Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64

67
to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi 
kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘lina-
di (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy 
ko‘z 
chasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz 
organlari joylashgan.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
2
4
1
3
5
7
6
39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri: 
1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 
5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja
Og‘iz organlarining birin 
chi jufti ustki jag‘lar hisob lanadi.  Ust-
ki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘sim-
tadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. 
Jag‘lar 
ning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida 
zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va 
uni o‘ldiradi.
O‘rgimchaklarning ikkin 
chi juft og‘iz organlari oyoq paypas-
lagichlar
 deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qop 
langan 
bo‘lib, tuyg‘u organi hisob 
lanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘im-
lari  pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgim 
chakning oyoq 
paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Bosh-
ko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoq 
lari ham joylashgan. 
Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining 
orqa tomonida butsi 
mon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga 
butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida 
uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bez-
larining yo‘llari ochiladi.
Tutqich to‘ri. O‘rgimchak bezlaridan ajralib chiqayot-
gan suyuq 
lik havoda qotib, iðga aylanish xususiyatiga ega. 


68
Orqa oyoqlaridagi taroqqa o‘xshash tirnoqlari yordamida bir 
necha bezdan hosil bo‘layotgan iðlarni o‘rgimchak bir-biriga 
yopishtirib, bitta yaxlit ið hosil qiladi. Urg‘ochisi bu iðlardan 
tutqich to‘r to‘qiydi (39-rasm). Butli o‘rgimchakning tutqich 
to‘ri g‘ildirak shaklida bo‘lib, butalar va baland bo‘yli o‘tlar 
orasiga tik tortilgan bo‘ladi.
O‘rgimchak ovi. Tutqich to‘r yoniga o‘rgimchak ko‘pincha 
to‘rdan in to‘qiydi. Bu inda u o‘z o‘ljasini poylab yotadi. Tutqich 
to‘rning markazidan o‘rgimchak tomonga signal iði tortilgan bo‘la-
di. Tasodifan to‘rga tushib qolib, tiðirchilayotgan pash 
sha, kapalak 
va boshqa mayda hasharotlar signal iðini tebratganida o‘rgimchak 
inidan tezda chiqib, o‘ljaga tashlanadi va uni o‘rgimchak iði bilan 
o‘rab oladi. O‘ljani ustki jag‘larining o‘tkir tirnoqlari yordamida za-
harlab o‘ldiradi. Shundan keyin uni birmuncha vaqt qoldirib, iniga 
kirib ketadi.
Oziqlanishi. O‘rgimchak zahari tarkibida hazm suyuqligi bo‘ladi. 
Bu suyuqlik ta’sirida o‘ljaning ichki to‘qimalari parchalanib suyuq 
holga keladi. O‘lja tanasini so‘rib oladi. O‘ljadan faqat xitin po‘sti 
qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga 
ta’sir qilmaydi.
Nafas olishi. Qornining oldingi tomonida bir juft  o‘pka xalta-
lari joylashgan (40-rasm). Har qaysi o‘pkada ko‘plab varaqsimon 
o‘simtalar bo‘ladi. Bu varaqlar orqali qon aylanadi. O‘rgim-
chakning nafas olishida o‘pka bilan bir qatorda ikki tutam tra-
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
3
8
4
9
5
10
2
1
6
7
40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 
1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 
6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez


69
xeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok 
etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy te-
shik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon 
aylanish, ayirish va nerv sistemalarining tuzilishi daryo qisqich-
baqasinikiga o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘payishi. Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan 
yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana 
joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga bekinib olib, iðdan to‘qil-
gan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud 
bo‘ladi, tuxumlari pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan 
yosh o‘rgimchaklar chiqadi.
1. Butli o‘rgimchakning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
2. Butli o‘rgimchak jag‘lari qanday tuzilgan?
3. O‘rgimchakning qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
4. O‘rgimchakning tutqich to‘ri qanday to‘qiladi?
5. Butli o‘rgimchak qanday ov qiladi?
6. O‘rgimchaklar qanday nafas oladi?
7. Butli o‘rgimchak qanday ko‘payadi?
1. O‘rgimchak tanasi bo‘limlari: 
2. O‘rgimchakning qorin bo‘limi uchida:
a) yaxlit boshko‘krak va qorin
a) ikki juft o‘rgimchak so‘gallari bor;
b) bosh, ko‘krak va qorin; 
b) butsimon oqish dog‘ bo‘ladi;
d) bosh, boshko‘krak va qorin. 
d) uch juft o‘rgimchak so‘gallari bor.
3. O‘rgimchakning nafas olish organi: 
b) ikki juft o‘pkalar;
a) bir juft o‘pka va traxeyalar; 
 
d) ikki tutam traxeyalar.
Lugat daftaringizga yozib oling.
O‘rgimchaksimonlar, zahar bezlari, oyoq paypaslagichlar, o‘rgimchak bezlari, 
tutqich to‘r, o‘pka xaltalari, traxeyalar, pilla.
Jumboqni yeching. Aytishlaricha, juda mustahkam ip olish maqsadida olib 
borilgan o‘rgimchaklarni qo‘lda boqish ishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nima 
uchun shunday bo‘lgan?
Topishmoqda qaysi hayvonning ov qilishi tasvirlangan?
18. To‘ri bilan o‘rab oladi, 
   Chivinga u zanjir soladi. 
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d, 3a.
 
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə