hna tarix shodasida 
Bitta marjon, o‗zbegim 
deya o‗zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Erkin Vohidovning qasidasi bilan 
murojaat qildi. Bu esa asarning naqadar mahorat bilan yaratilganligidan dalolat 
beradi. Qasidalar oldindan yurt hukmdorlarining yaxshi ishlarini olqishlab yozilar 
edi. Ammo Erkin Vohidov o‗z qasidasini o‗zbek millatiga bag‗ishladi. Chunki 
o‗zbek xalqi ham qanchadan qancha qahromonliklar qilgan, shuning uchun shoir 


538 
o‗z qasidasi orqali o‗zbek xalqiga minnatdorchilik bildirdi. O‗zi uchun xavotirli ish 
boshladi. Bilamizki qasida yaratilayotgan paytda millat o‗tmishini tadqiq qilish 
ommaga uni taqdim etish anchayin qiyin va xavotirli edi. Chunki xalqqa tarixini 
anglashga yo‗l qo‗yilsa,ular ota- bobolarining mardligini va jasoratini bilish xalqqa 
g‗urur baxshida etadi. Bu esa xalqning mustabidlarga qarshi kurash boshlashiga 
olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun sovet hokimiyati o‗zbek tarixini 
yolg‗onga to‗ldirib xalq irodasini bukdi. Shoir esa o‗z asarida o‗sha o‗zbek tarixini 
mardlarcha madh etdi. Qasidada buyuk me`moriy obidalarni va xalqimizdan 
yetishib chiqqan buyuk siymolarni, o‗zbek millatiga yana bir bor shunday buyuk 
insonlarning avlodligi ekanimizni eslatdi. Hozirgi kunda ham yoshlarimiz ushbu 
qasidadan ma‘rifiy oziqa olmoqda desak adashmagan bo‗lamiz. 
O‗tgan asr shoir va yozuvchilari, nafaqat o‗zbek ijodkorlari balkim, chet el 
adabiyotshunoslari ham urush mavzusiga oid juda ko‗p asarlar yaratishgan. 
Qahramonimiz Erkin Vohidov ham bu mavzuni chetlab o‗tmadi. Shoir odamzod 
boshiga ulkan kulfatlar keltirgan, insonlarga ayriliq azobini ro‗baro‗ qilgan, ota-
onani farzandidan, ayolni eridan, murg‗ak go‗daklarni esa otadan judo aylagan 
urush mavzusida ham o‗z qalamini tebratmay qolmadi. Shunday ijod 
namunalaridan biri ―Nido‖ dostoni ekanligi hammamizga ma`lum. Ushbu asarda 
ota diydorini yillar o‗tsada hamon qumsaydigan farzandning timsoli tasvirlanadi. 
Har bir shoir o‗zi yaratayotgan asarlariga boshidan o‗tgan ishlarni tushiradi. Aynan 
Erkin Vohidov ham urushni front ortida turib kuzatgan.Tinchlik uchun jon fido 
qilgan mard o‗g‗lonlar yurtga tinchlik olib keldi. Asarnig so‗nggi qismidan ham 
yetarlicha ma`naviy meros olishimiz mumkin: 
Eshit, chorlayapti Ona Yer, 
Ko‗ksida olovli oh faryod. 
Asrdosh birodar, qo‗lni ber, 
Kel, Yerga qilaylik qasamyod: 
Bo‗lurmiz gal kelsa har birimizga 
Tinchlik janggohining fidosi. 
Bu senga, bu menga, bu bizga 
Yigirmanchi asr nidosi. 
Shoir ijodiyotiga qancha ta‘rif bersak oz. Shoirning ko‗p yillik ijodi davrida 
qator buyuk ijodkorlar bilan yaqin do‗st bo‗lgan. Shunday zamondosh 
ijodkorlardan biri O‗zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Erkin Vohidov 
she`riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamin va makon kaliti orqali kirib 
boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o‗tgan va o‗tayotgan goh 
mashaqqatli, goh armonli, goh tuyimli, goh iftixorli yo‗llarining manzara va 
ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she`riyatida to‗la mujassamligini ta`kidlagan. 
Shoirning nafaqat sovetlar hokimyati bo‗lgan davrda balki, mustaqillik 
davrida o‗z mavqeiga ega bo‗ldi. Erkin Vohidov mustaqillikka erishganimizdan 
so‗ng ham yetarli darajada qaynadi. Erkin Vohidov o‗z asarlaridsa Mustaqillikni 
g‗oyat ulug‗ladi. Chunki u o‗zbek xalqining mustamlaka qiyinchiliklarini ko‗rgan 
va o‗z vujudida his etgan. 


539 
O‗zbek elinig buyuk farzandi hisoblangan Erkin Vohidov ijodi qalblarda 
chuqur o‗rin egalladi. Uning asarlari dillarga o‗zgacha huzur, halovat olib kirdi. 
Shuning uchun uning asarlari adabiyot kitoblaridan o‗rin egallab yoshlar ongiga 
singdirilmoqda. Zero, bunday buyuk insonni hech qachon esdan chiqarmaymiz. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə