Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   259
id313213

gul, kokul, sunbul
kabi so‗zlar qofiyadosh bo‗lib kelgan, oxirgi rukndagi 
qofiya so‗z esa baytlar aro qofiyaning vujudga kelishiga xizmat qilgan. Bu kabi 
qofiyalash tartibi keyingi baytlarda ham o‗z kuchini yo‗qotmaydi: 
Chul a‟bas bobini 
tuzdi
, salomat rishtasin 
uzdi

Qamardek hola 
ko„rguzdi
, uzori davridin 
chambar

Libosi nozi 
chaspondur
, gahe tuz qaddi 
chavgondur

Zamone go„yi 
g„altondur
, zihe chobuk, zihe
dilbar

Boshig„a siym o„lub 
parron
, tushib girdig„a 
anjumson

Tulu‟ etkan kibi 
haryon 
qamar atrofida 
axtar

To„kub qon neshi g„am 
birla
, ochib maydon sitam 
birla

Olib tablu alam 
birla 
ko„ngullar kishvarin 
yaksar

Bu yerda 
chambar, dilbar, axtar
, yaksar kabi so‗zlar asosiy qofiyadosh 
so‗zlar bo‗lsa, baytlardagi 
tuzdi, uzdi, ko„rguzdi

chaspondur, chavgondur, 
g„altondur

parron, anjumson, har yon

birla, birla, birla
kabi ichki qofiyalar 
musajjaning yuzaga kelishiga asos bo‗lgan.
Shoirning yana bir g‗azali ham borki, bunda qofiyaning har ikki turi: o‗zak va 
qo‗shimcha tarkibidagi qofiyalarning turli xil ko‗rinishlari mahorat bilan tizimga 
solingan: 
Ko„kragimdur subhning 
pirohanidin chokrok

Kiprikim shabnam to„kulgan 
sabzadin namnokrok

Bu ko„ngul g„amnokidin to shodmon ko„rdum seni, 
Istaram har damki, bo„lg„ay xotirim 
g„amnokrok

Layli andin quydi Majnun ko„ngli daraxti g„amin 
Kim, yo„q erdi manzil ul vodiyda 
andin pokrok



513 
O„yla mujgon xanjarig„a 
yopishibdur 
duri ashk 
Kim, magar andin yatime 
yo„qdurur bebokrok

Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga, 
Jon berurda bir qulung yo„q 
bandadin cholokrok

Odamiyliktu frog„in bersa fanoeliga charx, 
Ohkim, yo„qtur kishi ahli 
vafodin xokrok

G‗azalda asosiy qofiyadosh so‗zlar: 
chokrok, namnokrok, g„amnokrok, 
pokrok, bebokrok, cholokrok, xokrok 
kabilarda o‗zakdagi ―k‖ – raviy, undan 
oldingi cho‗ziq unli ―o‖ – ridfi asliy, qo‗shimcha tarkibidagi qofiyadoshlar esa ―-
rok‖ qo‗shimchasida mujassamlashgan. ―r‖ – vasl, ―o‖ – xuruj, ―k‖ – mazid bo‗lib 
kelgan. Shoirning mahorati bu bilan cheklanib qolmay qo‗shqofiyani ham 
baytlararo joylashtirgan: 
pirohanidin, andin,bandadin, vafodin
kabi so‗zlar g‗azal 
ohangini yanada mo‗jaz chiqishini ta‘minlagan. 
Darhaqiqat,―Alisher Navoiy haqiqiy insoniy munosabatni sodda va jo‗shqin 
tasvirlab yozgan she`rlari bilan jahon she`riyatini ancha boyitgan‖ [4, 94]. ―Alisher 
Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o‗zining abadiyatga daxldor asarlari va benazir 
dahosi bilan turkiy xalqlarning ma`naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida 
tarannum etgan ezgu g‗oyalari bugungi kungacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmay 
kelayotgan so‗z san`atkoridir‖ [2, 3]. Shuningdek, ijodkor so‗z san`atkori 
bo‗libgina qolmay, qofiya ilmi bo‗yicha ham yetuk salohiyatga ega olim ham 
hisoblanadi. E`tiborli jihati shundaki, ijodkor badiiy mahorati qofiyani turlantirish 
bilan birgalikda tasvir mazmundorligini ham betakror tashbehlarda berishga 
intiladi: 
Jonim andoq to„ldi jonondinki, bo„lmas fahmkim, 
Jon erur jonon emas, yo jon emas, jonon erur. 
Lirik qahramon ma‘shuqaga shu qadar mastona va telbalarcha oshiq 
bo‗lganki, uning o‗y-orzusi bilan o‗shal mashuqaning joni oshiq jonining o‗ziga 
aylangandek go‗yo. Ammo bu jon bo‗lib jonon emas yohud jonon bo‗lib jon 
emasligini lirik qahramon farqlab fahmiga etolmayotgandek ekan go‗yo. ―Sajjojiy 
―jon‖ning tasavvufiy ma`nolarini bunday bayon etadi: 
1) insonning ruhi
2) nafasi rahmoniy, ya`ni ilohiy nafas; 
3) Haqning tajalliyoti. Shu uch ma`no Navoiy qo‗llagan ―jon‖ so‗ziga etarli 
ta‘rifdir‖ [ 1, 75]. 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Alisher Navoiy g‗azaliyotida xushohanglikni 
ta‘minlash bilan birgalikda teranlik, ko‗pma`nolilik, ta`sirchanlik va 
mazmundorlikni oshirishga xizmat qiladigan qofiya tizimi, uning qo‗llanilishi 
o‗ziga xos tarzda o‗quvchini maftun qiladi, shu bilan birgalikda, shoir badiiy 
nafosatining takrorlanmas qirralaridan bahramand etadi. Qofiya ilmidagi 
qo‗shqofiya va ichki qofiya kabi yangidan yangi mahorat chizgilari bilan she`riyat 
qudratining yuksak jabhalaridan kishini voqif etadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Jumaxo‗ja N. Navoiy g‗azaliyoti talqinlari. – T.: O‗zbekiston, 2018.


514 
2.
Sirojiddinov Sh.,Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – T.: 
Tamaddun, 2018.
3.
Ishoqov Yo. Navoiy poetikasi. – T.: Fan, 1983.
4.
Komilov N. Ma`nolar olamiga safar. – T.: Tamaddun, 2012. 
5.
Olimov M. Risolayi aruz. – T.: Yozuvchi, 2002.
6.
Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. – T.: Fan, 2006.
7.
Hasanov S. Navoiyning 7 tuhfasi, – T.: Adabiyot va san`at, 1991.
8.
Asallayev A., Rahmonov V., Musurmonqulov F. Badiiy san`atlar. – T.: 
Tafakkur, 2015.
9.
Xoksor M. R. Alisher Navoiy asarlari lug‗ati. Muntaxab ul-lug‗ot. Zubd ul-
lug‗ot. – T.: Akademnashr, 2017.
10.
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T.: Adabiyot va san`at, 1979.
11.
Hojiahmedov A. She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, – T.: 
1998.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə