67
to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning
tanasi
kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘lina-
di (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy
ko‘z
chasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz
organlari joylashgan.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
2
4
1
3
5
7
6
39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri:
1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin;
5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja
Og‘iz organlarining birin
chi jufti
ustki jag‘lar hisob lanadi. Ust-
ki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘sim-
tadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi.
Jag‘lar
ning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida
zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi
tanasiga tushadi va
uni o‘ldiradi.
O‘rgimchaklarning ikkin
chi juft og‘iz organlari
oyoq paypas-
lagichlar
deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qop
langan
bo‘lib, tuyg‘u organi hisob
lanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘im-
lari
pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgim
chakning oyoq
paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Bosh-
ko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoq
lari ham joylashgan.
Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining
orqa
tomonida butsi
mon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga
butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida
uch juft
o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bez-
larining yo‘llari ochiladi.
Tutqich to‘ri. O‘rgimchak bezlaridan ajralib chiqayot-
gan suyuq
lik havoda qotib, iðga aylanish xususiyatiga ega.
68
Orqa oyoqlaridagi taroqqa o‘xshash tirnoqlari yordamida bir
necha bezdan hosil bo‘layotgan iðlarni o‘rgimchak
bir-biriga
yopishtirib, bitta yaxlit ið hosil qiladi. Urg‘ochisi bu iðlardan
tutqich to‘r to‘qiydi (39-rasm). Butli o‘rgimchakning tutqich
to‘ri g‘ildirak shaklida bo‘lib, butalar va baland bo‘yli o‘tlar
orasiga tik tortilgan bo‘ladi.
O‘rgimchak ovi. Tutqich to‘r yoniga o‘rgimchak ko‘pincha
to‘rdan in to‘qiydi. Bu inda u o‘z o‘ljasini poylab yotadi. Tutqich
to‘rning markazidan o‘rgimchak tomonga signal iði tortilgan bo‘la-
di. Tasodifan to‘rga tushib qolib, tiðirchilayotgan pash
sha, kapalak
va boshqa mayda hasharotlar signal iðini tebratganida o‘rgimchak
inidan tezda chiqib, o‘ljaga tashlanadi va uni o‘rgimchak iði bilan
o‘rab oladi. O‘ljani ustki jag‘larining o‘tkir
tirnoqlari yordamida za-
harlab o‘ldiradi. Shundan keyin uni birmuncha vaqt qoldirib, iniga
kirib ketadi.
Oziqlanishi. O‘rgimchak zahari tarkibida hazm suyuqligi bo‘ladi.
Bu suyuqlik ta’sirida o‘ljaning ichki to‘qimalari parchalanib suyuq
holga keladi. O‘lja tanasini so‘rib oladi. O‘ljadan faqat xitin po‘sti
qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga
ta’sir qilmaydi.
Nafas olishi. Qornining oldingi tomonida bir juft
o‘pka xalta-
lari joylashgan (40-rasm). Har qaysi o‘pkada ko‘plab varaqsimon
o‘simtalar bo‘ladi. Bu varaqlar orqali qon aylanadi. O‘rgim-
chakning nafas olishida o‘pka bilan bir qatorda ikki tutam
tra-
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
3
8
4
9
5
10
2
1
6
7
40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi:
1 –
zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak;
6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez
69
xeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok
etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy te-
shik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon
aylanish, ayirish va nerv sistemalarining
tuzilishi daryo qisqich-
baqasinikiga o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘payishi. Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan
yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana
joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga bekinib olib, iðdan to‘qil-
gan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud
bo‘ladi, tuxumlari
pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan
yosh o‘rgimchaklar chiqadi.
1. Butli o‘rgimchakning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
2. Butli o‘rgimchak jag‘lari qanday tuzilgan?
3. O‘rgimchakning qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
4. O‘rgimchakning tutqich to‘ri qanday to‘qiladi?
5. Butli o‘rgimchak qanday ov qiladi?
6. O‘rgimchaklar qanday nafas oladi?
7. Butli o‘rgimchak qanday ko‘payadi?
1. O‘rgimchak tanasi bo‘limlari:
2. O‘rgimchakning qorin bo‘limi uchida:
a) yaxlit boshko‘krak
va qorin;
a) ikki juft o‘rgimchak so‘gallari bor;
b) bosh, ko‘krak va qorin;
b) butsimon oqish dog‘ bo‘ladi;
d) bosh, boshko‘krak va qorin.
d) uch juft o‘rgimchak so‘gallari bor.
3. O‘rgimchakning nafas olish organi:
b) ikki juft o‘pkalar;
a) bir juft o‘pka va traxeyalar;
d) ikki tutam traxeyalar.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
O‘rgimchaksimonlar, zahar bezlari, oyoq paypaslagichlar, o‘rgimchak bezlari,
tutqich to‘r, o‘pka xaltalari, traxeyalar, pilla.
Jumboqni yeching. Aytishlaricha, juda mustahkam
ip olish maqsadida olib
borilgan o‘rgimchaklarni qo‘lda boqish ishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nima
uchun shunday bo‘lgan?
Topishmoqda qaysi hayvonning ov qilishi tasvirlangan?
18. To‘ri bilan o‘rab oladi,
Chivinga u zanjir soladi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d, 3a.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
?!