Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   259
id313213

 
 
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BADIIY ADABIYOTNI 
O„RGATISH MASALALARI 
Dilnoza NURBOYEVA,
1-kurs magistrant (GulDU)
Hozirgi kunda mustaqil respublikamizda maktabgacha ta`lim o‗ziga xos 
rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o‗ziga xoslik, eng avvalo, ta`lim-
tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya`ni o‗zimizning juda boy o‗tmish tariximiz, 
madaniyatimiz, fanimiz, tilimizda o‗z mohiyati bilan yuksak insoniy-axloqiy 
mazmunga ega bo‗lgan jarayonda yosh avlodni o‗qitish baxtiga muyassar bo‗ldik. 
Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, avvalo, bu sifatlarni o‗zimizda 
mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta`lim-tarbiyaga yangicha 
yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanishni ham 
taqozo qiladi. 
Har qanday davlat taraqqiyoti ta`lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar, 
uning jahon andozalariga mosligi va amaliy hayotda qanday o‗rin tutishlariga 
bog‗liq. Sifat o‗zgarishlari esa mazkur sohada ijobiy yangiliklar kirita olishi bilan 
belgilanadi. O‗z navbatida bunday yangilikni kiritish – immitatsion jarayon bo‗lib, 
bu – ta`limda samaradorlikka erishishdan iborat bo‗ladi.
Bu borada maktabgacha ta`lim sohasida bolalarni badiiy adabiyot, adabiy tur 
va janrlar bilan tanishtirish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida hikoya 
qilishga o‗rgatish bo‗yicha olib boriladigan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Kelajak avlod tarbiyasida badiiy adabiyotni teran anglash, mustaqillik 
qobiliyatlarini shakllantirish va mustaqil ishlash, izlanishlarini odat tusiga kiritish, 
hayotda uchraydigan voqea-hodisalarning mohiyatini tez anglaydigan zukko va 
bilimdon qilib tarbiyalash, aynan maktabgacha ta`limdan boshlanishi kerak. 
Bunday maqsadlarni amalga oshirish DTS dasturlarida ko‗zda tutilgan bo‗lib, 
mashg‗ulotlarni o‗rgatishda ular orasidagi aloqadorlikning ta‘minlanishi bilan 
amalga oshirilib boriladi.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish yo‗llari maktabgacha ta`lim 
muassasalaridan boshlab, avval nutq o‗stirish, keyinchalik savod o‗rgatishga 
tayyorlov davrida va boshlang‗ich ta`limning keyingi yillarida o‗qish 
mashg‗ulotlari orqali amalga oshiriladi. Bu borada esa ko‗pgina tadqiqotlarda, 


535 
asosan, xalq og‗zaki ijodiga tayanib bolalar nutqini o‗stirish orqali hikoya qilish 
bilan tanishtirish kuzatiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagai bolalar bilan ishlashda badiiy so‗z katta 
o‗rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she`r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‗radilar. 
Bolalar adabiyoti, avvalo, o‗zining qiziqarli, mazmunli, badiiy obrazlarining 
go‗zalligi, tilning ifodaliligi, she`riy so‗zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga 
quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta`sir ko‗rsatadi. Buyuk 
rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yozilishini, tarbiyaning 
buyuk ish, u insonning taqdirini hal qila olishini ta`kidlagan edi.
Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‗sishiga ta`sir 
ko‗rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‗lka tabiatining kishilarning 
mehnati 
va 
hayotini, 
ularning 
qilayotgan 
ishlari 
va 
ko‗rsatayotgan 
qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealar, bolalarning o‗yinlari, 
ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki 
dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg‗ulari, xatti-harakatlarini, 
shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‗rsatib, badiiy 
adabiyot bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni 
qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror 
narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‗g‗ri-noto‗g‗ri deb, o‗zlariga xos 
yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‗stlik, halollik, 
mehnatsevarlik, o‗rtoqlik namunalarini ko‗rsatadi. 
Badiiy adabiyot bolalarniestetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta`sir 
ko‗rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona 
manzaralari, she`rlarning musiqaviyligi, tilning o‗tkirligi, ifodaliligi bolalarga 
yoqadi. Bolalar badiiy so‗z qudratini his etadilar, uncha katta bo‗lmagan ertaklar, 
xalq ashula hamda she`rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so‗zga 
muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog‗chadan 
maktabga ana shu muhabbat bilan o‗tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini 
sevadigan bo‗lib qoladi.
Xalq og‗zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‗shiqlarning 
ko‗plari uzoq o‗tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida 
yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari 
tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har 
qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok 
etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy 
qahramonlarga 
nihoyatda 
xayrixoh 
bo‗lishga, 
yovuzlikka, 
nohaqlikka, 
qizg‗anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‗lishga majbur etadi. O‗zbek 
xalq ertaklaridan tashqari ko‗pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar 
ertaklari ham bolalarga o‗qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi.
Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, 
L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‗qib berish 
dasturiga kiritilgan. O‗zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‗p ajoyib 
asarlar yaratganlar. Bu G‗.G‗ulom, N.Orifjonov, I.Muslim, P.Mo‗min, Sh.Sa‘dulla, 
Q.Hikmat, Q.Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‗qib beriladigan 


536 
asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarga 
bag‗ishlangan 
adabiyotlar 
ro‗yxatidan 
rus 
yozuvchilari 
va 
shoirlari: 
V.Mayakovskiy, 
A.Kononov, 
S.Mixalkov, 
A.Gaydar, 
K.Chukovskiy 
va 
boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‗rin olgan. Bu ro‗yxatga chet el 
yozuvchilari Sh.Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. 
Bolalarga o‗qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va 
povestlar, proza hamda she`r shaklidagi ertaklar, dostonlar, hazil she`rlar, 
topishmoqlar, masallar kiradi. Bolalar bog‗chasi dasturida ko‗rsatilgan asarlarning 
ko‗pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun 
yangi kitoblar nashr etib turiladi. 
Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi 
tanqidiy maqolalarni o‗qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok 
etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‗p bolalar badiiy 
adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog‗chasining muhim 
vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‗zlashtirib olishlariga, ularni to‗g‗ri 
tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir 
qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.Tarbiyachi bolalarda 
adabiy asarni idrok qilish ko‗nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, 
uning mazmunini o‗zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-
tuyg‗ular va kayfiyatlarni his etishi ham lozim. Bolalar bog‗chasida asarning 
mazmuni va formalarini analiz qilishning ba`zi elementlari ham tarkib toptiriladi. 
Har bir bola maktabga o‗tish paytida asarda hikoya qilingan asosiy 
qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‗z munosabatini (kimning nima 
uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she`r, hikoya, 
ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan 
savollarga javob berish va o‗qib berilgan asar asosida savollar berish, 
illyustrasiyani diqqat bilan ko‗zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‗lish 
ko‗nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog‗cha bolalarda kitobga berilish, bilishga 
qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‗rtoqlashish istagi va 
ko‗nikmasini tarbiyalashi lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‗lgan, uning 
aqli va qalbiga yetib borgan, ya`ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini 
tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‗zining tarbiyaviy rolini bajaradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
 
1.
O‗zbekiston Respublikasi Ta`lim to‗g‗risidagi Qonun. – T.: 1997. 
2.
Maktabgacha ta`lim bo‗yicha Davlat ta`lim standarti. – T.: 2016. 
3.
―Ilk qadam‖ davlat o‗quv dasturi. –T.: 2018. 
4.
Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. – T.: Tafakkur bo‗stoni. 2013. 
5.
Jumaboyev M. O‗zbek va chet bolalar adabiyoti. – T.: O‗zbekiston. 2002. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə