Ўзбекистон республикаси


“Kasbiy motivlarni o‘rganish” mavzusidagi



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə22/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28


9.2.“Kasbiy motivlarni o‘rganish” mavzusidagi

amaliy mashg‘ulotning texnologik kartasi


Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta’limiy maqsadlarga mos o‘quv bilish topshirqlarini ishlab chiqadi.

Samarali ichki guruhlar ishini ta’minlovchi guruhlar uchun- yozma yo‘riqnomalarni tayyorlaydi.

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.






1. O‘quv mashg‘ulotiga kirish bosqichi

(10 daq)

1.1. Mashg‘ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi, ularning axamiyatliligi va dolzarlabligini asoslaydi.

1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so‘rov o‘tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi .

1.3. Ish guruhlarda o‘quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi .


Savollarga javob beradilar.

2. Asosiy bosqich

(55 daqiqa)




2.1. Talabalarni 5-ta kichik guruhga bo‘ladi va guruhlarda hamkorlik asosida ishlash usuli qoidalari bilan tanishtiradi .

2.2.. Har bir guruh alohida metodikalar bilan ishlab so‘ngra bir-birlarining natijalariga ham e’tibor qaratadilar.

2.3. Mavzular asosida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi. Faol ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi.


Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Topshiriqlar bo‘yicha ishlaydilar.

Tinglaydilar.



3–YAkuniy bosqich

(20 daqiqa)





3.1.O‘quv faoliyati yuzasidan xulosa bildiradi.

3.2. Mavzular maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyatini tahlil qiladi va o‘zlashtira olmagan joylarini qayta o‘qib chiqishni tavsiya etadi.


Tinglaydilar.




Kasbiy motivlarni o‘rganish metodikasi.


Tadqiqotning maqsadi - o‘sprin yoshdagi talabalarining kasb bilan bog‘liq bo‘lgan motivlarini xarakteri va uning darajasini o‘rganish.

Test 58 ta savoldan iborat bo‘lib, ular talabalar tomonidan o‘qilishi yoki yozma shaklda taklif etilishi ham mumkin. Har bir savolga qat’iy ravishda «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob berish taklif etiladi.



Javoblar varaqasining tepa qismiga o‘z ismingiz, familiyangiz va sinfingizni yozib qo‘ying. Savolga javob bera turib, savol raqamini, agar savolga qo‘shilsangiz «Q», yoki qarshi bo‘lsangiz «-» deb belgilang».
SAVOLNOMA MATNI:


  1. Butun gurux bilan bir darajada turish sen uchun qiyinmi?

  2. O‘qituvchi, sen materialni qay darajada bilishingni tekshirmoqchiligini aytganda hayajonlanasanmi?

  3. Buni o‘qituvchi hoxlagani uchun, senga sinfda ishlash, qiyinmi?

  1. Sen darsni bilmaganligindan, o‘qituvchingni jahli chiqqan xolati tushlaringa kiradimi?

  2. Sinfdoshlaringdan birontasi seni urgani paytlar bo‘lganmi?

  3. Ko‘pincha o‘qituvchi yangi materialni tushutirayotganda, sen u nimani gapirayotganligini tushunmaguningcha shoshmay turishini xohlaysanmi?

  4. Javob berayotganda yoki vazifani bajarayotganda qattiq xayajonlanasanmi?

  5. Senda dars paytida xato qilib qo‘yishdan qo‘rqib, o‘z fikringni bayon etishdan qo‘rqish hollari bo‘lib turadimi?

  6. Seni javob berishga chaqirishganda oyoqlaring titraydimi?

  7. Sizlar turli o‘yinlar o‘ynayotganingizda sinfdoshlaring seni ustingdan ko‘p kuladilarmi?

  8. Senga o‘zing kutgandan ham past baho qo‘yishgan hollari bo‘lganmi?

  9. Seni ikkinchi yilga qoldirishlari to‘g‘risidagi savol seni tashvishlantiradimi?

  10. O‘yinlar o‘ynashayotganda seni tanlashmagani uchun o‘yinlardan o‘zingni chetga tortasanmi?

  11. Gohida seni javob berishga chaqirshiganda qaltiraysanmi?

  12. Sen qilishni xohlayotgan narsani sinfdoshlaringdan hech qaysinisi qilishni istamayotganliklarini ko‘p his etasanmi?

  13. Vazifani bajarishdan oldin avval kattiq hayajonlanasanmi?

  14. Ota-onang sendan kutayotgan baholarni olish, senga qiyinlik qiladimi?

  15. Vaqti-vaqti bilan sinfda noqulay vaziyatga tushib qolishdan qo‘rqasanmi?

  16. Javob berayotganda xato qilib qo‘ysang, sinfdoshlaring ustingdan kuladilarmi?

  17. Sen ham o‘z sinfdoshlaringa o‘xshaysanmi?

  18. Vazifani bajarib, yaxshi bajara oldimikkin, deb xavotirlanasanmi?

  19. Sinfda ishlayotganingda, hamma narsani eslab qolayotganingga ishonching komilmi?

  20. Maktabda o‘qituvching savoliga javob bera olmayotganing tushingga kiradimi?

  21. Ko‘pchilik bolalar senga do‘stona munosabatda ekanliklari rostmi?

  22. Ishlaring natijasi sinfdoshlaringning natijalari bilan taqqoslanishini bilsang, yanada qattiqroq ishlaysanmi?

  23. Sendan javob so‘rashayotganda, kamroq hayajonlanishni orzu qilasanmi?

  24. Vaqti - vaqti bilan baxslashishga kirishishdan cho‘chiysanmi?

  25. O‘qituvchi sening darsga tayyorlanganligingni tekshirishmoqchi ekanligi haqida gapirganda, yuraging qattiq ura boshlaganini sezasanmi?

  26. Sen yaxshi baho olganingda, o‘rtoqlaringdan birontasi o‘zingni ko‘rsatayotganing haqida o‘ylaydimi?

  27. Ko‘pchilikka birdek muomala qiladigan sinfdoshlaring yonida o‘zingni yaxshi his qilasanmi?

  28. Sinfda bolalar orasidan, sening nafsoniyatinga tegadigan gaplar haqida gapiradigan hollar bo‘lib turadimi?

  29. Seningcha, o‘qishni o‘zlashtira olmayotgan o‘quvchilar o‘z mavqeilarini yo‘qotadilarmi?

  30. Ko‘pchilik sinfdoshlaring senga ahamiyat bermayotgandek tuyuladimi?

  31. Be’mani ahvolda ko‘rinishdan ko‘p qo‘rqasanmi?

  32. O‘qituvchilar senga qanday munosabatda bo‘layotganliklaridan ko‘ngling to‘ladimi?

  33. Sening onang ham, boshqa sinfdoshlaring onalari kabi bayramlar uyushtirishda yordam beradimi?

  34. Atrofdagilar sen haqingda nima deb o‘ylashlari seni xech qiziqtirganmi?

  35. Kelgusida avvalgidan ham yaxshiroq o‘qishinga umid qilasanmi?

  36. Maktabga sinfdoshlaring kabi yaxshi kiyinaman deb hisoblaysanmi?

  37. Darsda javob berayotganingda sen haqingda nima deb o‘ylayotganlari haqida o‘ylab qolasanmi?

  38. Qobiliyatli o‘quvchilar sinfdagi boshka o‘kuvchilarda bo‘lmagan alohida xuquqqa egamilar?

  39. Sinfda hammadan ko‘ra yaxshiroq bola bo‘lganingda, sinfdoshlaringning ayrimlarini jahli chiqadimi?

  40. Sinfdoshlaringni senga muomalasidan ko‘ngling to‘ladimi?

  41. O‘qituvching bilan yakka qolganingda o‘zingni yaxshi his etasanmi?

  42. Sinfdoshlaring goh-gohida sening tashqi ko‘rinishing yoki ahloqing haqida gapiradilarmi?

  43. Maktabdagi ishlar haqida boshqa o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq qag‘uraman deb hisoblaysanmi?

  44. Sendan so‘raganlarida javob bera olmasang, xozir yig‘lab yuborishingni his qilasanmi?

  45. Kechqurun o‘rningdan yotganingda, ba’zida ertaga maktabda nima bo‘lar ekan, deb xavotirlanasanmi?

  46. Kiyin vazifa ustida ishlay turib, ba’zida avvallari yaxshi bilgan narsalarni endilikda mutlaqo yodingdan chiqarganingni his etasanmi?

  47. Vazifa bajarayotganingda qo‘ling salgina titraydimi?

  48. O‘qituvchi sinfga vazifa bermoqchiligi hakida gapirganda, asablashayotganingni his etasanmi?

  49. Maktabda sening bilimlaringni tekshirishlaridan qo‘rqasanmi?

  50. O‘qituvchi sinfga vazifa berishini aytganda, vazifani bajara olmasligingdan qo‘rqasanmi?

  51. Ba’zan, sen qila olmagan narsani sinfdoshlaring qilganliklari tushingga kiradimi?

  52. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotganida, sinfdoshlaring mavzuni sendan ham yaxshiroq tushunayotganday tuyuladimi?

  53. Maktabga keta turib yo‘lda, o‘qituvchi bugun sinfga tekshiruv ishni berishi mumkinligi haqida o‘ylab tashvishlanasanmi?

  54. Vazifa bajarayotganingda, odatda uni yomon bajarayotganday his qilasanmi?

  55. O‘qituvchi vazifani doskada butun sinf oldida bajarishni so‘raganda, qo‘ling salgina titraydimi?



Natijalarni qayta ishlash va izohlash (interpretatsiyalash).
Natijalarni qayta ishlash chog‘ida, javobi test kalitiga mos kelmaydigan savollar ajratib o‘tiladi. Masalan, 58-savolga bola «Ha» deb javob berdi, vaholangki bu savolning kaliti «-», ya’ni «yo‘q» javobi edi. Kalitga mos kelmaydigan javoblar – tashvishlanishning ko‘rinishidir.

Tahlil qilish chog‘ida qo‘yidagilar sanaladi:

a) butun test bo‘yicha mos kelmaslikning umumiy miqdori. Agar bu miqdor 50%dan ortiq bo‘lsa, bolaning ortiqcha tashvishlanishi haqida gapirish mumkin, agar ko‘rsatkich test savollari miqdorining 75%dan ortsa, yuqori tashvishlanganlik haqida gapirish mumkin.

b) tekstda ajratib ko‘rsatilayotgan sakkizta tashvishlanish omillaridan har birining mos kelishi miqdori. Bu erda xam tashvishlanish darajasi birinchi holdagi kabi aniqlanadi. Maktab o‘quvchisining, ko‘pincha u yoki bu xavotirlanish sindromlari (omillar) va ularning miqdori mavjudligi bilan belgilanuvchi umumiy ichki emotsional ohlati ham tahlil qilinadi.




Omillar

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə