40
askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtir-
maslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yu-
vib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya
qilish zarur.
To‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi. To‘garak chuvalchang-
lar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining
ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qila-
di. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jara
yonida qadimgi yassi
chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi
paydo bo‘lgan; ulardan to‘garak chuval
changlar kelib chiqqan.
1. Askaridaning tashqi tuzilishi xususiyati nimadan iborat?
2. Askarida oq planariyadan qanday farq qiladi?
3. Askaridaning urg‘ochisi va erkagi o‘rtasida qanday farq bor?
4. Askaridaning ichki tuzilishiga xos xususiyatlar nimadan iborat?
5. Askarida bilan oq planariyaning tuzilishidagi o‘xshashlik nimadan ibo rat?
6. Askarida qanday rivojlanadi?
1. To‘garak chuvalchanglar tanasi:
2. Odam askarida bilan zararlanadi:
a) kiðrikli epiteliy bilan qoplangan;
a) sabzavot, meva, iflos qo‘l orqali;
b) sharsimon, ya’ni to‘garak shaklda;
b) zararlangan go‘sht orqali;
d) ko‘ndalang kesimi to‘garak.
d) ifloslangan suv va go‘sht orqali.
Askarida tanasi qismlari va ularning tuzilishini juftlab yozing.
a) ichagi;
1) ayrim jinsli;
b) jinsiy sistemasi;
2) tana bo‘ylab o‘tgan bir juft naycha;
d) ayirish sistemasi;
3) keyingi qismi rivojlangan;
e) urg‘ochisi dumi;
4) qorin tomoniga egilgan;
f) erkagi dumi.
5) egilmagan, to‘g‘ri.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
To‘garak chuvalchanglar, odam askaridasi, qizilo‘ngach, keyingi ichak, anal
teshigi, ayrim jinsli, kutikula.
Javob bering. Nima sababdan askarida asosan poliz mahsulotlari orqali yuqadi?
Parazit nomini toping va uning qanday yuqishini ko‘rsating.
10. Ichakda bor bir xivich,
Bo‘yi rosa bir qarich.
Tekin tomoq, ichak so‘rar,
Bilsang ayt-chi, qanday yuqar?
Tasdiqlovchi javoblar: 1-d, 2-a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2, e-5, f-4.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
?!
41
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
Exinokokk. Exinokokk yassi chuvalchanglar tiði, tasmasi
mon
chulval
changlar sinfiga kiradi. Uning uzunligi 0,3–0,6 mm bo‘lib, it,
bo‘ri va tulkilar ichagida parazitlik qiladi (23-rasm, 3, 4). Boshidagi
ikki juft so‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Ta-
nasi 5–6 bo‘g‘imdan iborat; tuxumga to‘lgan oxirgi bo‘g‘imi hayvon
axlati bilan tashqariga chiqib ketadi, uning o‘rniga yana boshqasi
hosil bo‘ladi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
23-rasm. Parazit
chuvalchanglar:
1 – cho‘chqa tasmasimon
chuvalchangi; 2 – uning
boshi; 3 – voyaga yetgan
exinokokk; 4 – exinokokk
pufagi.
4
1
3
2
Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qoramol, qo‘y, ot
va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushganida ulardan chiqqan
lichinkalar qon orqali o‘pka, jigar yoki boshqa organlarga borib,
juda yirik, ba’zan chaqaloq boshidek va undan ham kattaroq pu-
fak (finna)ni hosil qiladi. Bunday pufak ichidagi suyuqlikda faqat
mikroskopda ko‘rinadigan juda ko‘p sonli lichinkalar bo‘ladi. Itlar
va yirtqich hayvonlar o‘txo‘r hayvonlarning ichki organlari bilan
birga ana shunday pufaklarni yeganida ular ichagida lichinkalar
voyaga yetadi. Hayvon ichagidan axlat bilan juda ko‘p exinokokk
tuxumlari tashqariga chiqib turadi. Tuxumlar hayvonlarning yungi-
ga ham yopishib qoladi. Odam kasal itni erkalatganida exinokokk
tuxumlarini yuqtiradi. Odam va o‘txo‘r hayvonlar exinokokkning
oraliq xo‘jayini, it va boshqa yirtqich hayvonlar esa uning asosiy
xo‘jayini hisoblanadi.
42
Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi yassi chuvalchanglar tiði-
ning tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiradi. Uning tuzilishi
va hayot kechirishi qoramol tasmasimon chuvalchanginikiga o‘x-
shash bo‘lib, voyaga yetgan davrida odam ichagida, lichinkasi
cho‘chqalar musku
lida uchraydi. Odam yaxshi pishirilmagan
cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilib, parazit finnasini yuqtiradi
(23-rasm, 1, 2).
Bolalar gijjasi. Bu gijja to‘garak chuvalchanglar tiðiga kira
di.
Gijja odamlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar
ning ichagida
parazitlik qiladi. Gijja – oqish rangli, juda mayda (5–10 mm)
chuvalchang. Bolalar gijjasining urg‘ochisi urug‘lan
gandan keyin orqa
chiqaruv teshigi yaqinida yashay boshlaydi. Kechasi orqa chiqaruv
teshigi atrofidagi teriga tuxum qo‘yadi. Bu paytda teri qattiq qi-
chishib, kishini bezovta qiladi. Gijjaning tuxumlari iflos qo‘l orqa-
li yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi. Gijja
tuxumlari kasal odamning kiyimi, to‘shagi yoki boshqa buyumlari
orqali yuqadi.
Rishta – to‘garak chuvalchanglar tipiga mansub parazit
hayvon. Tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga
o‘xshash, uzunligi 32 sm dan 100 sm gacha bo‘ladi. Rishta oyoq,
ba’zan qo‘l tеrisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada parazitlik qiladi.
Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘la-
di. Yaradan rishta tanasining bir qismi chiqib turadi. Tananing
qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘xshab o‘ralib yotadi. Rishta
tirik lichinkalar tug‘ib ko‘payadi. Rishta bilan zararlangan odam
yoki hayvon suvga tushganida lichinkalar suvga chiqadi. Ular-
ni suvdagi juda mayda qisqichbaqasimonlardan sikloplar yutib
yuboradi. Odam yoki hayvonlar siklopli suvni ichganida rishtaning
lichinkasi ularga o‘tadi. Odam tanasida lichinka bir yil davomida
voyaga еtadi.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash natijasida O‘zbеkis-
tonda rishta aholi orasida tugatilgan. Hozir rishta bilan zararlanish
yovvoyi hayvonlarda uchrab turadi.
Bo‘rtma nematoda. O‘simliklarning yer ostki qismida parazitlik
qiladi. Kasallangan o‘simlik ildizida no‘xatdek va undan yirikroq
(ba’zan mushtdek) bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Bunday o‘simlik o‘sish
va rivojlanishdan qoladi, uning hosili kamayib ketadi; kuchli zarar-
langan o‘simliklar tez orada halok bo‘ladi. Nematoda ayniqsa
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
Dostları ilə paylaş: |