Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64

31
IV
BOB
YASSI VA TO‘GARAK 
CHUVALCHANGLAR TIPLARI
Yassi chuvalchanglar – tanasi ikki yonlama simmetriyali ko‘p 
hujayralilar. Ularning hazm qilish, ayirish, sezgi, germofrodit jinsiy 
organlari rivojlangan. Ular kiðrikli chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar, tas-
masimon chuvalchanglar sinflariga bo‘linadi.
      
Yassi chuvalchanglar tiði:
8-§.    
kiðrikli chuvalchanglar sinfi
Kiðrikli chuvalchanglarning gavdasi bargsimon shaklda bo‘lib, 
mayda kiðriklar bilan qoplangan. Ular dengiz va chuchuk suvlarda 
erkin yashaydi. Oq planariya – tiðik vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Oq planariya daryo va ko‘llar-
ning tubida hayot kechiradi. Uni ayrim kichikroq soylar 
ning tubi-
da yotgan tosh, barg va cho‘plarning ostidan topish mumkin. Oq 
planariya tanasining uzunligi 2–3 sm, oqish yoki kulrang tusda. 
Tanasi 
ning biroz kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o‘sim-
talarga o‘xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta 
shaklidagi ko‘zcha 
lari joylashgan (16-rasm, A). Tanasi sirti bir qa-
vat kiðrikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kiðriklar 
yordamida sirpanib harakat qiladi.
Tana simmetriyasi. Agar oq planariyaning tanasi bo‘ylab xayo 
 
 
lan 
to‘g‘ri chiziq o‘tkazi 
ladigan bo‘lsa, uning organlari shu chi 
ziqning 
ikki tomonida bir xil miqdorda joylashadi, ya’ni tananing har ikki 
qismi teng bo‘ladi. Tana organlarining ana shunday joylashishi ikki 
tomonlama simmetriya deyiladi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Planariyaning og‘iz teshigi 
qorin tomonida joylashgan. Og‘iz qisqa halqum bilan tutashgan. 
Halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi (16-rasm). Shoxlardan biri 
tananing oldingi tomo 
niga, ikkitasi keyingi tomoniga yo‘nalgan. 
Ichak shoxlari juda ko‘p, uchi berk yon shoxchalar hosil qiladi. 
8-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: kiрrikli chuvalchanglar sinfi


32
Og‘iz teshigi, halqum, ichak hazm qilish sistemasini hosil qiladi. 
Plana 
riyaning orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.
Planariya – yirtqich hayvon. U mayda suv hayvonlari – chuval-
changlar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning lichin 
kalari bilan 
oziqlanadi. O‘ljani tanasi bilan qoplab olib, so‘radi. Oziq ichagida 
hazm bo‘lgach, ichak shoxchalari orqali tanaga tarqaladi. Oziq 
qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi.
Ayirish sistemasi. Tanasining g‘ovak to‘qimasida juda ko‘p uchi 
berk naychalar joylashgan (16-rasm, B, D). Bu naychalar tananing 
ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar 
almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalar tanadagi 
ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o‘tadi va 
ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi. Planariyaning nerv hujayralari tananing ol 
dingi to-
monida to‘planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi (16-rasm, E). Nerv 
tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita yirik nervlar chiqadi. 
Nerv tugunlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Nerv 
hujayralari va nerv tolalari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
16-rasm. Oq planariyaning ichki tuzilishi:
A – hazm qilish organlari (1 – halqum, 2 – ichak shoxchalari); B, D – ayirish 
sistemasi (3 – ayirish naychalari, 4 – naycha larning uchki hujayralari, 5 – nay-
chalarning alohida hujayralari); E – nerv sistemasi (6 – nerv tuguni, 7 – nerv 
stvoli); F – jinsiy organlar (8 – tuxumdon, 9 – urug‘don, 10 – tuxum yo‘li, 
11 – qo‘shilish organi, 12 – jinsiy teshik)
1
A
B
D
5
7
11
12
10
9
8
6
4
3
2
E
F


33
8-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: kiрrikli chuvalchanglar sinfi
Sezgi organlari. Planariya terisi orqali har xil ta’sirlarni sezadi. 
Agar unga biron narsa tegib ketsa, tanasini birdaniga qisqar 
tirib 
oladi. Paypaslagichlari, terisi va ko‘zchalari planariya 
ning sezgi or-
ganlari hisoblanadi.
Jinsiy sistemasi va ko‘payishi. Tanasining oldingi qismida ikkita 
urg‘ochilik jinsiy organi – tuxumdonlar; ulardan keyinroqda pufakka 
o‘xshash erkaklik jinsiy organi – urug‘donlar joylashgan (16-rasm, F). 
Bu organlar jinsiy sistemani tashkil etadi. Tuxumdon 
larda tu 
xumlar, 
urug‘donlarda esa urug‘ hujayralari – spermato 
zoidlar hosil bo‘ladi. 
Urug‘langan tuxumlar to‘p-to‘p bo‘lib pilla ichiga qo‘yiladi. Tuxum-
dan chiqqan yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi.
Shunday qilib, planariya tanasidan bir vaqtning o‘zida tuxum 
va urug‘ hujayralar rivojlanadi. Planariya va unga o‘xshash ikki xil 
jinsga ega bo‘lgan hayvonlar germafrodit deyiladi.
Regeneratsiyasi. Planariyada regeneratsiya xususiyati juda yaxshi 
rivoj 
langan. Noqulay sharoit tug‘ilganda (harorat oshganda, kislorod 
yetishmasa) planariya mayda bo‘laklarga bo‘linib ketib, qulay sharoit 
tug‘ilganida yana har bir bo‘lakdan alohida organizm rivojlanishi 
mumkin.
1. Ikki yonlama simmetriya nima?
2. Planariyaning qanday organlari rivojlangan?
3. Planariya qanday oziqlanadi?
4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
6. Jinsiy sistemasiga qaysi organlar kiradi?
1. Ikki yonlama simmetriya bu:
a) tana bo‘ylab o‘tgan markaziy chiziqning ikki tomonida organlarning teng 
  miqdorda joylashuvi;
b) tana organlarining markazdan chiqaradigan radial chiziq bo‘ylab joylashuvi;
d) tana organlarining bir tekislikda joylashuvi.
2. Planariyada epiteliy to‘qimasi:
a) tanasi qorin qismida joylashgan;
b) tanasi sirtida bir tekis joylashgan;
d) tanasi orqasida bir tekis joylashgan.
Oq planariyaga tegishli terminlar va ularning ma’nosini juftlab yozing.
a) nerv tugunlari;     1) erkak va urg‘ochi jinsga ega bo‘lgan organizm;
b) pilla; 
2) tuxum qo‘yish xaltachasi;
d) germafrodit; 
3) boshqa organizm hisobidan oziqlanadi;
e) parazit. 
4) nerv hujayralari to‘plami.


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə