Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə23/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

Savol raqamlari


Maktabdagi umumiy xavotirlanish

2,4,7,12,16,21,23,26,28,46,47,48,49,50,51,52,53,54,55,56,57,58

E q 22


Ijtimoiy stressdan siqilish

5,10,15,20,24,30,33,36,39,42,44

E q 11


Muvaffaqiyatga erishishda frustratsiyaga extiyoj

1,3,6,11,17,19,25,29,32,35,38,41,43

E q 13


O‘zini ko‘rsatishdan qo‘rqish

27,31,34,37,40,45

E q 6


Bilimlarni tekshirish holatidagi qo‘rquv

2,7,12,16,21,26

E q 6


Atrofdagilarni kutganlariga mos kelmaslikdan qo‘rqish

3,8,13,17,22

E q 5


Qattiq hayajonga (stress) nisbatan fiziologik qarshilik ko‘rsatishning sustligi

9,14,18,23,28

E q 5


O‘qituvchilar bilan munosabatdagi muammolar va qo‘rquvlar

2,6,11,32,35,41,44,47

E q 8




Natijalar:

  1. Har bir omil bo‘yicha belgilarning mos kelmaslik miqdori («Q» - Ha, «-» - Yo‘q) (mos kelmaslikning mutlaq miqdori foiz hisobida: < 50%; >50; > 75%).

  2. Ushbu ma’lumotlarni individual diagrammalar ko‘rinishida berish.

  3. Har bir omil bo‘yicha butun sinf uchun mos kelmaslik miqdori (mutlaq mazmun - < 50%; >50; > 75%).

  4. Ushbu ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishida berish.

  5. >50 va > 75% ma’lum omil bo‘yicha mos kelmasligi bo‘lgan o‘quvchilar soni (barcha omillar uchun) .

  6. Takroriy o‘lchashlar chog‘ida qiyosiy natijalarni berish.

  7. Har bir o‘quvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot (test natijalari bo‘yicha).


Har bir omilning xarakteristikasi.
Maktabdagi umumiy tashvishlanish – bu, bolaning, maktab hayotiga kirishining turli shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy emotsional holatidir.
Ijtimoiy stresslardan siqilish – bolaning, ijtimoiy kontraktlari (avvalombor, o‘z tengdoshlari bilan) rivojlanishi chog‘idagi emotsional holati.
Muvaffaqiyatga erishishda frustratsiyaga bo‘lgan extiyoj – bolaning o‘z muvaffaqiyati, yuqori yutuqlarga erishishi va x.k.larni rivojlantirishiga to‘sqinlik qiluvchi salbiy psixik vaziyat.
O‘zini ko‘rsatishdan qo‘rqish – o‘z - o‘zini berkitish, o‘zini boshqalarga ko‘rsatish, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishga extiyoj bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda salbiy emotsional siqilish.
Bilimlarni tekshirish chog‘idagi qo‘rquvbilimlar, yutuqlar va imkoniyatlarni tekshirish (ayniqsa hammaning oldida) paytidagi tashvishlanishga nisbatan salbiy munosabat va siqilish.
Atrofdagilar kutganlariga mos kelmaslikdan qo‘rqish – o‘z natijalari, hulqi va fikrlarini baholashda, boshqalarning borligiga ahamiyat berish, baholar borasida tashvishlanish.
Qattiq hayajonga (stress) nisbatan fiziologik qarshilik ko‘rsatishning sustligi – bolaning stressogen xarakterdagi vaziyatlarga moslashganligini pasaytiruvchi psixofiziologik tashkiliy xususiyat sanaladi, u atrof-muhitning xavotirli omiliga noadekvat, destrukturlangan munosabat extimolini oshiradi.
O‘qituvchilar bilan munosabatdagi muammolar va qo‘rquvlar – bolaning ta’lim olishdagi muvaffaqiyatini pasaytiruvchi, maktabda kattalar bilan munosabatlarining umumiy salbiy emotsional xolatidir.



10.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli


Mashg‘ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 -25 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot



Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi haqida tushuncha.

2 Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi.

3.Metodika natijalarini taxlil qilish.



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Semantik differensial metodikasining o‘tkazish usullarini o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:
1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi testi haqida tushuncha berish.

2. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishtirish.

3. Metodika natijalarini taxlil qilish.


O‘quv faoliyati natijalari:
1. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasi haqida tushuncha beradilar.

2. Psixik jarayonlar o‘rganish metodikasini o‘tkazish tartibi bilan tanishadilar.

3.Metodika natijalarini taxlil qiladilar.


Ta’lim berish usullari

Munozara, suhbat,tezkor-so‘rov


Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash:

Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor, flipchart, markerlar.


Ta’lim berish sharoiti

Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya


Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə