Zoologiya uzb 2017. indd


§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64

61
16-§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi 
35-rasm. Daryo qisqich-
baqasining tashqi tuzilishi:
1 – boshko‘krak;
2 – qo rin; 3 – uzun 
mo‘y lov; 4 – kalta 
mo‘ylov; 5 – jag‘lar;
6 – jag‘ oyoqlar; 7 – qis-
qich; 8– yu rish oyoqlari; 
9 – qo rin oyoq lari;
10 – dum suzgich
3
2
1
4
5
6
7
9
10
8
Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin 
po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi 
ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini 
bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib 
birikadi.
Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat 
(35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining ha 
rakatsiz 
birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan 
qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana 
shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joy-
lashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va 
kalta  mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz 
teshigini uch juft jag‘lar  o‘rab turadi.
Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ular-
dan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va 
jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan 
birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy 
yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xiz-
mat qiladi.
Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir 
juftdan  qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli 
bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.
Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘li-
midagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin 
u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez 
siltab, orqa tomoni bilan suzadi.


62
Nafas olishi. Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar 
ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoq-
lari asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv 
almashinib turadi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Urg‘ochi-
sining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki, 
aksincha, torroq bo‘ladi. Urg‘ochisi erta bahorda qo‘ygan tuxumlarini 
qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxum-
lardan qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular urg‘ochisining qorinoyoq-
lariga yopishib oladi; keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Qisqichbaqalar hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari eski qattiq 
po‘stini tashlab, ya’ni tullab o‘sadi. Tullagan qisqichbaqaning eski 
qoplag‘ichi ostida yangisi hosil bo‘ladi. U tez o‘sa boshlaydi. 
Lekin ohak modda shimilgan qoplag‘ichi asta-sekin qattiqlashib, 
o‘sishdan to‘xtaydi va yana tullaydi. 
1. Daryo qisqichbaqasi qanday hayot kechiradi?
2. Qisqichbaqa xitin qoplag‘ichi qanday tuzilgan?
3. Qisqichbaqa gavdasi qanday bo‘limlardan iborat?
4. Qisqichbaqaning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
5. Qisqichbaqa qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
6. Qisqichbaqa qanday harakatlanadi?
7. Qisqichbaqa qanday nafas oladi?
1. Qisqichbaqa tanasi:
a) bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat;
b) bosh va ko‘krak bo‘limlaridan iborat;
d) boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat.
2. Qisqichbaqa jabralari:
a) jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joylashgan;
b) ko‘krak va qorin oyoqlari asosida joylashgan;
d) jag‘oyoqlari va qorin oyoqlari asosida joylashgan.
Qisqichbaqa tanasi organlari va ular vazifasini juftlab yozing.
a) qisqichlar; 
 
 
1) oldinga sekin harakatlanish;
b) qorinoyoqlar;    
 
2) orqaga tez suzish;
d) xitin qoplag‘ich;  
 
3) himoya, tayanch;
e) jag‘oyoqlar; 
 
 
4) oziqni ushlash;
f) ko‘krak oyoqlar;   
 
5) oziqni surish, suvni haydash;
g) dum suzgich. 
 
 
6) tuxumlarni olib yurish.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Bo‘g‘imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, boshko‘krak, mo‘ylovlar, jag‘lar, 
jag‘oyoq lar, qisqich, xitin qoplag‘ich, dum suzgich, yurish oyoqlari, tullash.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi


63
Jumboqni yeching. Qisqichbaqasimonlar faol hayot kechiradigan hayvonlar. 
Nima sababdan ularning jabralari jag‘oyoqlari va yurish oyoqlari asosida joy-
lashadi?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va hayot kechirishi tasvirlangan?
16. Qisqichi bor, uzun mo‘ylov. 
   Kunduz dam olar, tunda qilar ov. 
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-6, d-3, e-5, f-1, g-2.
17-§.  Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi
Muskullari va tana bo‘shlig‘i. Daryo qisqichbaqasining mus-
kullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar 
atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana 
bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joy-
lashgan.
Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning og‘zi boshining ostida 
joylashgan. Oziq og‘iz, qisqa halqum va qizilo‘ngach orqali ikki 
bo‘lmali oshqozonga o‘tadi (36-rasm). Oziq avval  katta oshqo-
zonda maydalangach, keyin  kichik oshqozonga tushadi. U yerdan 
oziq suzilib o‘tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm 
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi 
36-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi: 
1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 
5 – halqu m usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 
7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez
5
1
2
7
6
4
3
8
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə