37
pufaklik davriga o‘tadi. Suyuqlik bilan to‘lgan pufakcha
finna
de
yiladi. Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol
qilgan
odam uni o‘ziga yuqtiradi. Odam – qoramol tasmasimon chu-
valchangining asosiy xo‘jayini, qoramollar esa oraliq xo‘jayini
hisoblanadi.
Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi. Yassi chuvalchanglar
orasida eng qadimgisi ichaksiz kiðrikli chuvalchanglar hisoblanadi.
Ular tuzilishi bo‘shliqichlilarning lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Ke-
yinchalik kiðrikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashishi
tufayli tuzi
lishi soddalashib borgan va ulardan so‘rg‘ichlilar hamda
tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.
1. Jigar qurti qanday tuzilgan?
2. Jigar qurti qanday rivojlanadi?
3. Jigar qurtining asosiy va oraliq xo‘jayinlari qaysi hayvonlar bo‘ladi?
4. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday tuzilgan?
5. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
6. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam va qoramollarga qanday yuqadi?
Terminlarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab ko‘r sating.
a) lichinka;
1) tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli pufak davri;
b) oraliq xo‘jayin;
2) so‘rg‘ichlilarning noqulay sharoitga chidamli davri;
d) asosiy xo‘jayin;
3) hayvonlarning
voyaga yetmagan davri;
e) sista;
4) lichinka parazitlik qiladigan organizm;
f) finna;
5) voyaga yetgan parazit yashaydigan organizm;
g) so‘rg‘ich.
6) yopishuv organi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
So‘rg‘ichlilar, oraliq xo‘jayin, asosiy xo‘jayin, lichinka, sista, ji
gar qurti,
so‘rg‘ichlar, finna, tasmasimon chuvalchanglar, parazit, qoramol tasmasi-
moni.
Jumboqni yeching. Jigar qurti zararlagan jigar yoki
qoramol tasmalisi tuxumlari
bilan ifloslangan ko‘kat iste’mol qilinganda, bu parazitlar iste’molchiga yuqishi
mumkinmi?
Quyidagi topishmoqlarda keltirilgan belgilar qaysi hayvonga tegishli?
8. Ikki so‘rg‘ichli, yapaloq,
Shaklan o‘xshar bir yaproq.
9. Uzun tasma – ichaksiz,
To‘rt so‘rg‘ichli, ilmoqsiz.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-5, e-2, f-1, g-6.
9-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari
?!
38
To‘garak chuvalchanglar tiði:
10-§.
odam askaridasi
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shakl-
da, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan.
Dengiz, chuchuk suv
va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon
va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol
bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka
ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalash-
gan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi
15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash
egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st –
kutikula bilan qoplangan. Yopishuv
organlari rivojlanmagan, uning
elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga
chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qi-
lish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz
teshigidan boshlanib, qisqa halqum,
qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda
keyingi ichak orqali orqa chiqaruv
(anal) teshigi bilan tamom bo‘la
-
di. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz
teshigi uchta lab bilan
o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan
oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning
anal
teshigi orqali chiqib ketadi.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
21-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi:
1 – teri; 2 – og‘iz; 3 – halqum; 4 – ichak; 5 – anal teshigi;
6 – tuxumdonlar; 7 – tuxum yo‘li; 8 – bachadonlar
2
5
1
8
7
6
3
4
39
Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana
bo‘ylab o‘tgan ikkita uzun naydan iborat.
Naylar tananing ol-
dingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochila-
di. Gavda
sining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o‘rab
olgan. Bu halqadan tana bo‘ylab keyingi va oldingi tomonga
nervlar ketadi.
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy
sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana
bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining
jinsiy organi ikkita
tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askari-
da juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240
000 tagacha tuxum
qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini
xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqa-
riladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojla-
nadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan
sabzavot va mevalar
orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi.
Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan
10-§. To‘garak chuvalchanglar tiрi: odam askaridasi
22-rasm.
Askaridaning
rivojlanishi:
1 – tuxum; 2 – tup roq-
dagi tuxumlar;
3 – ur g‘ochi askari-
da; 4 – erkak aska rida;
5 – o‘pka ga o‘ta yot gan
lichinka;
6 –
voyaga yetgan davri;
7 – lichinka
1
7
3
6
4
5
2
og‘izga tushadi. Ular og‘izdan yana ichakka qaytib tushgach,
rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo‘yishga kirishadi.
Askaridaning zarari. Askarida bilan kasallangan kishi ozib ke
ta
di,
rangi siniq bo‘ladi. Uning qorni muntazam og‘rib turadi. Ichakdagi