Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64

58
lanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar 
chig‘anog‘idagi tishchalar yoki yopishqoq iðlari yordamida baliqlar-
ning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o‘tadi. Parazit 
ta’sirida baliq terisida shish hosil bo‘ladi. Shish ichida lichinka juda 
mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning xilma-xilligi. Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq 
turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular 
orasida eng yirigi tridaknaning og‘irligi 250 kg ga yetadi. Ustritsa, 
taroqcha va midiyalar (33-rasm) go‘shti uchun ovlanadi; den 
giz 
marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvarid-
dorlar, midiyalar  va ustritsalar ko‘paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi 
baliqlarda parazitlik qiladi. Sho‘rlangan suvlarda tarqalgan dreysenalar 
ko‘payib, suv o‘tkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin. 
Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi. 
Ikki pallali mollyuskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik 
zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga 
yordam beradi.
VII bob. Bo‘g‘imoyoqlilar tiрi
33-rasm. Ikki pallali 
mollyuskalar: 
1 – perlovitsa; 
2 – dreysena; 
3 – midiya; 
4 – ustritsa
2
1
3
4
Boshoyoqli mollyuskalar sinfi. Boshoyoqlilar oyog‘ining ol 
dingi 
qismi o‘zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi (34-rasm). Gavdasi-
ning uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo‘lib, bosh va tana qismlariga 
ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli 
mantiya bilan o‘ralgan. Chig‘anog‘i yo‘qolib ketgan. Og‘iz teshigi 
atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlarida 
juda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan.
Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo‘lib, ular 
xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar man-
tiya bo‘shlig‘iga suv o‘tib turadi. Ular suvni mantiya bo‘shlig‘idan 
voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat 
qiladi. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo‘li ochiladi. Ular xavf tug‘il-
ganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi.


59
Boshoyoqli mollyuskalar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan; 
tropik dengizlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydi. 650 ga yaqin turi ma’lum. 
Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig‘i krab 
lar, baliqlar, 
mollyuskalar hisoblanadi. Ular go‘shti uchun ko‘p 
lab ovlanadi.
1. Baqachanoq qanday oziqlanadi va nafas oladi?
2. Baqachanoq qanday rivojlanadi?
3. Ikki pallalilarning qaysi turlari dengizlarda uchraydi?
4. Boshoyoqlilar qanday tuzilgan?
5. Boshoyoqli mollyuskalarning murakkab tuzilish belgilari nimadan iborat?
1. Baqachanoq gavdasi bo‘limlari:
a) bosh; b) tana; d) oyoq; e) qorin.
2. Baqachanoqning chiqarish sifoniga ochiladi:
a) jabralar;  
 
 
e) mantiya bo‘shlig‘i;
b) ayirish yo‘li; 
 
 
f) qon tomiri;
d) orqa chiqarish teshigi; 
 
g) jinsiy teshik. 
 
Lugat daftaringizga yozib oling.
Ikki pallalilar, ponasimon oyoq, kirish sifoni, chiqarish sifoni, lichinkalar, baqa-
chanoq, tridakna, ustritsa, midiya, boshoyoqlilar, bosh miya, reaktiv harakat.
Javob bering. O‘troq yashash ta’sirida baqachanoq tana tuzilishida qanday 
moslashuvlar yuz bergan?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va hayot kechirishi tasvirlangan?
14. Suv yutadi, dur ishlaydi.  
15. Suv ostida bor bir teshik,
 
     
 
 
 
Teshik emas – ochiq ikki eshik.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, d; 2b, d, g.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
34-rasm. Boshoyoqli mollyuskalar: 
A – kalmar; B – sakkizoyoq; D – karakatitsa
A
B
D
?!


60
VII
BOB
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi
    
BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI
Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin 
po‘st organlar uchun tashqi tayanch skelet vazifasini ham bajaradi. 
Chunki unga ichki organlarning muskullari va oyoqlar kelib birikadi.
  7.1.
 QISQICHBAQASIMONLAR SINFI
Qisqichbaqasimonlar – birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. 
Ularning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limidan iborat. Boshko‘krak 
xitin qalqon bilan qoplangan.
        
Daryo qisqichbaqasining tashqi 
16-§.     tuzilishi va ko‘payishi
Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas 
oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘-
g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tiðik 
vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo 
va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida 
yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir, 
ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qis-
qichbaqani payqash qiyin.
Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqi-
nida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq 
izlab faqat kech 
qurunlari chiqadi. Qisqich 
baqaning asosiy 
ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar 
lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini 
yaxshi sezadi.


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə