Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64

70
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
41-rasm. O‘rgimchaksimonlar: 
1 – falanga; 2 – chayon; 3 – qoraqurt; 4 – qoraqurt ini
3
1
4
2
 
19-§.  O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi
O‘rgimchaklar. O‘rgimchaklarning ko‘pchilik turlari yirtqich 
bo‘lib, pashsha, chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Ular-
dan  qoraqurt va biy zaharli hisoblanadi.
Qoraqurt O‘rta Osiyo, Kavkaz va Qrimning dasht va cho‘llari-
da uchraydi (41-rasm, 3). Yosh urg‘ochi qoraqurtning qorni ustida 
qizg‘ish dog‘lari bo‘ladi. Qoraqurt tuproqdagi chuqurchalar usti-
ga, toshlar ostiga tutqich to‘r to‘qiydi. To‘riga tushgan chigirtka, 
qo‘ng‘iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Uning za-
hari odam uchun xavfli, tuya va otlarga, ayniqsa, kuchli ta’sir etadi. 
Biy eng yirik (3–4 sm) o‘rgimchak bo‘lib, tuproqda, chuqurligi 60 
sm gacha bo‘lgan tik inda yashaydi. Tunda inidan chiqib hasha-
rotlarni ovlaydi.


71
Falangalar. Ular o‘rgimchaksimonlar orasida eng yirigi bo‘ 
lib, 
asosan issiq va quruq iqlimda hayot kechiradi. O‘rta Osiyo cho‘llari-
da keng tarqalgan yirik sariq falanganing kattaligi 6–7 sm ni tashkil 
etadi.
Falanganing tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan iborat 
(41-rasm, 1). Boshida bir juft ko‘zi va og‘iz organlari (jag‘lari) 
joylashgan. Jag‘lari o‘tkir tirnoqqa, oyoq paypaslagichlari esa yu-
rish oyoq 
lariga o‘xshaydi. Sariq falanga yirtqich bo‘lib, kechasi 
ovga chiqadi. U turli hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan 
oziqlanadi. Uning zahar bezi bo‘lmaydi. Falanga zararkunanda ha-
sharotlarni qirib foyda keltiradi.
Chayonlar janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. O‘rta Osiyo 
hududida  sariq chayon ko‘p uchraydi. Uning yassi tanasi bosh-
ko‘krak va qorin qismlariga bo‘lingan (41-rasm, 2). Boshining 
ustida bir juft yirikroq ko‘zlari, ikki yonida esa besh juft mayda 
ko‘zchalari bor. Ustki jag‘lari o‘rgimchaknikiga o‘xshaydi, lekin oyoq 
paypas 
lagichlari qisqichga aylangan. Uzun qorin bo‘limi keng oldin-
gi va ingichka orqa qismlardan iborat. Qornining oxirgi bo‘g‘imida 
zahar bezi va nayzasi bor. Nayzaning uchiga zahar bezining yo‘li 
ochiladi.
Chayonlar kunduzi toshlar ostida, devor va yerdagi kovaklarda 
yashirinib yotib, kechasi ovga chiqadi. Ular qornining ingichka 
qismini yuqori ko‘tarib, tez yuguradi. Yo‘lida uchragan har xil 
bo‘g‘imoyoqlilar, asosan o‘rgimchak va hasharotlarni qisqichlari yor-
damida tutib olib, zaharli nayzasi yordamida o‘ldiradi. Chayonlar 
20–30 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadi. Chayonlar zararkunanda 
hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Kanalar  – mayda o‘rgimchaksimonlar. Tanasi yassi oval shakl da, 
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Gavda bo‘limlari qo‘shilib ketgan. Tana-
sining oldingi uchida jag‘lar va oyoq paypaslagichlari qo‘shi 
lishidan 
hosil bo‘lgan sanchib so‘ruvchi xartumchasi joylashgan. Ko‘pchilik 
kanalar parazitlik qilib hayot kechiradi. Vo 
yaga yetgan kanalar tur-
li hayvonlar va odam tanasidan qon so‘rib parazitlik qiladi. Mol 
kanasi it, qoramol va boshqa hay 
vonlar, shuningdek, odam qonini 
so‘radi.
Kanalar hidni juda yaxshi sezadi, o‘z xo‘jayinlarini hidi orqali 
topib oladi. Kanalar qon so‘rish bilan birga terlama, tul 
yaremiya 
va ensefalit kabi bir qancha og‘ir kasalliklarni odamlarga yuqtirishi 
19-§. O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi


72
aniqlangan. Tabiatda bu kasalliklarning qo‘z g‘atuvchilari hisoblangan 
bakteriyalar va viruslar yovvoyi hayvonlarning tanasida yashaydi.
Parazit kanalar chorva mollariga va inson salomatligiga katta 
ziyon keltiradi. Kanalagan hayvonlar ozib ketadi, shu bilan birga 
ularning mahsuldorligi kamayadi. Parazit kanalardan saqlanish uchun 
molxonalarni doimo ozoda tutish, hayvonlarni kanalardan tozalab 
turish zarur. Yaylovda yoki molxonalarda ishlagan kishilarning ki-
yim-boshlarini kanalardan tozalash, teriga yopishgan kanalarni esa 
terib olib, o‘ldirish lozim.
1. Qoraqurt qanday hayot kechiradi? 
5. Chayonlar qanday tuzilgan?
2. Biy qanday hayot kechiradi?  
6. Chayonlar qanday hayot kechiradi?
3. Falanga qanday tuzilgan? 
7. Kanalar qanday tuzilgan?
4. Falanga qanday hayot kechiradi? 
8. Kanalar qanday ziyon yetkazadi?
1. Yosh qoraqurtning qorni ustida: 
2. Biy eng yirik o‘rgimchak bo‘lib:
a) to‘r to‘qiydigan bezlari bor; 
a) yerdagi chuqurchalarga in quradi;
b) qora dog‘lari bo‘ladi; 
b) chuqur va tik inda yashaydi;
d) qizg‘ish dog‘lari bo‘ladi. 
d) iniga xas-cho‘p tashiydi.
3. Chayon: 
b) tirik tug‘adi;
a) tuxumini pana joylarga qo‘yadi; 
d) juda serpusht bo‘ladi.
O‘rgimchaksimonlar nomini ularga xos xususiyatlar bilan birga juftlab yozing.
a) biy; 
1) tanasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat;
b) qoraqurt; 
2) tanasi yaxlit;
d) falanga; 
3) qorni bo‘g‘imlarga bo‘lingan;
e) chayon; 
4) tutqich to‘r to‘qimaydi;
f) mol kanasi. 
5) o‘ta zaharli.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Biy, qoraqurt, falanga, chayon, zahar nayzasi, zahar bezi, kana, sanchib-so‘ruv-
chi xartum, terlama, tulyaremiya, ensefalit.
Jumboqni yeching
. Yoz oylarida dalada dam olganingizda yosh o‘rgimchaklarning 
buta yoki o‘t shoxlarida, ba’zan odam boshida o‘z ipiga osilib olib, shamolda teb-
ranib turishini kuzatgan bo‘lishingiz mumkin. Nima sababdan ular bunday qiladi?
Topishmoqda qaysi hayvon tasvirlangan?
19. Bir otim bor ajabgina,
 
Dumlari bor gajakkina. 
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-5, d-1, e-3, f-2.
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə