Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64

52
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
2-laboratoriya mashg‘uloti.
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi,
harakatlanishi va refleks hosil qilishi
Kerakli jihozlar: tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuval-
changi solingan nam tuproqli vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, kar-
ton qog‘oz, entomologiya ninachalari yoki uchi o‘tkirlangan qalam.
Tirik yomg‘ir chuvalchangini tuproqdan olib, quyidagi ishlarni 
bajaring:
1. Tanasining oldingi konussimon ingichkalashgan va keyingi 
birmuncha to‘mtoq tomonini aniqlang. Lupa yordamida chuvalchang 
oldingi tomoni ostki qismida joylashgan og‘iz teshigi va keyingi 
uchidagi orqa chiqarish teshigini toping.
2. Tana halqalarini lupa yordamida sanab chiqing, uning turli 
qismidagi halqalarning katta-kichikligini aniqlang.
3. Tananing qoramtir do‘ng orqa va oqish yassi qorin tomonini 
hamda yirik orqa va qorin qon tomirlarini toping va ularning 
yo‘nalishini aniqlang.
4. Chuvalchangni bir varaq silliq bo‘lmagan quruq qog‘oz usti-
ga qo‘ying. Yomg‘ir chuvalchangi qog‘oz ustida harakatlanganida 
uning tuklari qog‘ozga ishqalanishi tufayli shitirlagan tovush chi-
qishini tinglang.
5. Juda ehtiyotlik bilan barmog‘ingizni chuvalchangning qorin 
tomoni bo‘ylab orqadan oldinga, keyin oldindan orqaga yuriting. 
Bunda chuvalchangning tuklari barmog‘ingizga tegishini sezasiz.
6. Lupa yordamida tana halqalarining qorin tomonida joylash-
gan tuklarini toping.
7. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo‘lmagan qog‘oz usti-
ga qo‘yib, uning harakatini kuzating. Uning oyna ustida qiyin 
harakatlanishi sababini tushuntiring.
8. Cho‘p yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga 
tekkizib, chuvalchangning ta’sirlanishini kuzating.
9. Chizg‘ich bilan chuvalchang tanasining uzunligini har xil 
holatda o‘lchab ko‘ring. Chuvalchang rasmini chizib, organlarini 
ko‘rsating.
10. Chuvalchangni tuproq ustiga qo‘yib, uni tuproq zarralari 
orasiga suqilib kirishini kuzating.


53
VI
BOB
MOLLYUSKALAR  TIPI
Bu tipga qorinoyoqlilar, ikki pallalilar, boshoyoqlilar sinfi kiradi. 
Ular tanasi mantiya teri bilan qoplangan. U tana sirtida chig‘anoq 
hosil qiladi. Mantiya bilan tana oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i bor. 
Tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan. Qon aylanish sistemasi 
ochiq, yuragi rivojlangan.
 
14-§.
  Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi
Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz.
Tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig‘i hovuz va ko‘llarda, 
daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. 
Tanasi spiral o‘ralgan chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoq-
ning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo‘ladi. 
Shilliq tanasini mantiya teri o‘rab turadi. Mantiyadan chig‘anoq 
hosil bo‘ladi. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi, uning ikki 
yonida bir juft paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlari sezgi 
organlari hisoblanadi. Har qaysi 
paypaslagichlari asosida bittadan 
ko‘zi joylashgan (29-rasm). Suv 
shillig‘i oyoq muskullarining to‘l-
qinsimon qisqarishi tufayli sirpanib 
harakat qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi. 
Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘sh-
lig‘i, halqum, qizilo‘ngach, osh-
qozon va ichakdan iborat. Ichagi 
chig‘anog‘i ichida halqasimon bu-
ralib joylashgan. Mantiya chetida 
orqa chiqaruv teshigi bo‘ladi (30-
rasm).
14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi 
29-rasm. Chuchuk suv
shillig‘ining tashqi tuzilishi: 
1 – chig‘anoq; 2 – mantiya cheti; 
3 – tanasi; 4 – paypaslagich; 
5 – ko‘zlar; 6 – bosh; 7 – nafas 
teshigi; 8 – oyoq
1
7
8
6
5
4
3
2


54
Suv shillig‘i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan mus-
kulli tilchasi bo‘ladi. U tilini chi 
qarib, o‘simliklar va suvdagi nar-
salarga yopishgan bakteriyalar ham 
da mayda suv o‘tlarini qirib 
oladi. Bir juft so‘lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So‘lak su-
yuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig‘ining jigari 
oshqozon bo‘sh 
lig‘iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi.
Nafas olish sistemasi. Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas 
oladi. Chig‘anoqning chetida nafas teshigi bor (29-rasm). Bu te-
shik xaltasimon o‘pkaga ochiladi. O‘pka devori juda ko‘p mayda 
qon tomirlari bilan qoplangan. O‘pkadagi havodan qonga kis 
lorod 
o‘tadi, qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska na 
 
fas 
oli 

h uchun suv yuzasiga ko‘tariladi va o‘pkasini havo bi 
lan to‘ldi-
rib oladi.
Qon aylanish sistemasi. Mollyuska yuragi tanasining orqa to-
monida joylashgan, u  yurak oldi bo‘lmasi va yurak qorinchasidan 
iborat (30-rasm). Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni 
tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon 
ulardan ichki organlar oralig‘iga quyiladi. Bu yerda kislorodni 
to‘qimalarga berib, karbonat angidrid bilan boyiydi. Shundan so‘ng 
tomirlar orqali o‘pkaga keladi. O‘pkada kislorod bilan to‘yingan 
qon yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham qon orqali 
to‘qimalarga tashiladi. Shunday qilib, mollyuskalar qon tomirlari 
ochiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi.
Ayirish sistemasi. Chuchuk suv shillig‘ining tasmaga o‘xshash 
yagona buyragi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangi ayirish organiga 
o‘xshaydi. Buyrakning voron 
ka 
simon kengaygan uchi yurakoldi 
bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochi 
ladi.
VI bob. Mollyuskalar tiрi
30-rasm. Chuchuk suv
shillig‘ining ichki tuzilishi:
1 – og‘iz; 2 – tilcha;
3 – halqum; 4 – qizilo‘ngach; 
5 – oshqozon; 6 – ichak;
7 – anal teshigi; 8 – o‘pka; 
9 – yurak bo‘lmasi; 10 – yurak 
qorin chasi; 11 – yurak;
12 – jigar; 13 – qon tomirlari
7
6
8
9
10
12
1
2
3 4
5
13
11


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə