64
bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan
oziq qoldiqlari dum suzgichi
ning o‘rtasida
joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko‘krakning orqa
tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37-
rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan
tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar
va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralar-
ga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib
qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod
bilan to‘yingan qon yurak devoridagi
uch juft teshikchalar orqali
uning bo‘shlig‘iga o‘tadi.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi
37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi:
1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 –
orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri
5
1
4
3
2
Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan
bir juft
yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning
tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pu-
faksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida
joylashgan, naychalari
esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar
qonda eri
gan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqa-
rib yuboradi.
Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va
halqum osti nerv tugunla
ri, halqum atrofi nerv halqasi va qorin
nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘y-
lovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin
nerv tugunlaridan esa
barcha organlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari
harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda
65
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha
atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zcha-
lar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik
bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib,
mozaik ko‘rish deyiladi.
Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan
tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta
mo‘ylovlarining asosida
eshitish va
muvozanat saqlash organlari joy-
lashgan.
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqa-
simonlarning 30
000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchili-
gi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari
chuchuk suvlarda hayot
kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqich
baqasimonlar
plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqa-
simonlardan
dafniya va
siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular
baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun max-
sus ko‘paytiriladi.
38-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar:
1 – dafniya; 2 – siklop; 3 – zaxkash; 4 – krevetka; 5 –
kamchatka krabi
1
2
3
4
5
Ko‘pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, lan-
gustlar, krevetkalar) go‘shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar
baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i
hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga
moslashgan. O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida
zaxkash (eshak qurt)
keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o‘simlik qol
diq
lari bi-
lan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib,
uni chirin
di moddalarga
boyitadi.
66
1. Daryo qisqichbaqasi muskullari qanday tuzilgan?
2. Qisqichbaqa organizmida oziq qanday hazm bo‘ladi?
3. Qisqichbaqaning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Qisqichbaqa qanday hafas oladi?
5. Qisqichbaqaning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Qisqichbaqaning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
7. Qisqichbaqasimonlarning qaysi turlari chuchuk suvlarda tarqalgan?
8. Qisqichbaqasimonlar qanday ahamiyatga ega?
1. Qisqichbaqa ozig‘i:
2. Qisqichbaqaning ayirish
sistemasi:
a) ichak va jigarda maydalanadi;
a) yashil bezlar va naychalar;
b) ichak va jigarda hazm bo‘ladi;
b) ichak bo‘shlig‘iga
ochiladi;
d) halqum va ichakda hazm bo‘ladi.
d) jag‘oyoqlari asosida ochiladi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Katta oshqozon, kichik oshqozon, yashil bezlar, murakkab ko‘z, mozaik
ko‘rish, plankton, dafniya, siklop, krab, omar, langust, krevetka, zaxkash.
Javob bering. Daryo qisqichbaqasining ochiq (tutashmagan)
qon aylanish
sistemasi yomg‘ir chuvalchangining yopiq (tutash) qon aylanish sistemasidan
qanday farq qiladi?
Topishmoqda keltirilgan hayvonning harakatlanishiga tavsif bering.
17. O‘n oyoqda olg‘a yurar,
Shoshar bo‘lsa, ortga suzar.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
7.2.
O‘RGIMCHAKSIMONLAR SINFI
O‘rgimchaksimonlar haqiqiy quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar.
Og‘iz organi 2 juft. O‘pka yoki traxeya orqali nafas oladi. Ayrim
jinsli harakat organlari 4 juft. O‘rgimchaksimonlar sinfi o‘rgimchaklar,
falangalar, chayonlar, kanalar turkumlariga ajratiladi.
Butli o‘rgimchakning tuzilishi
18-§. va hayot kechirishi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Butli o‘rgimchak o‘tlar
va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin
o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
?!