Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#86749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

VII BOB 
TAFAKKUR 
 
1. Tafakkur psixologiyasi predmeti 
Psixologiya  fani  nimadan  bashs  etadi,  degan  an'anaviy  savol  mavjuddir, 
biroq  shozirgi  davrda  tafakkur  psixologiyasi  predmeti  nima  degan  savol 
tuqilmoqda. Ma'lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, 
chunki  uning  ayrim  jishatlarini  logika,  filosofiya,  shatto  kibernetika  tadqiq 
qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda mushim 


91 
 
masalalardan  biriga  aylanib  qolmoqda.  Umumiy  psixologiya  darsliklarida 
tafakkurni  berilgan  ta'rif  turlicha  bo’lib,  ikkita  yoki  uchta  mushim  xususiyati 
ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida "tafakkur insonning 
shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’qri), to’liq, chuqur 
va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning taqin sham oqilona amaliy 
faoliyat  bilan  shuqullanishiga  imkon  beradi"  deb  ta'riflanadi.  Ushbu  ta'rifda 
tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan sholda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, 
xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so’z yordami bilan ifodalanishi 
muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.  
M. V. Gamezo  "tafakkur  voqelikning  umumlashgan  sholda  va  so’z  shamda 
o’tmish  tajriba  vositalarida  aks  ettirilishi"  ekanligi  bayon  qiladi.  U  tafakkurning 
umumlashagn,  so’z  vositasida  va  vositali  atrof-mushit  shodisalarini  aks  ettira 
olishini  ta'kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga  berilgan  ushbu  ta'rif  uning  predmetini 
to’la  ochib  berishga  qurbi  yetmaydi,  shuning  uchun  boshqa  manbalarga  murojaat 
qilishga to’qri keladi.  
A.  V.  Petrovskiy  tashriri  ostidagi  darslikda  tafakkurga  ushbu  shaklda  ta'rif 
o’z  ifodasini  topgan:  "Tafakkur-ijtimoiy-sababiy,  nutq  bilan  chambarchas  boqliq 
mushim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib 
aytganda,  tafakkur  voqelikni  analiz  va  sintez  qilishda  uni  bevosita  va 
umumlashtirib  aks  ettirish  jarayondir".  Ta'rifdan  ko’rinib  turibdiki,  yuqorida 
keltirib  o’tilgan  ta'riflardan  bir  muncha  kengroq  tafakkur  xususiyatlarni  ochib 
berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jishatlari to’la kamrab olinmagan.  
V.  V.  Bogoslovskiy  tashriridagi  darslikda  sham  tafakkurga  berilgan  ta'rif 
uning umumlashgan va  bilvosita  aks  ettirish xususiyatlari  yoritilgan  xolos. Xuddi 
shunga  o’xshash  tafakkur  xususiyatlari  F.  N.  Gonobolin,  K.  K.  Platonov 
darsliklarida  sham  uchraydi.  Bizningcha,  tafakkur  predmetini  belgilash  uchun 
to’laroq ta'rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan.  
Tafakkur  predmetiga  kiruvchi  tarkibiy  qismlar  mana  bunday  ifodalanadi: 
"Tafakkur- bu o’z mashsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni 
xarakterlaydigan,  umumlashtirish  darajasi  va  foydalanadigan  vositalariga  shamda 
o’sha  umumlashmalar  yangiligiga  boqliq  ravishda  turlarga  ajratishdan  iborat 
jarayon,  bilish  faoliyatidir".  O.  K.  Tixomirov  mazkur  ta'rifda  tafakkurning 
aksariyat jishatlari va xususiyatlarini ta'kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga 
yangicha  yondashishlarning  paydo  bo’lishi  ta'rifni  yanada  takomillashtirishni 
taqozo qiladi.  
Shozirgi  davrda  tafakkurning  predmeti  yuzasidan  psixologiyada  turli-tuman 
qarash va ta'riflar mavjuddir.  
Ularni  ayrimlariga  xarakteristika  berib  o’tamiz.  S.  L.  Rubinshteyn 
nazariyasiga  binoan,  tafakkurni  psixologik  jishatdan  o’rganishning  asosiy 
predmeti-  jarayon,  faoliyat  tariqasida  namoyon  bo’lishdir.  Muallif  tafakkur 
operasiyalari,  shakllarini  shakllantirishda-jarayon,  muammoli  vaziyatni  shal 
qilishda  esa-fikr  yuritish  faoliyati  sifatida  vujudga  kelishini  chuqur  tashlil  qilib 
beradi.  S.  L.  Rubinshteyn  tafakkur  to’qrisidagi  qoyani  rivojlantirib,  uni  sub'ekt 
faolligining paydo bo’lishi deb ataladi.  


92 
 
A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan muloshaza yuritib, 
tafakkurni  turli  ko’rinishlarga  ajratadi,  fikr  yuritish  faoliyati  ekanligini  tan  oladi, 
lekin  uni  predmetli-amaliy  faoliyat  deb  nomlaydi.  Shuning  bilan  birga 
tafakkurning  strukturasi, fikr  yuritish  motivasiyasi  to’qrisida  nazariy  metodologik 
muammolarni o’rtaga tashlaydi.  
P.  Ya.  Galperin  fikriga  ko’ra,  tafakkur-bu  orientirlash-tadqiqot  faoliyati, 
orientirovka  jarayondir,  ya'ni  orientirovka-jarayon,  orientirovka  faoliyat.  Muallif 
psixologiya  fani  intellektual  masalalarni  yachishda  sub'ektning  tafakkurga 
orientirovka  qilish  jarayonini  o’rganishdan  iborat  deb  tushuntiriladi.  P.  Ya. 
Galperin  tafakkurning  boshqa  jashatlarini  o’zining  aqliy  sharakatlarni  bosqichli 
shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan sholda yoritishga intiladi.  
A.  V.  Brushlinskiy  tadqiqotlarida  tafakkurning  mushim  yangilikni  qidirish 
va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari 
aloshida  ta'kidlab  o’tiladi.  Yuqoridagi  mualliflardan  o’laroq,  A.  V.  Brushlinskiy 
tafakkurning  umumlashtirib,  bilvosita  aks  ettirishdan  tashqari  mushim  yangilikni 
izlash  va  ochish,  oldindan  bashorat  qilish  xususiyatlari  mavjudligini  dalillab 
ko’rsatadi.  
Tafakkur  psixologiyasi  predmeti  yuzasidan  sho’ro  psixologlari  tomonidan 
bildirilgan  muloshazalarga  yakun  yasab,  umumiy  ta'rif  berishning  mavridi  keldi. 
Psixologiyada  tafakkurga  nisbatan  berilgan  qator  tushunchalar  mavjuddir, 
jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql 
mezoni, fashmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan sholda, tafakkurga 
quyidagi  shartli  ta'rifni  berish  mumkin:  Tafakkur  atrof-mushitdagi  voqelikni  nutq 
yordami bilan bavosita, umumlashagn sholda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy 
sababiy  boqlanishlarni  anglashga,  yangilik  ochishga  va  bashorat  qilishga 
yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta'rifda tafakkurning eng mushim xususiyatlari va 
funksiyasi sanab o’tilgan, ya'ni so’z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy 
sababiylik,  yangilik  ochish,  bashorat  qilish,  jarayon,  faoliyat  va  boshqalar. 
Bizningcha, berilgan ta'rifdan kelib chiqqan sholda tafakkur predmetini aniqlashga 
sharakat  qilinsa,  maqsadga  muvofiq  ish  qilingan  bo’lar  edi.  Tafakkur  predmetini 
belgilash  mashaqqati  uning  murakab  bilish  jarayoni  ekanligini  yana  bir  qirra 
tasdiqlab turibdi. quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz.  
 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə