Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64

40
askaridalar maxsus dorilar yordamida haydaladi. Askaridani yuqtir-
maslik uchun sabzavot, meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yu-
vib iste’mol qilish hamda shaxsiy gigiyena qoyidalariga qat’iy rioya 
qilish zarur.
To‘garak chuvalchanglarning kelib chiqishi. To‘garak chuvalchang-
lar tana bo‘shlig‘i va anal teshigining bo‘lishi, ichki organlarining 
ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qila-
di. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jara 
yonida qadimgi yassi 
chuvalchanglar tanasida tana bo‘shlig‘i va orqa chiqaruv teshigi 
paydo bo‘lgan; ulardan to‘garak chuval 
changlar kelib chiqqan.
1. Askaridaning tashqi tuzilishi xususiyati nimadan iborat?
2. Askarida oq planariyadan qanday farq qiladi?
3. Askaridaning urg‘ochisi va erkagi o‘rtasida qanday farq bor?
4. Askaridaning ichki tuzilishiga xos xususiyatlar nimadan iborat?
5. Askarida bilan oq planariyaning tuzilishidagi o‘xshashlik nimadan ibo rat?
6. Askarida qanday rivojlanadi?
1. To‘garak chuvalchanglar tanasi: 
2. Odam askarida bilan zararlanadi:
a) kiðrikli epiteliy bilan qoplangan; 
a) sabzavot, meva, iflos qo‘l orqali;
b) sharsimon, ya’ni to‘garak shaklda; 
b) zararlangan go‘sht orqali;
d) ko‘ndalang kesimi to‘garak. 
d) ifloslangan suv va go‘sht orqali.
Askarida tanasi qismlari va ularning tuzilishini juftlab yozing.
a) ichagi; 
1) ayrim jinsli;
b) jinsiy sistemasi; 
2) tana bo‘ylab o‘tgan bir juft naycha;
d) ayirish sistemasi; 
3) keyingi qismi rivojlangan;
e) urg‘ochisi dumi; 
4) qorin tomoniga egilgan;
f) erkagi dumi. 
5) egilmagan, to‘g‘ri.
Lugat daftaringizga yozib oling.
To‘garak chuvalchanglar, odam askaridasi, qizilo‘ngach, keyingi ichak, anal 
teshigi, ayrim jinsli, kutikula.
Javob bering. Nima sababdan askarida asosan poliz mahsulotlari orqali yuqadi?
Parazit nomini toping va uning qanday yuqishini ko‘rsating.
10. Ichakda bor bir xivich,
   Bo‘yi rosa bir qarich.
   Tekin tomoq, ichak so‘rar,
   Bilsang ayt-chi, qanday yuqar?
Tasdiqlovchi javoblar: 1-d, 2-a.
Juftlab yozish javoblari: a-3, b-1, d-2, e-5, f-4.
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
?!


41
11-§.  Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi
Exinokokk. Exinokokk yassi chuvalchanglar tiði, tasmasi 
mon 
chulval 
changlar sinfiga kiradi. Uning uzunligi 0,3–0,6 mm bo‘lib, it, 
bo‘ri va tulkilar ichagida parazitlik qiladi (23-rasm, 3, 4). Boshidagi 
ikki juft so‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Ta-
nasi 5–6 bo‘g‘imdan iborat; tuxumga to‘lgan oxirgi bo‘g‘imi hayvon 
axlati bilan tashqariga chiqib ketadi, uning o‘rniga yana boshqasi 
hosil bo‘ladi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi 
23-rasm. Parazit
chuvalchanglar:
1 – cho‘chqa tasmasimon 
chuvalchangi; 2 – uning 
boshi; 3 – voyaga yetgan 
exinokokk; 4 – exinokokk 
pufagi.
4
1
3
2
Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qoramol, qo‘y, ot 
va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushganida ulardan chiqqan 
lichinkalar qon orqali o‘pka, jigar yoki boshqa organlarga borib, 
juda yirik, ba’zan chaqaloq boshidek va undan ham kattaroq pu-
fak (finna)ni hosil qiladi. Bunday pufak ichidagi suyuqlikda faqat 
mikroskopda ko‘rinadigan juda ko‘p sonli lichinkalar bo‘ladi. Itlar 
va yirtqich hayvonlar o‘txo‘r hayvonlarning ichki organlari bilan 
birga ana shunday pufaklarni  yeganida ular ichagida lichinkalar 
voyaga yetadi. Hayvon ichagidan axlat bilan juda ko‘p exinokokk 
tuxumlari tashqariga chiqib turadi. Tuxumlar hayvonlarning yungi-
ga ham yopishib qoladi. Odam kasal itni erkalatganida exinokokk 
tuxumlarini yuqtiradi. Odam va o‘txo‘r hayvonlar exinokokkning 
oraliq xo‘jayini, it va boshqa yirtqich hayvonlar esa uning asosiy 
xo‘jayini hisoblanadi.


42
Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi yassi chuvalchanglar tiði-
ning tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiradi. Uning tuzilishi 
va hayot kechirishi qoramol tasmasimon chuvalchanginikiga o‘x-
shash bo‘lib, voyaga yetgan davrida odam ichagida, lichinkasi 
cho‘chqalar musku 
lida uchraydi. Odam yaxshi pishirilmagan 
cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilib, parazit finnasini yuqtiradi 
(23-rasm, 1, 2).
Bolalar gijjasi. Bu gijja to‘garak chuvalchanglar tiðiga kira 
 
di. 
Gijja odamlarning, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar 
ning ichagida 
parazitlik qiladi. Gijja – oqish rangli, juda mayda (5–10 mm) 
chuvalchang. Bolalar gijjasining urg‘ochisi urug‘lan 
 
gandan keyin orqa 
chiqaruv teshigi yaqinida yashay boshlaydi. Kechasi orqa chiqaruv 
teshigi atrofidagi teriga tuxum qo‘yadi. Bu paytda teri  qattiq qi-
chishib, kishini bezovta qiladi. Gijjaning tuxumlari iflos qo‘l orqa-
li yana ichakka tushib qolsa, qaytadan rivojlana boshlaydi. Gijja 
tuxumlari kasal odamning kiyimi, to‘shagi yoki boshqa buyumlari 
orqali yuqadi.
Rishta – to‘garak chuvalchanglar tipiga mansub parazit 
hayvon. Tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Tanasi ipga 
o‘xshash, uzunligi 32 sm dan 100 sm gacha bo‘ladi. Rishta oyoq, 
ba’zan qo‘l tеrisi ostidagi biriktiruvchi to‘qimada parazitlik qiladi. 
Terining rishta bilan zararlangan joyida ho‘l yara paydo bo‘la-
di. Yaradan rishta tanasining bir qismi chiqib turadi. Tananing 
qolgan qismi yara ostida kalavaga o‘xshab o‘ralib yotadi. Rishta 
tirik lichinkalar tug‘ib ko‘payadi. Rishta bilan zararlangan odam 
yoki hayvon suvga tushganida  lichinkalar suvga chiqadi. Ular-
ni suvdagi juda mayda qisqichbaqasimonlardan sikloplar yutib 
yuboradi. Odam yoki hayvonlar siklopli suvni ichganida rishtaning 
lichinkasi ularga o‘tadi. Odam tanasida lichinka bir yil davomida 
voyaga еtadi.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash natijasida O‘zbеkis-
tonda rishta aholi orasida tugatilgan. Hozir rishta bilan zararlanish 
yovvoyi hayvonlarda uchrab turadi.
Bo‘rtma nematoda. O‘simliklarning yer ostki qismida parazitlik 
qiladi. Kasallangan o‘simlik ildizida no‘xatdek va undan yirikroq 
(ba’zan mushtdek) bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Bunday o‘simlik o‘sish 
va rivojlanishdan qoladi, uning hosili kamayib ketadi; kuchli zarar-
langan o‘simliklar tez orada halok bo‘ladi. Nematoda ayniqsa 
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə