Zbekiston respublikasi oliy va o


ISAJON SULTONNING “BOQIY DARBADAR” ROMANIDA



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   259
id313213

 
ISAJON SULTONNING “BOQIY DARBADAR” ROMANIDA 
BADIIY TAFAKKUR MASALASI 
Sevara BABAYEVA, 
 magistrant (GulDU) 
Har qanday badiiy asarning estetik qiymati, badiiyati muallifning bilimi va 
iqtidoridan tashqari badiiy tafakkur darajasi bilan bevosita bog‗liq sanaladi. Ya`ni 
muallif o‗zi ifoda etmoqch ibo‗lgan ma`lum bir mavzu, g‗oya, syujet va obrazlarni, 
avvalo, o‗z tafakkur doirasidan kelib chiqibgina tasvir etadi. Jumladan, zamonaviy 
o‗zbek nasrining yetakchi vakillaridan biri Isajon Sulton romanlarini mutolaa qilar 
ekanmiz, bu asarlardagi yuqoriga ko‗tarilgan muammolar, syujet unsurlari, 
personajlar rang-barangligiga qaramasdan ularni ham bir narsa, ya`ni muallifning 
badiiy tafakkuri birlashtirib turganligi yaqqol seziladi. Yozuvchi ―Boqiy darbadar‖ 
romanida turfa zamon va makonlarda ro‗y bergan va berayotgan voqea-hodisalar, 
tutumlar, kechinmalar orqali inson umrining asl mohiyati-yu, ma‘nisiz hayotning 
nechog‗lik ayanch tusga kirishi haqida so‗z yuritsa, ―Ozod‖ romanida bosh 
qahramon Ozodning muhabbat yo‗lida boshidan kechirgan kechmishlari zamirida 
Vatan, oila, sadoqat, ruh va so‗z erkinligi va yana ko‗plab dolzarb masalalarni 
ifodalashga harakat qiladi. ―Genetik‖ romanida ham muallif chin insoniy tuyg‗ular 
sanalmish o‗zlikni anglash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va matonat kabi 
masalalarga murojaat etadi. E`tibor berib qarasak, Isajon Sulton har uchala 
romanda ham inson ruhiyatining tub ildiziga kirib borishga, uni tahlil etishga 
urinadi va qaysidir ma`noda o‗z maqsadiga erishadi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Xususan, ―Boqiy darbadar‖ romani zamonaviy o‗zbek adabiyotida o‗ziga 
xos voqea sifatida talqin etilmoqda. Ko‗plab adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va 
kitobxonlar bu asar haqida o‗z fikr-mulohazalarini bildirib, muallifning badiiy 
tafakkur darajasiga baho berib o‗tgan. Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov 
o‗zining mazkur roman haqidagi ―O‗ylashga undovchi asar‖ maqolasida quyidagi 
fikrlarni keltiradi: 
―Boqiy darbadar‖da an`anaviy eposga xos voqeaband syujet o‗rnida sirtdan 
bir-biriga bog‗lanmay turli makon va zamonda, goh reallik, gohi xayolotda 
kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan 
bo‗lsa-da, ularni bir narsa – hayotning ma‘nisi-yu bashariyat taqdiri haqida o‗yga 
tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka- romanga aylantiradi… 
Yozuvchi muammoning ildiziga nazar solidi va ko‗radiki, Yaratganidan 
uzoqlashishi barobari inson hayotining mazmuni yo‗qolib borayotganini teranroq 
his qilgan, bu his muttasil kuchayib brogan. Va bu nihoyasiz jarayon‖ [2, 15].
Bir etikdo‗z orqali butun bir bashariyatga ishora etuvchi, ramzlarga boy 
bo‗lgan ushbu roman insonnig ruhiy poklanishi va iymon- e`tiqodining mustahkam 
bo‗lishiga undovchi asardir. Etikdo‗z qahramoni jahon adabiyotida keng tarqalgan, 
Agasfer nomi bilan mashhur bo‗lgan afsonaviy timsoldir. Uning Muborak zot 
bo‗lmish Iso alayhissallomga qo‗l ko‗tarishi va buning evaziga boqiy umr 
kechirishi ham sayyor syujet hisoblanadi. 


509 
Asarni mutolaa qilar ekanmiz, voqea-hodisalarning qaysi makon va 
zamonda kechayotganini tushunish biroz qiyin kechadi. Etikdo‗z, badaviylar, 
lo‗lilar karvoni, Tiyonshon g‗orida istiqomat qiluvchi avliyo haqidagi hikoyalar 
tarixiy zamonlarda sodir etilgan bo‗lsa, inson takomili markazi, ―Boeng 787 
dreamliner‖ uchog‗idagi evrilishlar, to‗fon voqealari ayni bugungi kun holatini aks 
ettiradi. Lekin har ikkala makon va zamonda ham bir-birini takrorlovchi va uzviy 
bog‗langan g‗oyalar asarning o‗qimishliligini oshiradi. 
Filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‗chqor esa ―Darbadarlikning bedor 
talqini‖ maqolasida quyidagi so‗zlarni aytadi: ―…asarning bosh g‗oyasi – 
aytilmoqchi bo‗lgan muhim fikr to‗la-to‗kis o‗quvchiga yetib borishi uchun ham 
turli voqealar, intrigalar, konfliktlar, qahramonlar uyushtiriladi, ―terib chiqiladi‖. 
―Boqiy darbadar‖ to‗g‗risida esa bunday deb bo‗lmaydi.Bu romanda aynan 
teskari manzaraga duch kelamiz. Ya`ni uning muallifi (yana ham aniqrog‗i - 
muallif ijodiy tafakkuri) hozirga qadar ko‗rgan umri davomida yig‗ib-tergani, 
o‗ziga og‗irlik qilgan shunchalik ko‗p savol, ziddiyat, hikmat, ibrat, fikr, o‗y-
mulohaza, ishtiboh, gumon, tahmin, qo‗rquv, vahm va yana boshqa insoniyat aqli, 
ongi, tuyg‗usi, hissiyotiga doir kechinmalar qatlamini yaratadiki, ularning har biri 
to‗g‗risida alohida kitob bitmoq, kunlab munozara olib bormoq mumkin…‖ [4, 6].
Muqaddas Kitobda bitilgan, insonlarning qalbiga, ong-u shuuriga singib 
ketgan Allohni unutmaslik, agar unutilgan taqdirda buning oqibati, shubxasiz, 
muqarrar jazo ekanligi, oxiratni kutish to‗g‗risidagi fikr va mulohazalar hozirgi 
kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgan emas. Aksincha, vaqt o‗tgani sari 
takomillashib borayotgan, insonning manfaatlarini qondirishga xizmat qiluvchi 
sivilizatsiya, texnologiyalar odamlarga qulayliklar tug‗dirishi bilan bir qatorda, 
loqaydlik, gumrohlik, va eng muhimi, Alloh va uningko‗rsatmalarini yoddan 
chiqarish kabi holatlarga olib kelmoqda. Shu o‗rinda Isajon Sultonning ―Boqiy 
darbadar‖ kitobiga so‗ngso‗z yozgan adabiyotshunos olim Rahimjon Rahmatning 
quyidagi fikrlari ahamiyatli: 
―Olimlarning e`tirof etishlaricha, hozirgi kunda inson DNK si juda faol, tez 
sur‘atda o‗zgarib, ikki burmalidan o‗n ikki burmali ko‗rinishga o‗tayotir. 
Kelajakda yer yuzida ikki burmali DNK ga ega inson qolmaydi, deyishmoqda 
olimlar. Bu degani – Xudo tomonidan yaratilgan hozirgi inson butunlay yo‗qolib, 
boshqa bir jonzot paydo bo‗ladi...‖ 
Isajonni ―Boqiy darbadar‖ asarini yozishga turtki bergan tuyg‗u aynan 
qiyomatni favqulodda kuchli sezish, bu dunyo qadriyatlarining qiyomat degan 
ulkan tegirmonda yanchilishini ravon va jonli his etishdir. Xuddi mana shu tuyg‗u 
―Boqiy darbadar‖ asarining dastlabki asosidir. Inson chalayotgan hayot degan 
kuyda darbadarlik ohanglari ustun ekanligini anglaydi yozuvchi‖ [3, 272]. 
Bu achchiq haqiqatdan, afsuski, ko‗z yumib bo‗lmaydi. Asar esa shunday 
―buyuk‖ gunohga botgan personajlar, jumladan, Inson takomili markazi olimlari, 
genomni qidirayotgan maxsus harbiy uchoqlar, lo‗lilar karvoni va boshqa xil 
turdagi jonzotlar Xudoning qahriga uchrab, bo‗ron orqali qum ostiga singib 
ketadilar. Muallifning barcha ―darbadar‖larga bunday jazo berishida ham bir 
hikmat bor. Zero, ular ko‗tarilayotgan kushli shamol orqali Allohning g‗azabini his 


510 
qila olsin, har doim sokin turgan qum zarralari orasida ular ham o‗z muvozanatini 
saqlashni o‗rgansin! 
―Jabrlanuvchilar‖ orasida Professor Ziyo ham bor edi. Garchi uning 
so‗nggi vaqtlarda dilida iymon uyg‗ongan, ayniqsa, o‗g‗lining hayot va umr 
mohiyatini tushunishga uringan yorqin va falsafiy mushohadalar ila bitilgan 
maktubini o‗qigandan so‗ng qalbida tushunarsiz g‗alayon, kuchli isyon avj olgan 
esa-da, bo‗ronning vajohatli zarbalariga dosh bera olmaydi. Buning sababi esa 
qahramon vijdonining uyg‗oqligida! Demak, u o‗zini jazoga loyiq deb 
bildi.Buxron yaqinlashgan chog‗da yuragi dir-dir titrasa-da, ruhi sobit, bu esa 
uning e`tiqodidan darak berardi. 
"…Bor-yo‗g‗i sakson sahifalik kichkinagina shu roman juda uzoq yozildi, 
men uni taxminan 1998-yilda boshlagan edim.Muqaddas manzillarini, 
maqsadlarini yo‗qotib qo‗yib, dunyoda tentirab yurgan odamlar ko‗pday tuyular, 
lekin ifoda uchun shakl topolmas edim.Qiziq-da, bir etikdo‗z Iso alayhissallomga 
qo‗l ko‗tardi-yu, abadiy yashash degan tavqi la‘natga duchor bo‗ldi.Barhayotlik 
ham musibat bo‗lishi mumkinligi haqida sira o‗ylab ko‗rmagan ekanman, 
vaholanki, sonsiz-sanoqsiz insonlar dunyoda mangu qolish ishtiyoqida yelib-
yugurmoqdalar" [5, 15]. 
Asarda falsafiy ruh yetakchilik qiladi. Har bir hikoyat, rivoyatlar o‗ziga xos 
ma`no va mazmunga, ramziy-falsafiy fikrlarga to‗la. Ayniqsa, buni personajlar 
nutqida kuzatish mumkin. ―Sahrodagi karvon deb nomlangan bobda chol 
nabirasiga shunday deydi: 
― – Odam bolasidan boshqa hamma bir tilde gaplashadi, o‗g‗lim, - dedi 
oqsoqol. – aslida, bunday sirlarni qancha ko‗p anglaganing sayin shuncha chuqur 
sukutga tolasan. Chunki ba`zi bir bilimlar hatto halokatli bo‗ladi, bolam. 
-
Shamol hozir nima deyapti? – deb so‗radi o‗g‗lon. Chol miyig‗ida jilmayib, dedi: 
-
Shamolmi? U gapirmaydi, balki qanotida bilimlarni tashib yuradi. Kerak joyiga 
qarab kerak narsangni olaverasan...‖ [1, 16].
Ko‗rinadiki, muallif hattoki personajlar nutqida ham oddiy so‗zlashuv 
uslubidan emas, balki badiiy uslubdan foydalanib, bu orqali o‗z falsafiy 
qarashlarini o‗quvchilarga yana ham aniqroq ifoda etishga urinadi. Shu boisdan 
mazkur asar mutolaa jarayonida o‗quvchidan ma`lum darajada badiiy ko‗nikma va 
tafakkurni talab etadi. Romanning mohiyati to‗g‗risida so‗z yuritar ekan, Professor 
Qozoqboy Yo‗ldosh quyidagi fikrlarni keltirib o‗tadi: ―Roman bilan tanishgan 
o‗qirmanda, dastlab, asarning syujet chizig‗idagi yetakchi yo‗nalishlar, 
timsollarning istak-urinishlari tasviri Chingiz Aytmatovning Avdiy va Filofey kabi 
qahramonlari tutumlariga o‗xshab ketadi degan o‗y keladi. Lekin romandan kelib 
chiqadigan ma`nolarni chuqur idrok etish natijasidakishi Isajon Sulton masalaning 
mohiyatini islomiy nazar bilan to‗g‗ri anglaganini his etadi. Buyuk irodaga 
bo‗ysungan insinning insof, iymon va ezguligi bosh qahramon bo‗lgan ushbu 
asarda ruhiy tadqiqlardan ko‗ravoqealar tasviri yetakchilik qilganday tuyulsa-da, 
voqealar makonda emas, o‗qirmanning qalbi va shuurida kechgani uchun asar 
individning eposi bo‗lmish roman talabiga to‗la javob beradi. 


511 
...Bu asar har biro dam va butun bashariyatga qilingan ogohlantirish, 
odamzotni yovuzlik va o‗z kuchiga ortiqcha baho berishdan qaytarishga bo‗lgan 
bir badiiy da‘vat desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. Professor Dilmurod Quronov va 
shoir Rahimjon Rahmatning ―Boqiy darbadar‖ asari haqidagi maqolalarida asarga 
muayyan ijodiy tajribaning mahsuli sifatida qarash seziladi. Bizningcha, yozuvchi 
romanda tasvirlanishi lozim bo‗lgan shaxslar, ularning taqdirlari va holatlarini 
shunchalar yaqqol his qilganki, asar o‗z shakli bilan dunyoga kelgan...‖ [1, 3].
Ta`kidlab o‗tish joizki, romanning qanday oqimda yaratilganligi xususida 
ham turli fikrlar mavjud.Ba`zi olimlar ―Boqiy darbadar‖ romanini modernism 
yo‗nalishida yozilgan deb qarasa, ba`zilar esa bu romanga postmodernism 
namunasi sifatida qaraydi. Filologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori Sa‘dullo 
Quronov bu haqida shunday deydi: 
―…yozuvchi 
o‗z 
badiiy 
konsepsiyasini 
ilgari 
surishda 
G‗arb 
adabiyan`analaridan to‗liq andoza olmaydi, balki Sharq va G‗arb an`analarini 
o‗zaro sintez qiladi. Ya`ni muallif postmodernizmning shakily xususiyatlariga 
murojaat etadi, xolos. Asarda postmodernizmga xos ifoda shakllari sharqona 
tafakkur xususiyatlari bilan payvandlanadi va mazmun-mohiyati bilan g‗arbcha 
dunyoqarashni inkor etadi. Agar G‗arb postmodernizmi olamni bema‘ni deya 
hukm chiqarsa, Isajon Sulton romanida shu ma‘nisizdek ko‗rinayotgan dunyoda 
darbadarlikdan qochish kerakligi g‗oyasi olg‗a suriladi‖ [6, 15].
Xulosa qilib aytganda, Isajon Sulton qalamiga mansub ―Boqiy darbadar‖ 
romanining badiiyati, o‗ziga xos uslubi, tili, eng muhimi, asarda yaqqol ko‗zga 
tashlanib turuvchi muallifning yuksak badiiy tafakkuri o‗quvchiga nafaqat estetik 
zavq bag‗ishlaydi, hislarini tarbiyalaydi, balki uning ong-u tafakkurini ham yuksak 
ma`naviy ilmlar va mushohadalar bilan to‗yintiradi, umuminsoniy tuyg‗ulardan 
ogoh etadi. Eng muhimi, kitobxonni fikrlashga, izlanishga, qalb va tafakkurini 
uyg‗unlashturgan holda o‗z hayotining mohiyatini kashf etishga undaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati: 
1. Yo‗ldosh Q. Roman va bugungi o‗zbek romanchiligi.
Sharq yulduzi, 
2013-yil, 3-son. 
2. Quronov D. O‗ylashga undovchi asar.– T.: Sharq yulduzi. 2010 yil, 6-son. 
3. Sulton I. Boqiy darbadar. 
–T.: O‗qituvchi, 
2011. 
4.
https://saviya.uz
 Qo‗chqor R.Sharq yulduzi, 2012 yil, 6-son. 
5.
https://www.bbc.com
 
Isajon Sulton ijodiga chizgilar. 2011 yil. 
6.
http://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/
Quronov.S.Isajon Sultonning ikki 
romani haqida.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə