Zbekiston respublikasi oliy va o


  BOSHLANG„ICH SINFLARDA BADIIY ASAR TAHLIL QILISHNING



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   259
id313213

 


519 
BOSHLANG„ICH SINFLARDA BADIIY ASAR TAHLIL QILISHNING 
TA`LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI 
Bahriniso YARIYEVA,
17-maktab
o„qituvchisi (Guliston) 
Bugun ta`limda yangi bilimlar, ma`naviy sifatlarning kashf etilishi 
o‗quvchilar ishtirokida o‗qituvchi tomonidan emas, balki o‗quvchilarning o‗zlari 
tomonidan o‗qituvchi rahbarligida amalga oshirishini talab qilinmoqda. Bunday 
qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida o‗qituvchi va o‗quvchining jonli 
muloqotida oshadi. Darsda yaxshi tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u 
yosh kitobxonning o‗qiganlari haqida gaplashish, unga o‗z munosabatini bildirish, 
o‗z fikrlari bilan o‗rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi. 
Badiiy asarning har kim o‗z xoliga o‗z darajasida qabul qiladi. Suhbatda 
ishtirok etgan o‗quvchi o‗z fikrlarini muhokama qiladi. Uni so‗zlar bilan 
shakllantiradi. Bu fikrining aniqligi va tiniqligini ta‘minlashga olib boradi. Suhbat 
jarayonida o‗quvchida o‗z fikrini aytish, uning to‗g‗riligiga hamsuhbatlarini 
ishontirish ehtiyoji tug‗uladi. Fikrini asoslash uchun asar matnida dalillar topa 
bilish, misollar keltirish ko‗nikmasi shakllanadi. Bola qochirimlar qilishga va 
e‘tirozlar bildirishga odatlanadi. Suhbat hamsuhbatni eshitishni, munozarada 
ishtirok etishini o‗rgatadi. O‗quvchida o‗z bilimini chuqurlashtirishga extiyoj 
tug‗diradi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi.
Adabiy asoslarni o‗rganish darslarida tashkil qilingan suhbatlar 
o‗quvchilarni nafaqat ma`lum bilimlar doirasi bilan boyitadi, tarbiyalaydi, balki 
aqliy faoliyat asoslarini ham o‗rgatadi. Badiiy asarlarini o‗rganishning barcha 
bosqichlarida suhbat keng sig‗imli o‗zida ko‗p narsani qamrab oladigan metod 
hisoblanadi. Chunki u xotirani, kuzatuvchanlikni, bilim jarayonini, tasavvur va 
hissiyotni faollashtirishga imkon beradi. Suhbat davomida har bir o‗quvchining 
individual ishlash sur‘ati shakllanadi. O‗qish darslarida to‗g‗ri tashkil etilgan 
suhbatlarda bitta masala bo‗yicha bir nechta o‗quvchi, ba‘zan butun sinf fikr 
aytadi. Bu usulda bolaning oldiga muammo qo‗yilmaydi. O‗qituvchi tomonidan 
bitta murakkabroq bolalarni o‗ylashga, munosabat bildirashga undaydigan mavzu 
o‗rtaga tashlanadi va shu masala ustida birgalikda ishlanadi.
O‗qituvchi sinfning faoliyatini kuzata borib, uni yo‗naltiradi, shu bilan 
barcha o‗quvchilarnin o‗zlari ishlashlari uchun sharoit yaratiladi.
Suhbatning vazifasini belgilab, unga tayyorlanish davomida o‗qituvchi 
o‗quvchilar oldiga vazifa qo‗yib, masalani mustaqil ravishda, to‗g‗ri hal etishga 
yordam beradigan savollar tuzadi. Savol usuli adabiy ta`limning barcha 
bosqichlarida: kirish darslarida ham, badiiy asarni o‗zlashtirishda ham, uning 
tahlili mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo‗l keladi. O‗quvchi 
tafakkuri mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan suhbatning asosiy talablaridan biri-
savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‗lishi. 
O‗quvchiga bir narsa bilan uzoq shug‗ullanish qaqshatqich tarzda salbiy ta`sir 
qiladi. O‗quvchini o‗zlashtiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga 
undaydigan 
savollarni 
tayyorlayotganda 
o‗qituvchi 
sinfdagi 
barcha 


520 
o‗quvchilarning rivojlanganlik, ijodkorlik darajasini nazarda tutishi lozim. 
Shundan kelib chiqib, suhbat uchun tuzilgan savollar o‗quvchi ruhiy faoliyatining 
xilma-xilligini ta‘minlashi kerak. O‗quvchi savolga javob berish uchun mustaqil 
ravishda o‗ylanishi, tasavvur qilishi, izlanishi lozim. Suhbat uchun tuzilgan 
savollar aniq mantiqni talab qilgani holda, ular orasida ham o‗zaro mantiqiy aloqa 
bo‗lishi kerak. Savol ko‗magida asardan o‗quvchi tomonidan kashf qilingan 
mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab mantiqiy yaxlitlikni tashkil etadi. 
O‗qituvchi shu narsaga jiddiy e`tibor qaratishi lozim.
Bunday asar o‗quvchi uchun hayotni, odamni bilish, shu asosda o‗zligini 
anglash va baholash o‗lchovi bo‗lganda chinakamiga qadrli bo‗ladi. 
O‗quvchilarning suhbatlar jarayonida hayot bilan uzviy aloqasini ta‘minlash uchun 
asar ustida ishlash jarayoniga o‗qituvchi bolalarning kitobxonlik va hayotiy 
tajribasi bilan bog‗liq: «Shunday hodisa ifodalangan boshqa bir asarni eslay 
olasizmi? Ularning bir-biridan farqi yoki o‗xshashligi nimada deb o‗ylaysiz? Siz 
shunday vaziyatda nima qilgan bo‗lardingiz?» va h.k. savollarni ham tashlashi 
lozim. Bunday savollar nafaqat asar matni, balki o‗quvchi xarakteri va qiziqishlari 
bilan ham aniqlanadi. Suhbatlar o‗quvchilarning intellekti va madaniyati 
tarbiyalanashida ham katta samara beradi.
Suhbat davomida o‗quvchi asardagi yoki u haqidagi faktlarni aniq 
bilgandagina o‗z qarashlarini, ular haqida mulohazalarini aytishi mumkin. Lekin 
ko‗pincha, bunday vaziyatlarda boshlang‗ich, dalilning o‗zi kamlik qiladi. 
O‗quvchi ularni mustaqil ravishda tahlil qila bilishi, o‗ylashi, xulosalar chiqara 
olishlari kerak bo‗ladi. Asar matni yuzasidan tuzilib, izlanishga undaydigan 
savollar ham shunga qaratilishi kerak. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, 
o‗ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, asarda kashfiyotlar qiladigan, 
tasavvur uyg‗otadigan bo‗ladi.
Jaloliddin Rumiy hazratlari: ―yaxshi savol yarim bilimdir‖, – deb bejiz 
aytmaganlar. Asar matni bo‗yicha o‗qituvchining o‗quvchilar oldiga qo‗yadigan 
savollar, topshiriqlari bolalarning qiziqishlari, ularning umumiy psixologik va 
intellektual o‗ziga xosliklariga mos bo‗lishi zarur. Shuningdek, ularda zamonaviy 
o‗qish ilmi darajasi ham aks etishi lozim. Asarning dastlabki mutoolasidan so‗ng 
uning 
qanday 
tushunilganligi 
bilan 
tahlildan 
so‗ng 
qay 
darajada 
o‗zlashtirilganligini tekshirish uchun tuzilgan savollar ham adabiy ta`lim 
amaliyotida katta o‗rin tutadi. Bunday savollar jonli suhbatlarda o‗quvchi 
tafakkurini mustaqilligini ta‘minlashda katta samara olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Jumaboyev M. O‗zbek bolalar adabiyoti. – T.: O‗zbekiston, 2002. 
2. Jumaboyev M. O‗zbek va chet bolalar adabiyoti. – T.: O‗zbekiston. 2002. 
3. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‗qitish metodikasi. – T.: Noshir 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə