Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64

37
pufaklik davriga o‘tadi. Suyuqlik bilan to‘lgan pufakcha finna 
de 
yiladi. Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilgan 
odam uni o‘ziga yuqtiradi.  Odam – qoramol tasmasimon chu-
valchangining asosiy xo‘jayini, qoramollar esa oraliq xo‘jayini 
hisoblanadi.
Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi. Yassi chuvalchanglar 
orasida eng qadimgisi ichaksiz kiðrikli chuvalchanglar hisoblanadi. 
Ular tuzilishi bo‘shliqichlilarning lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Ke-
yinchalik kiðrikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashishi 
tufayli tuzi 
lishi soddalashib borgan va ulardan so‘rg‘ichlilar hamda 
tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.
1. Jigar qurti qanday tuzilgan?
2. Jigar qurti qanday rivojlanadi?
3. Jigar qurtining asosiy va oraliq xo‘jayinlari qaysi hayvonlar bo‘ladi?
4. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday tuzilgan?
5. Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
6. Qoramol tasmasimon chuvalchangi odam va qoramollarga qanday yuqadi?
Terminlarni ularga mos keladigan tushunchalar bilan birga juftlab ko‘r sating.
a) lichinka; 
1) tasmasimon chuvalchanglarning yuqumli pufak davri;
b) oraliq xo‘jayin; 
2) so‘rg‘ichlilarning noqulay sharoitga chidamli davri;
d) asosiy xo‘jayin; 
3) hayvonlarning voyaga yetmagan davri;
e) sista; 
4) lichinka parazitlik qiladigan organizm;
f) finna; 
5) voyaga yetgan parazit yashaydigan organizm;
g) so‘rg‘ich. 
6) yopishuv organi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
So‘rg‘ichlilar, oraliq xo‘jayin, asosiy xo‘jayin, lichinka, sista, ji 
gar qurti, 
so‘rg‘ichlar, finna, tasmasimon chuvalchanglar, parazit, qoramol tasmasi-
moni.
Jumboqni yeching. Jigar qurti zararlagan jigar yoki qoramol tasmalisi tuxumlari 
bilan ifloslangan ko‘kat iste’mol qilinganda, bu parazitlar iste’molchiga yuqishi 
mumkinmi?
Quyidagi topishmoqlarda keltirilgan belgilar qaysi hayvonga tegishli?
8.  Ikki so‘rg‘ichli, yapaloq, 
   Shaklan o‘xshar bir yaproq.
9.  Uzun tasma – ichaksiz,
   To‘rt so‘rg‘ichli, ilmoqsiz.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-4, d-5, e-2, f-1, g-6.
9-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari
?!


38
  
 
To‘garak chuvalchanglar tiði: 
10-§.
      odam askaridasi
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shakl-
da, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan. 
Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon 
va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol 
bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka 
ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalash-
gan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi 
15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi  ilmoqqa o‘xshash 
egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st – 
kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning 
elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga 
chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qi-
lish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o‘xshaydi. Bu nay og‘iz 
teshigidan boshlanib, qisqa halqum, qizilo‘ngach, o‘rta ichak hamda 
keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo‘la
-
di. Tanasi oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigi uchta lab bilan 
o‘ralgan (21-rasm). Askarida ingichka ichakda hazm bo‘layotgan 
oziqni so‘rib oladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi uning anal 
teshigi orqali chiqib ketadi.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
21-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: 
1 – teri; 2 – og‘iz; 3 – halqum; 4 – ichak; 5 – anal teshigi; 
6 – tuxumdonlar; 7 – tuxum yo‘li; 8 – bachadonlar
2
5
1
8
7
6
3
4


39
Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish sistemasi tana 
bo‘ylab o‘tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing ol-
dingi tomonida birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochila-
di. Gavda 
sining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni o‘rab 
olgan. Bu halqadan tana bo‘ylab keyingi va oldingi tomonga 
nervlar ketadi.
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Askaridaning jinsiy 
sistemasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana 
bo‘shlig‘ida buralib joylashgan. Urg‘ochisining jinsiy organi ikkita 
tuxumdondan, erkaginiki esa bitta urug‘dondan iborat. Askari-
da juda serpusht: bir kecha-kunduzda 240
 
000 tagacha tuxum 
qo‘yadi. Urug‘langan va qattiq po‘st bilan qoplangan tuxumlarini 
xo‘jayini ichagiga qo‘yadi. Tuxumlar axlat bilan tashqariga chiqa-
riladi (22-rasm). Nam joyda tuxumlar ichida lichinkalar rivojla-
nadi. Tuxumlar iflos qo‘l yoki yuvilmagan sabzavot va mevalar 
orqali odamning ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. 
Lichinkalar qon orqali o‘pkaga boradi; so‘ngra balg‘am bilan 
 
10-§. To‘garak chuvalchanglar tiрi: odam askaridasi
22-rasm.
Askaridaning
rivojlanishi:
1 – tuxum; 2 – tup roq-
dagi tuxumlar;
3 – ur g‘ochi askari-
da; 4 – erkak aska rida; 
5  –  o‘pka ga  o‘ta yot gan 
lichinka;
6 – voyaga yetgan davri
7 – lichinka
1
7
3
6
4
5
2
og‘izga tushadi. Ular og‘izdan yana ichakka qaytib tushgach, 
rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo‘yishga kirishadi.
Askaridaning zarari. Askarida bilan kasallangan kishi ozib ke 
ta 
di, 
rangi siniq bo‘ladi. Uning qorni muntazam og‘rib turadi. Ichakdagi 


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə