Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64

64
bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichi 
ning o‘rtasida 
joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemalari. Boshko‘krakning orqa 
tomonida qonni haydab beruvchi  oqish yurak joylashgan (37-
rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan 
tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar 
va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralar-
ga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib 
qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod 
bilan to‘yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali 
uning bo‘shlig‘iga o‘tadi.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi
37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi: 
1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri
5
1
4
3
2
Ayirish sistemasi. Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan 
bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning 
tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pu-
faksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari 
esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar 
qonda eri 
gan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqa-
rib yuboradi.
Nerv sistemasi. Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va 
halqum osti nerv tugunla 
ri, halqum atrofi nerv halqasi va qorin 
nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘y-
lovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa 
barcha organlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari 
harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda 


65
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 
ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha 
atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zcha-
lar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik 
bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib, mozaik ko‘rish deyiladi.
Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan 
tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta 
mo‘ylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari  joy-
lashgan.
Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqa-
simonlarning 30
 
000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchili-
gi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot 
kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqich 
baqasimonlar 
plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqa-
simonlardan  dafniya va siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular 
baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun max-
sus ko‘paytiriladi.
38-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar: 
1 – dafniya; 2 – siklop; 3 – zaxkash; 4 – krevetka; 5 – kamchatka krabi
1
2
3
4
5
Ko‘pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, lan-
gustlar, krevetkalar) go‘shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar 
baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i 
hisoblanadi.
Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga 
moslashgan. O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida zaxkash  (eshak qurt) 
keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o‘simlik qol 
diq 
lari bi-
lan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirin 
di moddalarga 
boyitadi.


66
1. Daryo qisqichbaqasi muskullari qanday tuzilgan?
2. Qisqichbaqa organizmida oziq qanday hazm bo‘ladi?
3. Qisqichbaqaning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Qisqichbaqa qanday hafas oladi?
5. Qisqichbaqaning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Qisqichbaqaning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
7. Qisqichbaqasimonlarning qaysi turlari chuchuk suvlarda tarqalgan?
8. Qisqichbaqasimonlar qanday ahamiyatga ega?
1. Qisqichbaqa ozig‘i: 
2. Qisqichbaqaning ayirish 
 
 sistemasi:
a) ichak va jigarda maydalanadi; 
a) yashil bezlar va naychalar;
b) ichak va jigarda hazm bo‘ladi; 
b) ichak bo‘shlig‘iga ochiladi;
d) halqum va ichakda hazm bo‘ladi. 
d) jag‘oyoqlari asosida ochiladi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Katta oshqozon, kichik oshqozon, yashil bezlar, murakkab ko‘z, mozaik 
ko‘rish, plankton, dafniya, siklop, krab, omar, langust, krevetka, zaxkash.
Javob bering. Daryo qisqichbaqasining ochiq (tutashmagan) qon aylanish 
sistemasi yomg‘ir chuvalchangining yopiq (tutash) qon aylanish sistemasidan 
qanday farq qiladi?
Topishmoqda keltirilgan hayvonning harakatlanishiga tavsif bering.
17. O‘n oyoqda olg‘a yurar, 
   Shoshar bo‘lsa, ortga suzar. 
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, 2a.
7.2.
 
ORGIMCHAKSIMONLAR SINFI
O‘rgimchaksimonlar haqiqiy quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. 
Og‘iz organi 2 juft. O‘pka yoki traxeya orqali nafas oladi. Ayrim 
jinsli harakat organlari 4 juft. O‘rgimchaksimonlar sinfi o‘rgimchaklar, 
falangalar, chayonlar, kanalar turkumlariga ajratiladi.
  
Butli o‘rgimchakning tuzilishi 
 
18-§.  va hayot kechirishi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Butli o‘rgimchak o‘tlar 
va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin 
o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning 
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə