Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64

46
bajaradi. Oldingi tomondagi bir necha 
tana halqalari yo‘ 
g‘onlashib, maxsus 
belbog‘  hosil qiladi.
Teri-muskul xaltasi. Chuvalchang 
tanasi bir qavat epiteliy hujayralar-
dan iborat yupqa teri bilan qoplangan 
(25-rasm). Bu hujayralar ishlab chiqa-
radigan shilimshiq modda terini doim 
namlab turadi. Teri ostida halqasimon 
va bo‘ylama muskullar joylashgan. 
Mus 
kullar ostida ichki epiteliy qavati 
tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi va 
ichki epiteliy, hal 
qasimon va bo‘ylama 
muskullar  teri-muskul xaltasi deb ata-
ladigan tana devorini hosil qiladi. Tana 
bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.
Harakatlanishi. Yomg‘ir chuval 
changi 
tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda 
in qazib hayot kechirishga moslashgan. 
Chuvalchang hara 
kat 
langanida oldingi qismidagi halqa 
simon mus-
kullar qisqa 
rib, tanasi cho‘ 
 
 
ziladi va ingichkalashadi; u tanasining 
oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana 
de 
vo 
ridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qis-
mi yo‘g‘onlashib tup 
roq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining 
keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakat-
langanida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda 
uning siljishini yengillashtiradi.
Tana bo‘shlig‘i. Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan 
tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa par-
dadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. 
Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga 
teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joy-
lashgan epiteliydan iborat.
Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari 
to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil 
qiladi (26-rasm). Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadi-
gan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni 
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
25-rasm. Yomg‘ir chuvalchangi 
tanasining ko‘ndalang kesimi: 
1 – teri; 2 – halqa muskullar; 
3 – bo‘y lama muskullar; 
4 – tana bo‘shlig‘i; 
5 – ichak; 6 – qon tomirlari
7 – nerv tuguni
3
2
1
5
6
6
4
7


47
qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv 
zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv 
tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki or-
ganlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari va refleksi. Yomg‘ir chuvalchangining maxsus 
sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida joylash-
gan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik 
ta’sirlarni yaxshi sezadi.
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil 
bo‘ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sir-
lanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o‘z 
ozig‘ini topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug‘lik va is-
siqlikdan yashirinadi.
Ko‘payishi.  Yomg‘ir chuvalchangi – germafrodit hayvon. Ko‘pa-
yish davrida ikki chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. Chuvalchang 
tuxum qo‘yish davrida belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi. 
Bu moddadan pilla hosil bo‘ladi. Har qaysi pillaga 2–3, ba’zan 
6–20 tagacha tuxum qo‘yadi. Pilla chu 
val 
chang tanasidan sirg‘alib 
tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chu-
valchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regeneratsiyasi. Yomg‘ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq pla-
nariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash xusu 
siyatiga 
ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchang-
lar hosil bo‘ladi.
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi
26-rasm. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi: 
1 – og‘iz; 2 – halqum; 3 – qizilo‘ngach; 4 – jig‘ildon; 5 – oshqozon; 
6 – ichak; 7 – yurak; 8 – orqa qon tomiri; 9 – qorin qon tomiri;
10 – tana bo‘shlig‘i to‘siqlari; 11 – halqum usti nerv tuguni;
12 – halqum osti nerv tuguni; 13 – qorin nerv zanjiri
8
12
6
2
5
9
4
13
3
10
7
11
1


48
1. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi ko‘rinishi qanday tuzilgan?
2. Teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan?
3. Yomg‘ir chuvalchangi qanday harakatlanadi?
4. Tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan?
5. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan?
6. Yomg‘ir chuvalchangi qanday sezadi?
1. Yomg‘ir chuvalchangining tana bo‘shlig‘i:
a) yupqa pardadan iborat;
b) bir qavat epiteliy bilan qoplangan;
d) parda to‘siqlar bilan alohida kameralarga bo‘lingan.
2. Yomg‘ir chuvalchangi tuxumlarini:
a) pilla ichiga qo‘yadi;
b) urg‘ochisi bachadoniga qo‘yadi;
d) tuproqqa qo‘yadi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Kam tuklilar, halqali chuvalchanglar, yomg‘ir chuvalchangi, teri, halqa mus-
kullar, bo‘ylama muskullar, teri-muskul xaltasi, tana bo‘shlig‘i, tukchalar, 
halqalar, nerv tolalari, tana belbog‘i.
Javob bering. Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning 
harakatlarini birmuncha murakkablashuviga imkon beradi?
Topishmoqda qaysi hayvonning qiyofasi va hayoti haqida ma’lumot berilgan?
11. Qizil xivich yer kovlaydi,
   In qaziydi, tuproq yamlaydi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
13-§.
 
  Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi  
Hazm qilish sistemasi. Chuvalchangning og‘iz teshigi tana-
si oldingi uchida, birinchi tana bo‘g‘imi ostida joylashgan. Og‘iz 
qisqa halqum orqali qizilo‘ngachga tutashgan (26-rasm). Qi 
zil 
o‘n-
gachning kengaygan keyingi qismi jig‘ildon deb ataladi. Jig‘ildon 
esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqo 
zondan tana 
ning keyingi 
tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiri 
yotgan o‘simlik 
qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga ichagidan 
o‘tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o‘zlashtiriladi. Oziq 
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə