Zbekiston respublikasi oliy va o


SHE`RIYATDA AKS ETGAN KO`NGIL



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   259
id313213

SHE`RIYATDA AKS ETGAN KO`NGIL 
(Erkin Vohidov adabiy portretiga chizgilar) 
Muyiba OTAMURATOVA,
magistrant (UrDU)
O`zbek adabiyotining yetuk vakili Erkin Vohidov she`riyati o‗ziga xos 
jozibasi, badiiyati va mazmundorligi bilan ajralib turadi. Shoirning ilk she`rlari u 
hali maktabda o‗qib yurgan kezlaridayoq chop etila boshlaydi. Birinchi she`rlar 
to‗plami esa 1961-yilda ―Tong nafasi‖ nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‗ng 
ijodkorning ―Yurak va aql‖, ―Mening yulduzim‖, ―Yoshlik devoni‖, ―Hozirgi 
yoshlar‖, ―Muhabbat‖, ―Tirik sayyoralar‖, ―Bedorlik‖, ―Yaxshidir achchiq 
haqiqat‖, ―Sharqiy qirg`oq‖, ―Kelajakka maktub‖, ―Orzuli dunyo‖, ―Tabassum‖, 
―Yangi she`rlar‖ kabi bir qancha kitoblari, shuningdek, shoirning uzoq yillik ijodiy 
faoliyati samarasi bo‗lmish ―Saylanma‖si chop etildi. Bu ―Saylanma‖ to‗rt jilddan 
iborat bo‗lib, ular: ―Ishq savdosi‖, ―She`r dunyosi‖,, ―Umr daryosi‖, ―Ko‗ngil 


506 
nidosi‖ deb nomlangan. Ushbu to‗plamlarga kiritilgan she`rlarning har birida 
shoirning shaxsiyati, ruhiyati o‗z ifodasini topgan.
Erkin Vohidov o‗z ijodiy faoliyati davomida nafaqat go‗zal she`rlar 
dostonlar va sahna asarlari yaratdi, balki badiiy tarjima bilan ham shug`ullandi. 
Jahon adabiyotining bir qator yetuk badiiyat namunalarini o‗zbek tiliga mahorat 
bilan tarjima qildi. Mumtoz adabiyotimiz darg`alari izidan borib betakror g`azallar 
yaratdi. Erkin Vohidov she`riyati xuddi ijodkorning o‗zi kabi ko‗p qirralidir. Bu 
she`riyat falsafiylikka, donishmandlikka va latofatga boy. Muallifning so‗z tanlash 
va uni munosib qo‗llash mahorati u yaratgan she`rlarga sehr baxsh etadi, satrlar 
jonlanadi, uni o‗qiyotgan qalblar uyg`onadi, junbushga keladi. Bu esa ijodkorning 
ilohiy iste`dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Zero, shoir qalbining u yozgan 
bitiklarda aks etmog`i uchun faqat mehnatning o‗zi kifoya qilmasligi ayon haqiqat.
Erkin Vohidov har bir satrda yangicha ma`noni ifodalashga intiladi. Shu bois 
ijodkorning bizga qisqagina tuyulgan she‘larida ham katta mazmun yashirin. Buni 
shoirning bir qancha she`rlari misolida kuzatishimiz mumkin: 
Kecha kerak bo‗lding, 
Bolalik chog`im! 
Senga qo‗l uzatdim, 
Yo‗q, 
Yetolmadim. 
Oshkora g`irromlik qildi 
O`rtog`im, –
Men: bor o‗ynamayman, 
Deb ketolmadim… [1, 36].
Bolalik, ya`ni ma‘sumiyat davrini tark etishning eng qiyin tomoni bu shoir 
ta`kidlagani kabi do‗stlarning g`irromligini ko‗rib tursang ham bu aloqalarni uzish, 
bariga qo‗l siltab ketish endi oldingidek oson emas. Ba‘zan ulg`ayish bu – 
go‗daklik imtiyozlaridan mahrum bo‗lish bilan barobar. Chunki kattalarning 
xatolari kechirilmaydi. Yuqoridagi she`rda aks etgan holat barchamizga tanish, 
ammo bu voqelikni mohirlik bilan nazmga tera olish har kimning ham qo‗lidan 
kelavermaydi. Erkin Vohidov ijodida bunday saralangan satrlar bisyor. Shoir o‗z 
ichki olamini she`rlarga jo qiladi. Hayotiy voqelikni badiiy so‗z orqali ijod 
namunlariga singdiradi. Shoirning o‗zi buni shunday misralar bilan ifodalaydi: 
El ustozim, men esam tolib, 
So‗z durlarin termoqdir ishim. 
Odamlarning o‗zidan olib 
Odamlarga bermoqdir ishim. [2, 49]. 
Ijodkor chin ma`noda so‗z durlarini terguvchi zotdir. Shoir o‗z bitiklariga 
eng sara so‗zlarni marjon kabi tizadi. Bu so‗zlarda ohangdorlik bilan birga kuchli 
mazmun ham uyg`unlashganligi misralar jozibasini yanada oshiradi. Shoir ilhomni, 
andozani insonlardan, hayotdan oladi va uni satrlarda jonlantirib o‗z egalariga 
qayta taqdim etadi. Erkin Vohidov o‗z asarlari bilan insonlarni poklikka, sadoqatga 
ezgu a‘mollarga amal qilgan holda yashashga da‘vat etadi. U har bir kishi hayoti 
davomida o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlaridan og`ishmasligi, hamisha kimgadir naf 


507 
keltirib yashashi joizligini ta`kidlaydi. Insonlarni quyosh kabi o‗z nuri va harorati 
bilan ko‗zlarni va qalblarni yoritib turishga, barchaga birdek marhamatli bo‗lishga 
toki hayot ekan yonib yashashga chorlaydi. 
Faqat, jonim, o‗zingni zinhor 
Yulduzlarga etmagil qiyos. 
Yonib yasha to tanda jon bor, 
Quyosh bo‗lgin, azizim, quyosh! [3, 25]. 
Erkin Vohidov she`riyati haqida ko‗plab ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Shoir 
adabiy portretini yaratishda o‗z asarlari bilan birga, u haqidagi zamondoshlarining 
xotiralari va shoir ijodini o‗rganish bo‗yicha yaratilgan ilmiy maqolalarga ham 
tayanish o‗rinli bo‗ladi. Adabiyotshunos N. Rahimjonov o‗zining ―Badiiyat 
qirralari‖ nomli maqolasida shoir shaxsi va ijodi haqida qimmatli fikrlar bildiradi: 
―Erkin Vohidovning adabiyot va san`atga, badiiy asarga, ijodkorga bo‗lgan 
talablari ana shu ijtimoiy zaruratdan, ruhoniy ehtiyoj taqozosidan kelib chiqadi. 
Erkin Vohidovning ishonch- e`tiqodiga ko‗ra ijodkor odam hamisha hayotning 
ma`nosini izlashi, o‗z tirikligining mazmunini ezgulikka, olijanoblikka safarbar 
etmog`i, adolatning qaror topishiga xizmat etmog`i lozim‖ [4, 121]. Chindan-da, 
betakror ijodkor Erkin Vohidovning hayot va ijod yo‗liga nazar tashlar ekanmiz, 
uning o‗z umr yo‗lida yuqoridagi ezgulik mezonlariga to‗la amal qilgan holda 
yashaganligi va ijod qilganligiga guvoh bo‗lamiz. 
Erkin Vohidov yaratgan har bir satridan shoirning insonlarga bo‗lgan 
samimiy mehri ufurib turadi va o‗z navbatida ana shu mehr bizning qalbimizga 
ham singib ketadi. Shoir ijodini talqin qilgan Yo‗ldosh Solijonov o‗zining 
―Ruhiyatni yoritgan she`riyat‖ nomli maqolasida Erkin Vohidov haqida shunday 
yozadi: ―Mehr-muhabbati kuchli, sadoqati beqiyos bo‗lganligi tufayli Erkin 
Vohidov xalqimizning chindan ham nihoyatda suyukli shoiri bo‗lib qoldi. Shoir 
o‗zbek she`riyatiga yangicha fikr, yangi shakllar, yangi obraz, yangicha ohang
yangicha usul va vositalar olib kirdi va uning tamoman yangilanishiga munosib 
hissa qo‗shdi. Shoir she`rlari ko‗ngillarga orom, ruhimizga ko‗tarinkilik, 
vujudimizga madad bag`ishlaydi. Demak, shunday shoirni sevmaslik, asarlarini 
chin dildan suyib mutolaa qilmaslik mumkin emas!‖ 
Darhaqiqat, Erkin Vohidov she`riyatida shoirning ko‗ngil kechinmalari
ruhiyati, fikriy teranligi va keng dunyoqarashi bo‗y ko‗rsatadi. Uning yozganlari 
fikrimizni charxlaydi va shuning barobarida ko‗nglimizga taskin beradi. Ijodkor 
uchun adabiyot – ko‗ngil ishi, she`r yozmoq, yaratmoq ko‗ngil xohishidir. Buni 
yaxshi anglagan shoir o‗zining har bir satriga qalb sadosini muhrlaydi. Shu sabab 
Erkin Vohidov she`riyatida shoirning bedor ko‗ngli aks etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Erkin Vohidov. Bedorlik. – T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at 
nashriyoti, 1985. 
2.
Erkin Vohidov. Muhabbat.– T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at 
nashriyoti, 1982. 
3.
Erkin Vohidov. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2000. 
4.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‗zbek she`riyati. – T.: Fan, 2007. 


508 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə