Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64

76
Jumboqni yeching. Ko‘pchilik hasharotlar chiroyli rangda bo‘ladi. Bir qancha 
hasharotlar ovoz chiqaradi. Ayting-chi, hasharotlarga chiroy va ovoz chiqarish 
nima uchun kerak?
Topishmoqda qaysi hayvonning afti-angori tasvirlangan?
20. To‘ni zardek yaltiroq,
 
Mo‘ylovi mitti taroq.
 
Chiroy berar yashil qanoti, 
  Qani ayt-chi, nimadir oti?
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1, d-7, e-3, f-2, g-4, h-6.
 
21-§.  Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi
Hazm qilish sistemasi. Yashil bronza qo‘ng‘izi o‘simliklar guli, 
yosh barglari va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qo‘ng‘iz 
o‘tkir yuqori jag‘lari yordamida o‘simlik to‘qimasini uzib olib, 
pastki jag‘lari bilan chaynab maydalaydi. Ana shunga o‘xshash 
qattiq oziqni chaynashga moslashgan og‘iz organlari kemiruvchi hi-
soblanadi. Oziq og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan aralashadi va qisqa 
halqum orqali qizilo‘ngachga, undan muskulli oshqozon 
ga tushadi 
(44-rasm). Osh 
qozonda ezilgan oziq ichakka o‘tadi. Ichakda oziq 
hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv 
teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Hasharotlar og‘iz organlari har xil tuzilgan. Qattiq o‘simlik va 
hayvonlar to‘qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qo‘n 
g‘izlar, 
chigirtkalar, chumolilar, beshiktervatarlar)ning og‘iz organlari yashil 
bronza qo‘ng‘izinikiga o‘xshash kemiruvchi bo‘ladi. Suyuq oziq 
(o‘simlik shirasi, gul nektari, qon) bilan oziqlanadigan hasharotlar-
ning og‘iz organlari uzun va ingichka xartumchadan iborat.
Qon aylanish sistemasi hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari ochiq 
bo‘ladi. Qoni tana bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. Ichki organlari va 
to‘qimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar 
to‘qimalarga o‘tadi, to‘qimalardan esa moddalar almashinuvi 
ning 
oxirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlarning qoni nafas 
olishda ishtirok etmaydi, ya’ni kislorod tashimaydi. Yuragi  qorin 
bo‘limida, ichagi ustida tana bo‘ylab joylashgan muskulli naychadan 
7.3. Hasharotlar sinfi
?!


77
iborat. Yurakdan bosh tomoniga qarab bitta qisqa qon tomiri keta-
di. Bu tomirning uchi tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Yurak qisqarganida 
qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u 
yerdan tana bo‘shlig‘iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon 
tana bo‘shlig‘idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning 
ichiga o‘tadi.
Nafas olish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan juda ko‘p 
shoxlangan ingichka naychalarga o‘xshash traxeyalardan iborat. 
Havo qorin bo‘limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan 
naychalarga o‘tadi. Naychalar orqali hamma tana organlariga yetib 
boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-ba-
dam qisqarishi tufayli almashinib turadi.
Ayirish sistemasi qorin bo‘shlig‘ida joylashgan ingichka va uzun 
malpigi naychalaridan  iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi 
uchi esa ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Tana bo‘shlig‘idagi qondan 
malpigi naychalariga moddalar almashinuvi mah 
sulot 
lari o‘tib, nay-
chalar bo‘shlig‘ida kristallanadi va ichak bo‘sh 
lig‘iga o‘tib, undan 
oziq qoldig‘i bilan birga chiqib ketadi.
Nerv sistemasi boshqa bo‘g‘imoyoqlilarnikiga o‘xshash bo‘lib, 
halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Bosh-
dagi juda ko‘p nerv hujayralari qo‘shilib, bosh miyani hosil qiladi. 
21-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi 
44-rasm. Hasharotlarning ichki tuzilishi: 
1 – halqum; 2 – oshqozon; 3 – ichak; 4 – malpigi naychalari; 5 – halqum atrofi nerv 
tuguni; 6 – ko‘krak nerv tugunlari; 7 – traxeyalar; 8 – tuxumdon; 9 – yurak; 10 – 
traxeyaning tuzilishi
3
2
1
6
5
9
8
7
10
4


78
Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab 
fe’l-atvorga ega bo‘lgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va 
nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan. 
Hasharotlarning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivoj-
langanligi nerv sistemasi bilan bog‘liq.
Sezgi organlari. Hasharotlar ko‘zining tuzilishi daryo qisqich-
baqasinikiga o‘xshash. Ko‘pchilik hasharotlar rangni, ayniqsa, hidni 
juda yaxshi sezadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urg‘o 
chisining hi-
dini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Ha 
sha 
 
rotlar ta’mni 
ham yaxshi farqlay oladi. Ko‘pchilik hasha 
rotlar (chirildoqlar, 
temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari ham 
bor. Hasharotlar tanasidagi va mo‘y 
lovlaridagi har xil tuk teri sezgi 
organlari hisoblanadi.
1. Hasharotlarning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
2. Hasharotlar yuragi qanday tuzilgan?
3. Hasharotlar qanday nafas oladi?
4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
6. Hasharotlarda qanday sezgi organlari rivojlangan?
Qaysi javoblar to‘g‘ri?
1. a) hasharotlar qoni qon tomirlarida oqadi;
  b) qoni tana bo‘shlig‘i suyuqligi bilan bir xilda;
  d) yuragi naysimon, ko‘krak bo‘limi ustida joylashgan.
2. a) hasharotlar qoni nafas olishda ishtirok etmaydi;
  b) qoni karbonat angidrid tashiydi;
  d) yuragi ikki kamerali.
3. a) bosh miya nerv hujayralaridan iborat;
  b) bosh miya nerv tugunlari to‘plamidan iborat;
  d) bosh miya 5 bo‘limdan iborat.
Lug
at daftaringizga yozib oling.
Kemiruvchi, so‘ruvchi, sanchib so‘ruvchi, malpigi naychalari, bosh miya, teri, 
sezish organlari.
Jumboqni yeching. 1. Nima sababdan hasharotlar orasida tunlam kapalakning 
erkagi eng yirik mo‘ylovga ega? 2. Nima sababdan asalari va pashshalarning 
qorin bo‘limi tinch holatda ham ko‘tarilib va tushib turadi?
Topishmoqda qaysi sinfga mansub hayvon to‘g‘risida ma’lumot berilgan?
21. Olti oyoq tuyoqsiz,
   Ko‘zlari bor sanoqsiz.
7.3. Hasharotlar sinfi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə