Zbekiston respublikasi oliy va o


MTMDA BADIIY ADABIYOTNI O„RGATISHDA MULTIMEDIYA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   259
id313213

MTMDA BADIIY ADABIYOTNI O„RGATISHDA MULTIMEDIYA 
VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Bahrom HASANOV, 
o„qituvchi (GulDU) 
Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a‘zolariga nisbatan ko‗rish 
a‘zolari yordamida qabul qilingan ma‘lumotni besh marotaba ko‗p eslab qolish 
mumkin. Sababi – eshitish a‘zolariga nisbatan ko‗rish a‘zolaridan olinayotgan 
ma‘lumotlar qayta kodlashtirilmay to‗gridan-to‗g‗ ri xotiraga o‗tadi va saqlanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim-tarbiyasiga qo‗yiladigan Davlat talablarida 
maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar 
matematik bilim berish va atrof-olamni o‗rganish, ta‘lim o‗yinlari yo‗nalishlari 
bo‗yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‗stirish bo‗yicha nutq-tovush 
madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, nutqning grammatik tuzilishini 


545 
shakllantirish, lug‗ atni boyitishni jadallashtirish, matematika bo‗yicha son-sanoq, 
miqdor, shakllar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida tasavvur hosil qilish. 
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining bilimlarini aniqlash, beshta: ya‘ni 
o‗quv maqsadlariga asoslanganlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi 
tamoyillariga asoslanadi. MTM tarbiyachisi bolalarning bilimini baholash 
jarayonida baholash tamoyillarini hisobga olishi shart. Multmediali kompyuterli 
ta‘limda bolalarning yoshi, rivojlanish darajasi va psixologiyasini hisobga olib, 
o‗tilgan materiallarni baholashda uchta test savoli qo‗yiladi. Bu yoshdagi bolalarga 
beshta savol qiyin bo‗lishi mumkin. Buni hisobga olgan holda testga uchta savol 
qo‗yib, uch balli tizimda baholanadi. 
Tarbiyalanuvchilar bilim darajalarini aniqlash mezoni quyidagicha: 
o‗rganiladigan material turiga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi dasturli 
o‗yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida 
kompyuter xotirasiga kiritiladi. Tarbiyalanuvchilarga to‗g‗ ri javobni aniqlash 
topshiriladi va ularning bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga 
kiritilgan mashg‗ ulot mavzusiga oid amaliy topshiriqlarni bajarish orqali 
aniqlanadi.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan 
barchasini to‗g‗ ri bajarsa, u holda unga «a‘lo» bahoni ifodalaydigan 3 ball 
qo‗yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to‗g‗ ri bajarsa, u holda 
«yaxshi» bahoni ifodalaydigan 2 ball qo‗yiladi. Agar berilgan variantdan bitta 
topshiriqni to‗g‗ ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga «qoniqarli» bahoni 
ifodalaydigan 1 ball qo‗yiladi. Agar variantdagi topshiriqni to‗g‗ ri bajara olmasa u 
holda hech qanday balla qo‗yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tarbiyalanuvchi 
bilan qo‗shimcha shug‗ ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga 
qo‗yish kerak.
Mazkur multimediali slaydimiz «Alifbe» deb nomlanadi. Maktabgacha 
ta‘lim va boshlang‗ ich sinf o‗quvchilari uchun mo‗ljallangan elektron qo‗llanma 
sifatida foydalansa ham maqsadga muvofiq bo‗ladi. «Sichqoncha» ni «Alifbe» deb 
yuritilgan tugmachaga keltirib ikki marta bosiladi. So‗ng xizmat oynamizda 
kamalak rangda 
ALIFBE
deb yozilgan harflar animatsiya usulida hosil bo‗ladi. 
Dasturning pastki qismida «Dasturga kirish» belgisi orqali multimediali slaydga 
kiramiz. Tabiat manzarasi ostida bolajonlar qo‗shig‗ i yangraydi va dasturning 
o‗rtasida uchta qismning nomlari ko‗rsatilgan: 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə