Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64

49
tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan 
qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali 
chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Yomg‘ir chuvalchangi qon ayla 
nish 
sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan 
iborat (26-rasm). Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali 
o‘zaro tutashgan. Qizilo‘ngach atrofida joylashgan 5–6 ta yo‘g‘on 
halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan. Bu tomirlar 
qisqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli «yurak»  deb ataladi. 
Halqa va yirik qon tomirlardan ta 
nadagi turli organlarga mayda 
qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar organlarda juda mayda tomir-
larga ajraladi. Eng mayda qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Ka-
pillyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Qon 
orqa tomir bo‘ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo‘ylab 
orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qoni faqat qon tomirlarda 
oqadi. Shu sababdan qon tomirlar yopiq qon aylanish sistemasini 
hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tashiladi.
Nafas olishi. Yomg‘ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. 
Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlarga 
tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat 
angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq 
modda bilan namlanib turadi. Nam teri kis 
lorodni yaxshi o‘tkazadi.
Ayirish sistemasi. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi 
tana bo‘g‘imida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o‘xshash ingich-
ka uzun naychalardan iborat (27-rasm). Naychalarning bir uchi 
tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. 
Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab 
kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiðrikchalar bilan ta’minlangan. Bu 
kiðrikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bi-
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi 
2
1
3
27-rasm. Yomg‘ir 
chuvalchangining
ayirish sistemasi: 
1 – ayirish naychalari; 
2 – naychalar ning tana bo‘sh -
lig‘iga ochiladigan uchi; 3 – 
naychalarning teri sirtiga ochi-
ladigan uchi


50
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
lan birga naychalarga o‘tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib 
yuboriladi.
Halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali 
chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega. Yomg‘ir chuvalchang-
larining 180 dan ortiq turi bor. Ular tuproqni yumshatib, suv va 
havo o‘tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi. Bir gektar maydonda 
chuvalchanglar bir yil davomida 250–600 t tup 
roqni qayta ishlab 
berishi aniqlangan. Yomg‘ir chuvalchanglari 
ning ayrim turlaridan 
chorvachilik va uy-ro‘zg‘or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va 
poliz ekinlari uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadigan biogumus  olishda 
foydalaniladi. Yomg‘ir chuvalchanglarining o‘zi ham qushlar, ayrim 
sutemizuvchilar va tup 
roq hayvonlari uchun oziq bo‘ladi. Ular uy 
parrandalari uchun oqsilga boy bo‘lgan to‘yimli oziq hisoblanadi. 
Parrandalar ozig‘iga chuvalchanglar qo‘shib berilganda ular ko‘p 
tuxum qiladi.
Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar 
(28-rasm) suvni har xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini baja-
radi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan, baliqlar uchun asosiy 
oziq hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari 
uchun yemish sifatida ko‘paytiriladi.
28-rasm. Har xil halqali 
chuvalchanglar: 
1 – nereida;
2 – o‘troq yashovchi den-
giz ko‘p tuklisi;
3 – qizil chu v alchang
3
2
1
Ko‘p tuklilar sinfi. Ko‘p tuklilar dengizda suzib yuradi yoki den-
giz tubida yopishib yashaydigan 5 000 turni o‘z ichiga oladi.
Dengizlarning tubida hayot kechiradigan halqali chuvalchang ne-
reidaning boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan; tanasi ko‘p miqdor-
da uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi 


51
muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Chuvalchanglar 
o‘simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida o‘rmalab yuradi. Bu 
o‘simtalar ilk bor paydo bo‘lgan oyoqlar hisoblanadi. Ular baliqlar 
uchun asosiy oziq hisob 
lanadi.
Zuluklar sinfi. Zuluklarga chuchuk suvlarda yashab, umurtqali 
hayvonlar qonini so‘radigan yoki yirtqich hayot kechiradigan 400 
ga yaqin tur kiradi. Tibbiyot zulugidan tibbiyotda qon tomiri ka-
salliklarini davolashda foydalaniladi. Bu zuluk maxsus zavodlarda 
ko‘paytiriladi.
Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi. Halqali chuvalchanglar er-
kin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Dengiz-
larda yashovchi ko‘p tukli halqalilar lichinkalari tana 
 
sida kiðriklar 
bo‘lishi, uning ayirish sistemasi 
ning kiðrikli yassi chuvalchanglar siste-
masiga o‘xshash bo‘lishi ana shundan dalolat beradi. Kam tukli halqali 
chuvalchanglar esa ko‘p tukli halqalilardan kelib chiqqan.
1. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Qon qanday vazifani bajaradi?
4. Yomg‘ir chuvalchangi qanday nafas oladi?
5. Chuvalchangning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Halqali chuvalchanglar qanday ahamiyatga ega?
7. Halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan?
1. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi:
a) ko‘p shoxlangan naychalardan iborat;
b) orqa chiqarish teshigiga ochiladi;
d) sirtmoqsimon egilgan ingichka naychalardan iborat.
2. Yomg‘ir chuvalchangida yurak vazifasini:
a) ichak usti qon tomiri bajaradi;
b) halqum halqa qon tomirlari bajaradi;
d) ichak osti yirik qon tomiri bajaradi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Oshqozon, qon aylanish sistemasi, qon tomirlari, kapillyarlar, yopiq qon 
aylanish sistemasi, biogumus, nereida, ko‘p tuklilar, kam tuklilar.
Javob bering. Yomg‘ir сhuvalchangi tuzilishining qaysi xususiyatlari uning 
tuproq ichida hayot kechirishiga imkon beradi?
Topishmoqda berilgan hayvonning hayoti to‘g‘risida ma’lumot bering.
12.
 
Yer ostida mitti xivich, 
   Yer haydaydi erta-yu kech.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi 
4 – 
?!


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə