Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   259
id313213

 
BADIIY ASAR TILI
 Hulkar RAHMATOVA,
7-maktab o„qituvchisi (Jizzax)
So‗nggi yillarida milliy asarlarimizni xolis o‗rganishga, ularni yuksak 
badiiyat mezonlari asosida tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. O‗zbek 
adabiyotshunosligida, ayni paytda, mustaqillikkacha va undan keyingi yillarda 
yaratilgan asarlar misolida o‗zbek nasri badiiy tafakkuridagi yangilanishlarni, 
voqelikni badiiy ifodalash yo‗sinlarini dunyo adabiyotshunosligi o‗lchovlariga mos 
ravishda, ularni bugungi kun talabidan kelib chiqib ilmiy-nazariy jihatdan to‗g‗ri 
baholash muhim vazifalardan biridir. Demak, asarlarni adabiy-tarixiy jarayon 
konteksti, yozuvchi va badiiy asar juftligi, ijodkor va ma`naviy-ruhiy dunyosini 
o‗rganish, ularda insonning individual va ijtimoiy borlig‗i ifodalanishining 


531 
bugungi islohotlar jarayoniga tatbiq etilishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan yosh 
avlodning ma`naviy kamolotini ta‘minlashga xizmat qilishga yo‗naltirilishi muhim 
ma‘rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 13 senyabrdagi ―Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‗ib 
qilish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‗g‗risida‖gi PQ-3271-son Qarori 
milliy asarlarimizni o‗rganishga yanada keng yo‗l ochdi.
―Hayot – murakkab xodsadir, yozuvchi shu marakkablikni tasvir eta bilsagina 
hayotimiz haqqoniy manzarasini yarata oladi‖[1, 235], – degan edi adabiyotshunos 
Izzat Sultonov. Haqqoniy hayot manzarasini yaratish uchun yozuvchidan yuksak 
mahorat va kuchli iste`dod talab etiladi. Bularsiz badiiy asar vujudga kelmaydi. 
Badiiylik yaratilayotgan har bir asarning, jumladan, so‗z san`atining asosiy va 
doimiy xususiyati sanaladi. San`atning barcha turlari uchun yagona me‘zon 
sanalmish badiiylik keng tushuncha bo‗lib, obrazlilikni o‗z ichiga qamrab oladi. 
Inson qalb torini cherta olmaydigan, unga estetik zavq bag‗ishlamaydigan asar 
badiiylikdan bebahra sanaladi. Bunday asarlarni Abdulla Qahhor aytganidek, 
―rangsiz, nursiz, haroratsiz yozilgan asarlar hayotni chuqur o‗rganmasdan, uning 
achchiq- chuchugini tatimasdan, o‗sha hayot odamlarining qalbiga payvand 
qilmasdan, dardsiz, ehtirossiz, ya`ni ilhomsiz yozilgan asarlardir‖ [2, 97], – deb 
ayta olamiz. Asarning kuchi uning badiiyligidadir. 30-yillarda yaratilgan 
Oybekning ―Qutlug‗ qon‖ romani hech shubhasiz, mana shunday badiiy yuksak 
mahorat mahsuli deya olamiz. Bu asar yozuvchining individual uslubi asosida 
yaratilgan badiiy yuksak asar bo‗lib, o‗zbek adabiyotida o‗zining munosib o‗rnini 
topgan. Bizga ma`lumki, badiiylikning o‗zagi obrazlilikdir. Yozuvchi o‗z 
g‗oyasini, qarashlarni, orzu-istaklarini obrazlar vositasida butun kechinmalari bilan 
o‗quvchiga etkazadi. Masalan, Oybek Yo‗lchi obrazini shunday tasvirlaydiki, u 
kitobxon ko‗z o‗ngida jonli inson sifatida gavdalanadi. Obrazning hayotiyligi
murakkab hayot yo‗lining real chizgilarda berilishi, xarakter nutqi, unga xos 
bo‗lgan barcha xususiyatlar asarning boshqa qahramonlari tilidan aytilishi 
jarayonida obraz mukammalligi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shuningdek, asar tili 
ham o‗ziga xos tarzda yaratilgan. Asar tili ravon va samimiyligi shundaki, asarda 
shevaga xos va o‗sha davr ruhini aks ettiruvchi so‗zlarning ishlatilishi, hamda 
ularini barcha obrazlar nutqida me‘yorida va mantiqli tarzda qo‗llangangi. 
Ma`lumki, obraz so‗zlar vositasida aks ettiriladi. Badiiylikning bosh mezoni 
sanalmish til badiyati bu asarda alohida ahamiyat kasb etadi. Asardagi sheva va 
lahjalarga mansub so‗zlarning ishlatilishi asar tilining shukuhi va jozibasini 
ko‗targan. Bizga malumki, shevalar tilning so‗z hazinasini, uning tasvir hamda 
ifoda imkoniyatlarini boyituvchi omillardir. Shu boisdan ham Oybek o‗z 
asarlarining til badiyatini taminlashda shevaga xos so‗zlarga murojaat etadi. Bu 
albatta, asar baadiyatini yuqoriga ko‗taradi: ―Koshki edi manda tish bo‗lsa, sanda 
gavda bo‗lsa, simyon!‖ , ―Munda kel! – chol qo‗li bilan imladi‖ , ―O‗z 
dekchamizni o‗zimiz qaynatamiz‖ , ―Obbo lanati kalxamak― , ―Orasini yorib 
qarasa damlog‗liq qozon chiqadi, tuvoqni ko‗taradi‖, ―Bu chizi to‗g‗ri gap‖ , 
―tunov kun bir abrazavan o‗ris bilan uchrashganimda edi, bizning ―sartiya‖ bolalari 


532 
ham shkolda oz-moz o‗qiyapti‖ , ―Aptom gulyatga boramiz‖ , ―Nuri o‗shatta 
tushsin‖, ―Haytavur to‗yimga etib kelibsiz‖ kabi ko‗plab shevaga xos va ruscha 
so‗zlarni asarda uchratishimiz mumkin. Yana shu bilan birga o‗sha davrga xos 
bo‗lgan so‗zlar (Izvosh, bazzoz, kegay, mirshab, qarol, koranda, chorakor, ko‗nka, 
zakunchi, dahriy) bilan birgalikda o‗sha davr uchun yangilik bo‗lgan so‗zlar (bank, 
zavod, kompaniya, kredit, protsent) ning ham ishlatilishi asar tilining o‗ziga 
xosligini taminlaydi. Yoki, yog‗och elka, pes piyola kabi betakror o‗xshatishlar 
ham asar tiliga o‗zgacha rux bag‗ishlagan. Yozuvchi mahoratini asarda bundan 
tashqari holatlarda ham ko‗rishimiz mumkin. Jumladan, asardagi obrazlar nutqi 
o‗ta mohirlik bilan berilganki, oddiy kichik personajdan tortib, xarakter darajasiga 
ko‗tarilgan obrazning ham nutqida o‗ziga xoslik mujassam. Har bir obraz o‗z 
xarakter nuqtai-nazaridan kelib chiqib so‗zlaydi, unda sira g‗alizlik sezilmaydi. 
Asardagi obrazlarni kashf qilish yukini esa, o‗zga obrazlarga yuklaydi, ular tilidan 
berilgan tarif obrazlar haqida yanada kengroq tushuncha hosil qiladi. Masalan, 
Yo‗lchi obrazini kashf qilishda Mirzakarimboy tilidan aytilgan ushbu tavsif 
fikrimizni tasdiqlaydi. ―Bu aqilli yigit ko‗rinadi, ham ulug‗vor, ham vazmin‖ yoki 
―Devkor yigit ekan‖, – deya Yormat tilidan olingan fikr ham Yo‗lchi haqidagi 
tasavvurimizni yanada boyitadi. Bunday nuqtalar asarda juda ko‗plab topiladi. 
Mahoratning bu kabi qirralari asar badiyatlarini yuqori pog‗onalarga ko‗taradi.
Jahon adabiyotshunosligida adabiy-estetik qarashlar taraqqiyotining izchil 
takomillashuvi 
badiiy 
tafakkur 
tadrijiy 
rivoji 
bilan 
bog‗liq 
ilmiy 
kontseptsiyalarning yuzaga kelishiga asos bo‗ladi. Shu bois badiiy olamni o‗ziga 
xosligini tadqiq etish, unga tanqidiy yondoshish har bir xalq adabiyoti 
taraqqiyotiga naf keltirishi tayin. Binobarin, adabiy ijod jarayonini ilmiy jihatdan 
tekshirish, ijodiy niyatning tug‗ilishi va moddiylashuvi bilan bog‗liq omillarni 
o‗rganish, badiiy-estetik talqin xususiyatlaridagi o‗ziga xosliklarni ko‗rsatib berish, 
ijodkor shaxsining namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq muammolarni nazariy asoslash 
muhim ahamiyatga ega. Xulosa qiladigan bo‗lsak, badiiy asar tili adabiyotning 
o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, u obrazlar orqali namoyon bo‗ladi. Yozuvchi yaratgan 
obrazlari orqali esa kitobxoning ruhiga va shuuriga ta`sir qiladi. O‗tkir ta`sir 
kuchiga ega obrazlari bor asargina haqiqiy badiiy asar sanaladi. Oybekning 
―Qutlug‗ qon‖ romani ham obrazlar olamining boyligi va mukammalligi bilan ana 
shunday badiiy etuk asarlar sirasiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Sulton Izzat. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‗qituvchi, 1986. 
2.
Abdulla Qahhor. Yoshlar bilan suhbat. – T.: Yosh gvardiya, 1968. 
3.
Yo‗ldosh Qozoqboy, Muhayyo Yo‗ldosh. Badiiy tahlil asoslari. – T.: 
Kamalak, 2016. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə